I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81

V.N.Beklyamishev tasnifi  bo'yicha  ekologik taxm on  (ekotaxmon)  to ‘rt 
toifaga bo‘Iinadi:  trofik,  topik,  forik va  fabrik.
Trofik aloqada  bir tur ikkinchi tur bilan oziqlanadi.
Topik aloqada bir tur ikkinchi  turning  yashash  sharoitini  o ‘zgartirishda 
namoyon  bo'ladi.  Daraxtlar tanasida  lishayniklaming  yashashi,  o'rmondagi 
daraxtlar 
tomonidan 
shu 
yerlarda 
o’suvchi 
o'simliklar 
hayotiga 
ko'rsatiladigan ta ’sirlarda  yaqqol  ko'rinadi.
Forik  aloqada  bir  turning  tarqalishi  ikkinchi  turning  ta’siri  natijasida 
ro'yobga  chiqadi.  Ko'pchilik  hayvonlar  tom onidan  o'sim lik  urug'  va  me- 
valarining  tarqalishi  bunga  misol  bo'la  oladi.  Bunday  tarqalish  aktiv  yoki 
passiv holda  o'tishi  mumkin.
Bir  turning  o'ziga  in  qurishi  uchun  boshqa  turning  qoldiqlaridan  foy- 
dalanishiga  fabrik  aloqa  deyiladi.  Chunonchi,  qushlar  in  qurishi  uchun 
daraxt  barglari  va  shoxchalaridan  yoki  hayvonlarning  ju n   va  patlaridan 
ham  foydalanadilar.
XIX  asming  oxirlari  va  XX  asming  boshlarida  ko'pchilik  ekologlar 
jamoada  o'xshash  joyni  egallagan,  bir-biriga  ekologik  yaqin  turgan  turlar 
mustahkam  yashay  olmasliklari  mumkin  degan  xulosaga  kelgan  edilar.  Bu 
fikrlar  keyinchalik  bir  ekologik  taxmonda  uchraydigan 
2
  ta  tur  orasidagi 
raqobatcliilik modelini  matematik tuzib  chiqiljanda  ham o 'z  tasdig'ini topdi. 
(V.Volterra  va T.F.Gauze).  Ekologik  taxmon  to'g'risidagi  hozirgi  zamon  tu­
shunchasi  1957,  1965-yillarda  J.Xatchinson  tomonidan  tuzilgan  ekologik 
taxmon  modeliga asoslangandir.
3.  Biotik omillar va  ularning  organizm  uchun  ahamiyati
Organizmlar  hayoti  bir-biriga  chambarchas  bog'langan.  Ana  shu  bar­
cha  tirik  organizmlarning  bir-biriga  bo'lgan  ta ’siri,  ular  orasidagi  o'zaro 
munosabatlar biotik omillar deyiladi.
Masalan,  tuproqda  bakteriyalar,  zamburug'lar  va  suv  o'tlari  singari 
ko'pgina  mikroorganizmlar  yashab,  ular  o'simlik  va  hayvon  qoldiqlarini 
parchalaydi, 
havodagi 
erkin 
azotni 
to'plab, 
yuksak 
o'simliklar 
o'zlashtiradigan  holatga  keltiradi  (azot  to'plovchi  azotobakteriyalar).  Shu- 
ningdek,  tuproqdagi  yomg'ir  chuvalchangi  ham  tuproq  stmkturasini  yax- 
shilashda  ishtirok  etadi  va  o'simliklar  hayotiga  bevosita  yoki  bilvosita  ta ’sir 
ko'rsatadi.  Tuproqda  o'simliklar  hayotiga  zarar  keltiruvchi  hasharotlar  va 
sut  emizuvchi  hayvonlarning  vakillari  ham   uchraydi.  Masalan,  may 
qo'ng'izi  va  kemiruvchilar  o'simlik  ildizini  hamda  yer  ustki  qismlarini  ke- 
mirib  ulam i  quritishga  olib  keladi.  Chorva  mollari  yaylovlarda  uzliksiz  bo- 
qilganda  o'simliklarga  salbiy  ta ’sir  qiladi.  Biroq  hayvonlar  ishtirokida 
o'simliklar changlanadi,  ularning urug'  va  mevalari tarqaladi.
O'simliklaming  o'zlari  ham  bir-birlariga  jiddiy  ta’sir  ko'rsatadi.  Ular 
o'sadigan  har  qanday  hududda  turlar  o'rtasida  yorug'lik,  namlik  va  ozuqa 
moddalari  uchun  uzluksiz  kurash  boradi.  Natijada,  bir  individ  yoki  turning 
o'sib  rivojlanishi ikkinchi xil individ va turlaming  nobud bo'lishiga olib  keladi.


Masalan,  shumg'iya  va  zarpechak  kabi  gulli  o'simliklaming  vakillari  pomidor, 
qovun,  tarvoiz,  bodring,  uzum,  beda  va  shu  kabi  madaniy  o'simliklarda  para- 
zitlik qilib,  ulaming hosildorligini 20—30  %gacha kamaytirib yuboradi.
4.  Antropogen  omillar
Odam  o ‘z  faoliyati  jarayonida  tabiatga,  ayniqsa,  o'simliklar  va  hay­
vonlar hayotiga  kuchli ta ’sir ko'rsatadi.  Bunga  antropogen  omil deyiladi.  In­
sonning  tabiatga  ko'rsatadigan  ta ’sirini  ikki  guruhga  bo'lish  mumkin.  Ular- 
dan  biri  tirik  organizmlarga  yoki  ulaming  ayrim  vakillariga  ko'rsatayotgan 
to 'g'ridan-to'g'ri  ta ’siri  bo'lsa,  ikkinchisi  esa  insonning  atrof-muhitni 
o'zgartirish  kabi  salbiy ta ’siri  hisoblanadi.  Odamlar  qo'riq  yerlarni  ekinzor- 
larga  aylantirish,  botqoqliklarni  quritish,  o'rm onlam i  kesish  va  yaylovlarda 
uzluksiz  mol  boqish  yo'li  bilan juda  katta  maydonlardagi  o'simliklar  qiyo- 
fasini  o'zgartirib  yuborishi  mumkin,  bu  esa  o 'z   navbatida  ana  shu joylarda 
yashaydigan  hayvonlar  populatsiyalariga  ham  o 'z   ta’sirini  ko'rsatadi.  Shu- 
ningdek,  ixota  daraxtzorlari  barpo  qilish,  sun’iy  yaylovlar  tashkil  etish 
o'simlikni  bir  joydan  ikkinchi  iqlim  sharotiga  ko'chirish  bilan  ham 
o'simliklar hayotini  ancha o'zgartiradilar.
Insonning  tirik  organizmlarga  ko'rsatayotgan  ta ’sirini  to'rtta  guruhga 
ajratish  mumkin:
1.  Ozuqa  va  boshqa  ehtiyojlami  qondirish  uchun  (ovlash,  baliqchilik,  o'r­
monlami kesish, o'tlami o'rish va shu kabilar) tirik organizmlandan foydalanish.
2

0
‘simliklami  ko'paytirish  (madaniylashtirish)  va  hayvonlami  qo'lga 
o'rgatish.
3.  Aklimitizatsiya  va  introduksiya,  ya’ni  organizmlaming  tabiiy  ariali- 
dan  boshqa joylarga  ko'chirib  olib  borish va moslashtirish.
4.  Yangi  madaniy o'sim hk  navlari va  hayvon  zotlarini yaratish.
Inson  tabiatga  ko'rsatadigan  kuchli  ta ’siri  orqali  biotik  va  abiotik
sharoitlami  o'zgartiradi.  Insonning  ana  shunday  faoliyatlariga  suv  inshoot- 
lari  qurilishlari  (suv  omborlari,  gidroelektr  stansiyalar),  yerning  meliorativ 
holatini  yaxshilash  (sug'orish,  quritish),  mineral  o'g'itlar,  pestitsidlar  va 
defolantlardan  foydalanish natijalari kiradi.
Inson  kamida  70  mln.  yil  davomida  tarkib  topgan  tirik  dunyo  m an- 
zarasini  bir  necha  o 'n   yilda  o'zgartirib  yubordi.  Uning  tirik  organizmlarga 
salbiy  ta ’siri  natijasida  yer  yuzida  ko'plab  o'simlik  va  hayvon  turlari 
yo'qolib  ketdi.  Ovchilik  bilan  intensiv  shug'ullanish  ko'pchilik  hayvon  tur- 
larini  yo'q  qilib  yubordi.  Masalan,  dengiz  sigiri  26  yil  davomida  butunlay 
qirilib  ketdi.  Bunday misollami  ko'plab  keltirish mumkin.
Ahvolning  keskinlashganligini  hisobga  olib  xalqaro  tabiatni  muhofaza 
qilish  birlashmasi  tomonidan  «Qizil  kitob*  tashkil  etildi.  Unga  yo'qolish 
arafasidagi  yoki  noyob  o'simlik va  hayvon  turlari  kiritilgan.  Chunonchi,  res- 
publikamizda  yowoyi  hayvonlaming  99,  parrandalaming  410,  baliqlaming 
79  turi  mayjud  bo'lib,  ulardan  32  hayvon,  41  parranda,  5  ta  baliq 
O'zbekiston  Respublikasi  «Qizil  kitob»iga  kiritilgan.  Uning  tarkibidan  400  ta


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə