I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81

nel  qazilib,  o ‘sha  tunnel  orqali o'tkazilishi  lozim.  Bu  tadbiriy  ishlar amalga 
oshirilsa,  birinchidan,  tuproq  ifloslanmaydi,  ikkinchidan  o'sha  kommuni- 
katsiya  quvur va  kabellarining  ishlashi  ustidan  nazorat  qilish osonlashadi.
Ko'pincha  yuqori  hosil  olish  uchun  bo'lgan  harakatlarda  zararkunan- 
da  hasharotlarga  va  begona  o'tlarga  qarshi  kurashishda  o'g'itlar  hamda  za­
harli  moddalar  haddan  tashqari  ko'p  ishlatiladi,  natijada,  ekinlar  ulami 
yaxshi  o'zlashtira  olmaydi  va  oqibatda  ularning  bir  qismi  tuproqda 
to'planib  qolib  uni  ifloslaydi.
Tuproqning  zaharli  moddalar,  ayniqsa,  defoliantlar,  insektitsidlar, 
fungitsidlar  bilan  iflosianishidan  saqlashda  zararii  hasharotlarga,  begona 
o'tlarga  qarshi  kurashda  va  o'simliklar  bargini  tozalashdan  zaharsiz  kishi 
salomatligiga  zarar  yetkazmaydigan  moddalar  ishlab  chiqarish  yoki  qarshi 
kurashishda biologik  usullarni  qo'llash juda  katta ahamiyatga ega.
Tuproqni  radiaktiv  moddalar  bilan  ifloslanishdan  saqlash  uchun  atom 
va  vodorod  bombalarini  havoda,  yerda,  yer  ostida  va  suvda  sinashni  man 
etish  lozim.  Radioaktiv  moddalami  qazish,  tashish,  ishlatish  va  chiqindi- 
lami  saqlashda  uni  atrof-muhit  ifloslanmaydigan  darajaga  erishish,  AES 
larni talofotsiz  ishlashini ta ’minlash  lozim.
Tabiat  resurslari  va  ulardan  foydalanish.  Insonning  moddiy  m an- 
faatini  qondirish  uchun  foydalanadigan  tabiat  obyektlari  tabiiy yoki  tabiat 
resurslari  deb  ataladi.  Tabiiy  resurslardan  tashqari  yana  moddiy  resurslar: 
sanoat  obyektlari,  qurilish,  transportlar,  mehnat  resurslari  ham bo'ladi.
Tabiiy  resurslarga  atmosfera,  suv,  o'simliklar,  hayvonlar,  tuproq,  yer 
osti  boylildari,  energetik va boshqa  resurslar  kiradi.
Tabiat  resurslari tiklanish  va  tiklanmaslik xususiyatlariga  ko'ra  ikki gu- 
ruhga  bo'linadilar:  tiklanadigan  va. tiklanmaydigan.  Bular  orasida tugamay­
digan  resurslar  inson uchun  ko'p xavf tug'dirmaydi.
Yaqin  yillarda  yoki  uzoq  muddat  davrida  tam om   bo'ladigan  resurslar 
tugaydigan  resurslar  deb  ataladi.  Bunday  resurslarga  dastawal  yer  osti 
boyliklari  va  tirik  tabiat  resurslari  kiradi.  Tugaydigan  resurslar  atamasi  nis­
biy  ma’noda  ishlatiladi,  chunki  qachonki  olinadigan  o'ljalar  iqtisodiy 
samarasiz  holatiga  kelib  qolsa,  unda  uni  tugaydigan  resurslar  desa  bo'ladi. 
Masalan,  ba’zi  bir  neft  konlaridan  30  %  neft  qazib  olinganda  undan  keyin 
foydalanish  iqtisodiy  samarasiz  bo'lib  qoladi.  Biroq  hozirgi  kunda  yaratil- 
gan  ilg'or  texnologiyalar  yordamida  neft  konlaridan  60—70  %gacha  neft 
chiqarib  olish  mumkinligi  ma’lum.  Boshqa  bir  holatlarda  esa  tabiiy  re­
surslardan,  ularning  tamomila  yo'qolib  ketishigacha  foydalansa  bo'ladi. 
Jumladan,  ba’zi  bir hayvon va  o'simlik turlari  yoki  ekosistemadan  noto'g'ri 
foydalanish  natijasida  ulami  butunlay  yo'qotish  mumkin.  Bunga  Orol  den­
gizi,  uning  atrofidagi  ekosistema  va  undagi  ba’zi  bir  hayvon  va  o'simlik 
turlarining  yo'qolib  ketayotganligini  misol qilib  olish  mumkin.
Cheklanmaydigan  darajada  foydalanish  imkoniyati  bo'lgan  resurslarga 
tugamaydigan  resurslar  deyiladi.  Chunonchi,  quyosh  energiyasi,  shamol, 
okean  va  dengiz  suvlarining  ko'tarilishi  va  qaytishi  ana  shunday  resurslarga 
kiradi.  Biroq  bu  misolda  ham  tugamaydigan  tushuncha  nisbiy  m a’noda


ishlatiladi.  Yuqorida  keltirilgan  har  bir  tugamaydigan  resurslarning  foy­
dalanish  limiti  bo'lib,  undan  ortiqcha  foydalanilsa,  tashqi  muhit  uchun 
xavf tug'ilishi  mumkin.  Aniq  bir chegaradan  oitiqroq  quyosh  energiyasidan 
foydalanish  yer  atrofidagi  muhit  haroratini  oshiradi  va  termodinamik  inqi- 
rozga  olib  kelishi  mumkin.  Resurslar  orasida  suv  alohida  o'rinni  egallaydi. 
U  ham  vaqtincha  bo'lsa  ham   tugaydigan  resurslardan  hisoblanadi,  chunki 
miqdor jihatidan  u  cheksiz,  tugamasa  ham,  ifloslanish  natijasida  uning  si- 
fati  buziladi.  Yer  yuzida  suvning  zaxirasi  o'zgarmaydi,  biroq  suv  muhit 
bo'lim lari  (atmosfera,  okean,  quruqlik)  orasida  qayta  taqsimlanib  har  xil 
shakllarda  (suyuqlik,  qattiqlik,  muz,  bug')  aylanib yurishi  mumkin.
Tabiiy  resurslarning  tugab  borishi  insoniyat  oldida  turgan  m uammo- 
lardan  biri  hisoblanadi.  Hozirgi  kunda  resurslardan  foydalanish  tempi 
(tezligi)  aholi sonining o'sishidan  ziyodroq bo'lmoqda.
B.Skinner  (1989)  m a’lumotlariga  qaraganda,  hozirgi  kunda  aholining 
o'sishi  yer yuzi  bo'yicha  1,7  %ni  tashkil  etib,  har  41  yilda u  ikki  marta  or­
tib  bormoqda.  Oltin  qazib  olish  4  %  bo'lib,  u  har  18  yilda  ikki  marta  ort- 
moqda  yoki  m ineral  resurslami  qazib  olish  7  %ga  ko'payib  u  har  10  yilda 
ikki marta  ko'paymoqda.
Tabiatda  million  yil  mobaynida  to'plangan  yoqilg'i  hozirgi  kunda  bir 
yilda  yoqib  tugatilmoqda.  Hisoblarga  ko'ra  qazilma  yoqilg'ilaridan  hozirgi 
kundagi  foydalanish  tempi  saqlab  qolinsa,  neft  zaxiralari  yana  30—40  yil, 
gaz  40—45  yil,  ko'm ir  70—80  yilga  yetadi,  xolos.  Bu  tabiiy  resurslarning 
o'rnini  B.Skinner fikricha,  quyosh energiyasi  egallaydi.
O'zbekiston  mineral  xomashyo  resurslariga  boy  bo'lib,  hozir  ulaming 
2700  dan  ortiq  konlari  topilgan.  Ulaming  tarkibida  100  dan  ortiq  mineral 
xomashyolar  mavjud  bo'lib,  shulardan  60  xili  hozir  qazib  olinib  xalq 
xo'jaligida  ishlatilmoqda,  940  ta  qazilma  boyliklar  koni  tekshirilgan  bo'lib, 
shundan  165  neft,  gaz  va  kondensat  konlari,  3  ta  ko'm ir  koni  36  ta  rangli, 
kam  uchraydigan va  radioktiv  metallar  koni,  36  ta  qimmatli  metallar  17  ta 
tog'  m da, 
9
  ta  tog'  kimyoviy  elementlar, 
2 1
  xil  tovlanadigan  xomashyosi 
va  495  ta  har xil  qurilish  materiallari  konlari  tashkil  etadi.
Ekspluatatsiyaga  tayyorlangan  barcha  foydali  qazilmalar  zaxirasining 
bahosi  1  trillion AQSH  dollaridan  ham  ortiqdir.
Umumiy  mineral  xomashyo  zaxiralari  3,5  trillion  dollardan  oshib 
ketadi.
Oltin,  uran,  mis,  volfram,  kaliy  tuzlari,  fosforitlar  zaxirasi  bo'yicha 
O'zbekiston  dunyo  miqyosida yetakchi o'rinni egallaydi.
O'zbekiston 
hududining 
60 
%da 
neft, 
gaz 
zaxiralari 
bor. 
O'zbekistonning  neft,  gaz  mintaqalariga  Ustyurt,  Buxoro,  Xiva,  Janubiy- 
G 'arbiy Hisor,  Suraondaryo  va  Farg'ona hududlari  kiradi.


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə