I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81

Okean  gidrosferaning  asosiy  qismi.  Planetamizdagi  suv  qobig'i  gidros­
fera  deb  ataladi.  Unga  planetamizdagi  hamma  suvlar  okean,  dengiz,  daryo, 
ko‘l,  muz,  botqoqlik,  tuproq  osti  suvlar  kiradi.  Gidrosferadagi  suvning 
miqdori  1  454,5  mln.  km
3
  bo'lib,  shundan  milliard  370  mln.  km
3
  Okean 
va dengiz suvlari,  60  mln.  kub yer  osti suvlari,  24  mln.  km
3
  muzlar va qor- 
lar,  750  mln.  km
3
  ko'llar,  75  ming  km
3
  tuproq  suvlari,  1,2  ming  km
3  
daryo  suvlari,  qolgan  qismini  esa  atmosfera  va  tirik  organizm  tarkibidagi 
suvlar tashkil etadi.
Gidrosferadagi  suvning  97,20  %  sho'r,  faqat  2,80  %  chuchuk suvdir.
Chuchuk  suvning  asosiy  qismi  muzliklar  suvi  hisoblanadi,  qolgani 
daryo,  ko'llar va  yer osti suvi,  biroz qismi  atmosferadagi suvlardir.
Gidrosferadagi  suv  doimo  bir  holatdan  ikkinchi  holatga  o'tib  harakat 
qilib  turadi.
Gidrosferadagi  suv  quyoshdan  kelayotgan  issiqlikni  o'zida  to'plovchi 
go'yoki  bir akkumulator vazifasini bajaradi.
Suv quruqlikka  nisbatan  issiqlikni  25—30  %  ko'p  yutadi.
Yer sharidagi  suvlarning  siklogrammasi  (M.I.Lvovich  ma’lumoti).
Suv  yer  sharida  eng  ko'p  va  eng  qimmatbaho  mineral  hisoblanib, 
quyidagi  fizik  va  kimyoviy xususiyatlarga  ega:
a)  tabiatda  bir  vaqtning  o'zida  qattiq,  suyuq  va  gaz  (bug')  holida 
uchraydigan  yagona  mineraldir;
b)  suv  qanday  holatda  (qattiq,  suyuq  va  bug')  bo'lmasin,  u  boshqa 
moddalami  erituvchanlik xususiyatiga  ega;
d) 
suvning  qaynash  harorati  bosimga  bog'liq  holda  o'zgaradi,  agar 
bosim  ortsa  qaynash  harorati  ham  oshadi;
Atmosferadagi  suvlai
Tirik organizmdag 
suvlar  0,0003  %
Yer usti suvlari  0,05  % 
у — Yer osti  suvlari  4,12  %
/ >— Muzlar va  qorlar  1,80  %
[Quruqlikdagi suvlar 6,0%


e)  suv  ham  boshqa  moddalar  singari  isitilgach,  uning  hajmi  kengayib, 
zinchligi  kamayadi.  Lekin  suvning  isislii  maksimal  +4°C   da  sodir  bo'lib, 
harorat  undan  ko'tarilsa  ham,  pasaysa  ham   uning  hajmi  kengayib  zichligi 
esa  pasayadi.  Suvning  harorati  0°C  dan  pastga  tushgach,  butilkadagi  yoki 
quruqlikdagi  suv  hajmi  kengayib,  muzlab  uni  yorib  yuborishi bunga  yaqqol 
misol;
f)  suvning ta ’mi,  rangi,  hidi  yo'qligi tufayli  boshqa elementlardan  farq 
qiladi;
g)  suv  yer  sharidagi  eng  ko‘p  issiqlik  singdiruvchi jismdir,  shu  sababli 
suv  havzalari  yozda  to'plagan  quyosh  issiqligini  qishda  nam  va  iliq  havo 
oqimi sifatida sovuq joylarga olib  borib  isitadi;
h)  suv  kimyoviy  formulalariga  ko‘ra  «toza»  hisoblanib,  birikmaga 
kiruvchi  vodorodning  atom  massasi 
1
  uglerod  birligi  (u,b)  ga,  kislorodniki 
16  (u,b)  ga teng bo‘Ub,  boshqa  moddalarda  uchramaydi.
Yer  yuzining  71  %  suv  bilan  qoplangan.  Yer  yuzasining  umumiy 
maydoni  510  mln  km
2
  bo'lib,  shundan  149  mln  km
2
  quruqlik  va  qolgan 
361  mln  km
2
  ni  suvlik  ishg'ol  etgan.  Dunyo  okeanlaridagi  suvning  hajmi 
1  mlrd  370  mln  km
3
  o'rtacha  chuqurligi  3,7  km.  va  eng  chuqur  yeri 
11022  metrni  tashkil  etadi.  Kurramizning  suv  bilan  qoplangan  yuzasi  4  ta 
katta  okeanga  bo'linadi:  Tinch,  Atlantika,  Hind  va  Shimoliy  muz 
okeanlari.  Okeanlarning  materik  ichkarisiga  yorib  kirgan  qismi  dengizlar 
deyiladi.
Dengizlar  uch  turga  bo'linadi,  agar  okean  suvining  bir  qismi  materik 
ichkarisiga  yorib  kirsa  va  okean  bilan  bo'g'ozlar  orqali  ajralib  tursa,  ular 
ichki  dengizlar  deyiladi.  Qora,  Baltika,  Azov  dengizlari  ichki  dengizlardir. 
Okean  suvi  quruqlik  ichiga  biroz  yorib  kirib,  undan  orollar  orqali  ajralib 
tuisa,  bunda  tashqi  dengiz  hosil  bo'ladi,  chunonchi,  Bareng,  Beren,  Ya- 
pon,  Oxota  dengizlari;  nihoyat,  materiklar orasida joylashgan  dengizlar esa 
o'rta  dengiz  deyiladi.  Bularga  Karib  dengizi,  Qizil  dengiz  va  boshqalar 
kiradi.
Dunyo  okeanining  eng  katta  qismini  Tinch  okeani  ishg'ol  etib,  u 
Osiyo,  Amerika,  Antarktida  qit’alari  oralig'ida  joylashgan.  Uning  umumiy 
maydoni  179,7  mln.  km
2
  yoki  yer  yuzidagi  jam i  quraqliklar  maydonidan 
ham  kattadir,  bu  esa  yer  yuzasi  atrofming  30  %,  dunyo  maydoninig  esa 
50  %iga teng.
Bu  okeandagi  Aleut  botig'i  7822  m,  Filippin  botig'i  10,  497  m  va 
Mariana botig'i esa  11,022  m  ga boradi.
Atlantika  okeani  kattaligi  va  chuqurligi  jihatidan  Tinch  okeanidan 
so'ng  ikkinchi  o'rinda  turadi.  U   Yevropa,  Afrika,  Amerika  va  Antarktida 
qit'alari orasida joylashgan.
Uning  maydoni  93,3  mln.  km
2
  suv  hajmi  350  mln  km
3
  okeanning 
o'rtacha  chuqurligi  3332  m  bo'lib  eng  chuqur  yeri  Brounsen  (Buerta  Rika 
oroli yaqinida)  botig'i 9428  m.
Hind  okeani  Osiyo,  Afrika,  Antarktida  qit’alari  orasida  joylashgan. 
Maydoni  75  mln.  km
2
  bo'lib,  dunyo  okeani  umumiy  suv  zaxirasiriing


4,4  %i  shu  okeanda.  Chuqurligi  va  kattaligi  jihatidan  uchunchi  o'rinda 
bo‘Iib,  eng  chuqur yeri Yava  oroli yaqinida  7450  m ga  yetadi.
M aydon  jihatidan  eng  kichik  va  eng  sayoz  okean  Shimoliy  Muz 
okeanidir.  Uning  maydoni  13,1  mln.  km
3
  bo'lib,  dunyo  okeani  suv 
zaxirasining  bir  foizi  shu  okeanda.  Bu  okean  ancha  sovuq  joyda  joylash- 
ganligi  uchun,  suv  uncha  sho'r  emas.  Yilning  uzoq  vaqti  m uz  bilan 
qoplanib  yotadi.  U   ancha  sayoz  okeanlardan  bo'lib,  eng  chuqur  yen 
5449  m.  ga  yetadi.  U  Yevropa,  Osiyo  va Amerika  qit’alari  orasida turadi.
Dunyo  okeani  massasining  96,5  %  suvdan,  qolgani  esa  erigan  har  xil 
tuzlardan,  gazlardan  va  mayda  zarrachalardan  iborat.  Tuzlar  ichida  eng 
ko'pi  natriy xlor  (N a  CL  —77,8  %),  magniy xlor  (Mg  CL—10,9  %)lardir.
Shuningdek,  okean  suvida  oltin,  kumush,  mis,  fosfor,  yod  kabi  ele­
mentlar  ham  mavjud.
Okeanlarda  suvning  o'rtacha  sho'rligi  35  %ga  teng.  Lekin  sho'rligi 
okeanlaming  turli joyida turlicha.  Yer sharining  ekvator atrofidagi joylarida 
suvning  sho'rligi  34  %,  chunki  bu  yerlarda  yog'ingarchilik  ko'p  yog'adi. 
Okeanlaming  20°C  bilan  30°C  geografik  tengliklar  orasida,  ya’ni  subtropik 
mintaqa joylashgan  suvlarda  sho'rlik  36—37  %ga  teng,  chunki  bu  yerlarda 
harorat  yuqori,  yog'in  kam.
M o'tadil  va  sovuq  mintaqalarda  okean  suvining  sho'rligi  30—32  %, 
chunki  bu  yerlarda  quyosh  issiqligi  va  yorug'ligi  kamayadi,  yog'ingarchilik 
ko'p,  daryolar  ko'plab  chuchuk suv  keltiradi.
Okean  va  dengiz  suvlari  tarkibida  har  xil  tuzlardan  tashqari  yana  eri­
gan  holda  azot,  karbonat  angidrid,  vodorod  suffid,  ammiak,  metan  va 
boshqa  gazlar  ham   bo'ladi.  Dengiz  suvida  atmosferadagiga  nisbatan  kis- 
lorodning  miqdori  35  %gacha  ortiq  bo'ladi.  Bu  esa  dengiz  hayvonlari 
uchun juda  qulaydir.
Odatda,  suvning  tiniqlik  darajasini  aniqlashda  diametri  30  sm  keladi- 
gan oq  rangli  disk  ishlatiladi.  Disk  yo'g'on  ipga  bog'lab  suvga tushiriladi va 
m a’lum  chuqurlikka  tushgach,  u  ko'rinmay  qoladi.  Diskning  necha  m etr 
chuqurlikda  ko'rinm ay  qolishiga  qarab  suvning  tiniqlik  darajasi  hisobla­
nadi.  Okeanlar  icliida  eng  tiniq  suv  Atlantika  okeanining  Sorgasso  den- 
gizida  kuzatilib,  tiniqlik  darajasi  66,5  m,  chunki  bu  yerda  suv  vertikal 
harakat  qilmaydi,  plankton  qatlami yupqa.
Tinch  okeanining  tiniqlik  darajasi  59  m,  Hind  okeanida  50  m,  Shi­
moliy  m uz  okeanida  23  m,  Boltiq  dengizida  13  m,  Oq  dengizda  9  m  va 
Azov dengizida  esa  3  m.
Okeanlar  issiqlikni  quyoshdan  oladi.  Yer  sharining  quyoshdan  oladi­
gan energiyasining  2/3  qismidan  ortiqrog'i dunyo  okeanlariga tushadi.  Agar 
yeming  yuzasiga  quyoshdan  bir yilda  5x10  darajasi  20  kkal energiya  tushsa, 
shundan  3,6x10  kkal  qismi  dunyo  okeaniga  to'g'ri  keladi.  Suv  o'zida juda 
ko'p  issiqlik to'playdi.
Dunyo  okeanida  to'plangan  issiqlikning  bir  qismi  suv  ustidagi  havoni 
isitishga,  bir  qismi  suv  yuzasining  o'zini  ilitishga  sarflanadi.  M a’lumotlarga 
qaraganda,  okeanlar  yuzasiga  tushadigan  quyosh  issiqligi  ekvator  va  tropik


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə