I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81

Chunonchi,  uy pashshasi  7°C  dan  50°C  gacha  yashashi  mumkin.  Ular uchun 
yashashning optimum darajasi  36—40°C ni tashkil etadi.
Shuni  ham ta’kidlash zarurki,  ekologik  omillar oiganizmlarga  kompleks 
ta’sir  etgandagina  ular  yuqori  natija  beradi.  Bu  omiUaming  birortasi  o ‘z 
vaqtida  bo'lmasa  yoki  yetishmasa  organizmlaming  normal  o'sishi  va  rivoj­
lanishi  tugal  o'tmaydi.  Demak,  ekologik  omillaming  har  biri  oiganizm 
uchun zarur bo'lib,  ulaming birini  ikkinchisi almashtira olmaydi.  Shu sababli 
ekologik  omillar  oiganizm  hayotida  bir  xil  ahamiyatga  egadir.  Chunonchi, 
o'simliklar  hayotidan  misol  keltiisak,  g'o'zani  o'stirish  va  parvarish  qilishda 
o'g'it  bermasdan  faqat  suv  berish  bilan  g'o'zani  to'la  rivojlantirib  bo'lmaydi 
yoki buning aksi ham xuddi shunday natijalarga olib  keladi.
Oiganizmning  hayot  faoliyatini  susaytiruvchi  omilga  cheklovchi omil (ли­
митирующий фактор)  deyiladi.  Oiganizmlaiga ta’sir qiluvchi omillaming bit- 
tasi  cheklovchi  omil  bo'lishi  mumkin.  Chimonclii,  hayvonlar  va  o'simlik- 
laming  shimol  tomonga  qarab  tarqalishi  issiqlikning  yetishmasligi  natijasida 
janubga  tarqalishi  esa  namlikning  yetishmasligi  tufayli  kechadi.  Demak,  or­
ganizmlaming shimolga tarqalishida  cheklovchi omil bo'lib harorat  hisoblansa, 
aksincha, janub tomonga tarqalishida esa cheklovchi omil bu namlikdir.
Omilning  faqatgina  yetishmasligigina  emas,  balki  ortiqchaligi  ham 
cheklovchi  ta’sir  ko'rsatishi  mumkin.  Ekologi1'  omillami  o'rganish  soliasida 
Yu.Libix  ko'p  tajribalar o'tkazdi.  Uning  yozishicha  (1840)  ekinlarning  hosil- 
dorligi ko'pincha  ular uchun ko'p  kerak bo'lgan  elementlar  (CO
2
  yoki  H
2
O) 
bilan  cheklanmaydi,  aksincha,  tuproqda  kam  uchraydigan  va  o'simliklar 
uchun  juda  kam  miqdorda  kerak  bo'lgan  elementlar  bilan  cheklanadi.  De­
mak,  o'simliklaming  o'sishi  tuproq  tarkibida  minimum  miqdorda  uchraydi­
gan  elementga  (masalan,  rux)  bog'liq  degan  xulosa  Libixning  «Minimum 
qonuni»  deb yuritiladi.  Libixning  ko'rsatisliicha  u yoki bu omillaming  yetish­
masligigina  emas,  balki  issiqlik,  yorug'lik va  suv kabi  omiUaming  ortiqchaligi 
ham cheklovchi omil bo'lib xizmat qilishi mumkin.
U  yoki  bu  turning  yashash  imkoniyati  bo'lgan  m a’lum  bir  omilning 
o'zgaruvchan chegarasi  tolerantlik deyiladi.
Ba’zi  bir  organizmlaming  tolerantlik  xususiyati  m a’lum  bir  omilga 
nisbatan  chegaralangan  bo'lsa,  boshqa  xil  omilga  nisbatan  esa  keng  doirada 
bo'lishi  mumkin.  Masalan  uy  pashshasi  (chivini)  7°C  dan to  50°C  issiqlik- 
kacha  bardosh  berib  yashashi  mumkin.  Uning  tolerantlik  chegarasi  keng. 
Bunday  organizmlami  evriterm  organizmlar  deyiladi.  Boshqa  xil  or­
ganizmlaming  tolerantlik  chegarasi  tor  bo'lishi  mumkin,  ularni  stenoterm 
organizmlar  deyiladi.  Tolerantlik  qonunini  1913-yilda  V.  Shelford  (Shel- 
ford,  1913)  asoslab  beigan.  Bu  qonunga  muvofiq  maksimum  chegaralovchi 
omillaming ta ’siri  minimum  chegaralovchi  omillar ta ’siri bilan bir xildir.
«Tolerantlik»  qonunini to'ldiruvchi  omillar nimalardan iborat?
1.  Organizmlar  bir  omilga  nisbatan  keng  diapazonli  tolerantlikka  ega 
bo'lsalar ikkinchi  omilga  nisbatan  ularda tolerantlik diapazoni tor bo'ladi.
2.  Keng tolerantlikka ega bo'lgan oiganizmlar yer yuzida keng tarqalgan.
3.  Tur  uchun  sharoit  birorta  ekologik  omilga  nisbatan  optimal  dara-


jada  bo'lm asa,  shu  turning  boshqa  xil  ekologik  omillaiga  nisbatan  tole- 
rantlik  diapazoni  to r  bo'ladi.  Masalan,  g‘allasimon  ekinlar  uchun  azot 
yetishmasa  ularning  quig'oqchilikka  chidamlilik xususiyati  pasayadi.
4. 
Organizmlaming  ko‘payish  davri  noziq  bo'lib,  bu  davrda  ko'pchilik 
ekologik omillar organizm  uchun cheklovchi omil  ham bo'lishi  mumkin.
M asalan,  voyaga  yetgan  sarv  daraxti  suvda  ham,  qumqlikda  ham  ya- 
shashi  m umkin,  biroq  u  namlik  yetarli  bo'lgan,  suv  ko'llamagan  joy- 
lardagina  ko'payish  imkoniyatiga ega.
Turning  tabiatda  yashashi  uchun  kerak  bo'lgan  barcha  tashqi  muhit 
omillari  yig'indisi  ekologik taxmon  (burchak)  deyiladi.  K o'pincha  bu  atama 
ikkita  yaqin  turlam ing  o'zaro  munosabatini  kuzatishda  qo'llaniladi.  Eko­
logik  taxm on  atamasini  1917-yilda  J.Grinnell  turlaming  kenglikda  tarqa- 
lish  tavsifl  uchun  qo'llagan  edi.  Ekologik  taxmon  yashash  joyi  atamasiga 
yaqin  tushunchadir.  Keyinchalik  1927-yilda  Ch.Elton  ekologik  taxmon 
turning jamoadagi  holati  deb  aniqladi  va  bu  holatda  eng  muhimi  ularning, 
ya’ni turlam ing  bir-birlari bilan troflk bog'lanishi  ekanligini qayd  qildi.
Turning  ekologik  o 'm i  (J.Grinnell)  deganda,  m a’lum  bir turning bar­
cha  abiotik  va  biotik  omillar  majmuyiga  bo'lgan  munosabatini,  ya’ni  ham- 
jam oada  tutgan  o 'm i  tushuniladi.
Ch.Elton  esa  ushbu  tushunchaning  fimksional  tomoniga  alohida  e’tibor 
beigan.  Ekotizimdagi  turning  faoliyati  asosan  oziqlanishdan  bo'lgani  uchun 
ekologik  taxmonni  ozuqa  taxmon  deyish  ham  mumkin.  Tabiatda  populat- 
siyalaiga  xilma-xil  abiotik  va  biotik  omillar  ta’sir  etib  turadi.  Shuning  uchun 
ekologik taxmon iqlim,  trofik,  edafflc va boshqa xususiy shakllaiga ajratiladi.
Hayvonlar  orasida  o'simliklarga  nisbatan  ekologik  taxm on  yaxshi 
ifodalangan.  Ammo  biogeotsenozlarda  o'simliklar  ham  ekologik  taxmonga 
ega.  O'simliklarda  ekologik  taxmonga  ajratish  belgilari  quyidagilar  hisobla­
nadi:  turning  har  xil  balandlikda  bo'lishi,  ildizlaming  tuproqning  turli  qat- 
lamlariga  kirib  borishi,  turli vaqtlarda  gullashi,  changlatuvchilaming  xilma- 
xilligi,  namlik va  boshqalarga  munosabatining o'zgacha bo'lishi  kabilardir.
Dasht  va  cho'l  biogeotsinozlarida  yirik  va  mayda  sut  emizuvchilar  o 't 
o'sim liklar  bilan  oziqlanadi.  Bular  tuyoqlilar  (otlar,  qo'ylar,  antilopalar, 
sayg‘oqlar)  va  kemiruvchilar  (sug'urlar,  yumronqoziqlar,  sichqonsi- 
m onlam ing  ko'pchilik  vakillari).  Ulaming  hammasi  biogeotsenozda  bitta 
fimksional guruh,  ya’ni  o 'tx o 'r hayvonlami  tashkil etadi.
Kuzatishlar  shuni  ko'isatadiki,  o'simlik  massasini  iste’mol  qilishda 
ularning  roli  bir  xil  emas,  balki  ular  oziqlanish  uchun  o'simlik  qoplamining 
turli  tarkibiy  qismlaridan  foydalanadi.  Yirik  tuyoqlilar  to'yimli,  nisbatan 
baland  bo'yli  o'simliklardan  ozuqa  oladi.  Shu  yerda  yashovchi  sug'urlar 
tuyoqlilaming  ketidan ular yemagan siyrak va ezilgan  o'tlam i iste’mol qiladi. 
Nisbatan  mayda  hayvonlar  hisoblangan  yumronqoziqlar  esa  tuyoqlilar, 
sug'urlardan  o'simliklami  yig'adilar.  Shunday qilib,  hamjamoa  hosil  qiluvchi 
uch  guruhdagi  o'txo'r hayvonlar o'rtasida  o'simliklar  qoplami  biomassasidan 
foydalanishda  funksiyalaming  bo'lib  olinishi  kuzatiladi  va  ushbu  hayvonlar 
o'rtasida raqobat bo'lmaydi.


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə