I hamdamov, Z. Bobomuradov, E. Hamdamova



Yüklə 28,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/81
tarix30.04.2018
ölçüsü28,71 Kb.
#40836
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81

II  BO ‘LIM
YER  KURRASI
Yer  quyosh  sistemasidagi  organik  hayot  mavjud  bo‘lgan  yagona  say- 
yoradir.  U  quyoshdan  o ‘rta  hisobda  149,6  mln.  km.  Uzoqda  joylashgan 
sharsimon jismdir.
Yer  shari  uzoq  davom  etgan  evolutsion jarayon  natijasida  shakllangan 
boiib,  uning  geosferalari  vujudga  kelgan.  Bu  geosferaga  uning  havo  qat- 
lami—atmosfera,  suv  qatlami—gidrosfera,  qattiq  qatlami—litosfera  kiradi.
Yer sharining  bu  sferalari bir-biridan  ajralgan  holda emas,  balki  o ‘zaro 
uzviy  aloqada  va  bir-biriga  ta ’sir  etgan  holda  rivojlanib,  taraqqiy  etgan. 
Oqibatda,  geografik  qobiq—biosfera  yoki  hayot  qobig‘i  vujudga  kelgan.
Yer  quyosh  atrofida  aylanayotganda  yo'lida  uchragan  mayda  zar- 
rachalarni  ilashtirib  oladi.  So'ngra  ular  yerga  cho'kadi,  natijada,  yer  mas- 
sasi  (vazni)  ortib  boradi.  Yer  shari  vujudga  kelgan  davrdan  buyon  kosmos- 
dan  tushgan  zarrachalar  yer  po‘sti  massasining  1/500  qismini  tashkil  etadi. 
Agar  kosmosdan  tushgan  moddalar  yer  yuzasidagi  jismlar  bilan  aralashib 
ketmaganda edi,  yer yuzasining qalinligi  har yili 2—3  smga  ortib borar edi.
Yer  geosferalarida  modda  va  energiya  almashinuvida,  ayniqsa, 
geografik  qobiq  taraqqiyotida  quyosh  energiyasining  ahamiyati juda  katta. 
Quyoshdan  kelayotgan  energiya  tufayli  geosferalarda  modda  almashinuvi 
sodir  bo'lib,  suv  bug‘lanib,  atmosferaga  ko'tariladi.  Atmosferadagi  suv 
yog'in  tariqasida  yana  yer  yuzasiga  tushadi  va  uning  bir  qismi  yer  po'stiga 
ketsa,  bir  qismi  organizm  tomonidan  o'zlashtiriladi.  Quyoshning  nuri 
ta ’sirida  va suvning  ishtirokida yashil  o'simliklarda  fotosintez jarayoni  sodir 
bo'ladi,  oqibatda,  atmosferadagi  gaz  balansini  tartibga  solib  turadi.  Bu 
jarayonlar  tufayli  yer  po'sti  nuraydi,  yemiriladi,  natijada,  yer  sharining 
ustki  qismi  (relyefi)  o'zgaradi.
Yer  yuzasining  geografik  qobig'ida  sodir  bo'ladigan  tabiiy  geografik 
jarayonlar  yana  uning  o'z  o'qi  va  quyosh  atrofida  aylanishi  oqibatida  ham 
sodir bo'ladi.
Yer  yuzasiga  nazar  tashlasak,  u  tekis  bir .xil  bo'lmasdan,  juda  murak­
kab  tuzilgan,  okean,  dengizlardan,  pastlik,  tekislik,  botiq,  qir,  adir,  yassi 
tog'  va  tog'lardan  tashkil  topgan  materiyadan  iborat.  Yer  shakli  sharsimon 
tuzilishga  egadir.  Buni  isbotlovchi  dalillar quyidagilardir:
1.  Quyosh  chiqayotganda  eng  awal,  yer  yuzasining  baland  joylarini, 
chunonchi,  togiarni,  tepalarni,  daraxtlarning  uchlarini,  so'ngra  past  >er- 
larni  yoritadi.
2.  Kema  qirg'oqdan  uzoqlashib  ketayotganda  dengiz  yuzasining  du-


maloqligi  tufayli  tanasi  va  oxirida,  machtalarning  uchlari  ko'zdan  g‘oyib 
bo'ladi.
3.  Uzoqdan  kelayotgan  teplavozning  oldin  tutini,  so'ngra  o ‘zi 
ko'rinadi.
4.  Yuqoriga  ko'tarilgan  sari  gorizont  chizig'ining  kengayib  borishi 
ham  yerning  shar shaklida  ekanligini  bildiradi. 'M asalan,  tekis  yerda  turgan 
kuzatuvchi  4—5  km  masofadagi  narsalarni  ko'ra  oladi.  Agar  u  20  m 
ko'tarilsa,  16  km  masofani,  100  m  ko'tarilsa,  36  km  masofadagi,  10,000  m 
ko'tarilsa,  357  km  masofadagi  narsalarni  ko'ra olislii  mumkin.
5.  Oyning tutilishi ham yerning shar shaklida ekanligini isbotladi.
6
.  Dunyo  bo'ylab  o'tkazilgan  sayohatlar  ham  yerning  shar  shaklida 
ekanligini  isbotlab  bergan.
7.  Nihoyat,  yerning  shar  shaklidaligini  kosmik  raketalar  va  kos- 
monavtlaming  parvozi  uzil-kesil  isbotlab  berdi.  Kosmonavtlarning  kos- 
mosdan  olgan  fotosuratlari  va  ularning  kuzatishlari  yeming  sharsimonUgini 
ochiq-oydin  ko'rsatib berdi.
F.N.Krasovskiyning  yer  qatlami  haqidagi  m a’lumotlariga  qaraganda 
yerning:
1.  Ekvatorial  radiusi yoki  katta  yarim  o'qi  6372,2  km.
2.  Qutbiy radiusi yoki kicliik yarim  o'qi  6356,8  km.
3.  Meridian  aylanmasining uzunligi  40008,5  km.
4.  Ekvator aylanmasining  uzunligi  4675,7  km.
5.  Yer yuzasining umumiy maydoni  510x10®  km2.
6
.  Yeming  hajmi  1083x10  km3.
7.  Yeming  massasi  5,975xl0
2 1 1
.  -
Yerning  ichiga  tushib  bo'lmasada,  olimlar  uning  .markazigacha 
bo'lgan  masofani  hisoblab  topganlar.  Yeming  sirtidan  qoq  markazigacha 
bo'lgan  masofa,  ya’ni uning  radiusi  6400  km.  ni tashkil  etadi.  Diametri esa 
12800  km ga teng.
Yer kurrasining  ichi va tashqi  qismlari juda  kam o'iganilgan.
Chunki  uni  o'rganish  ancha  mushkul.  Kuzatishlar  shuni  ko'rsatadiki, 
yer  kurrasining  markazida  radiusi  3500  km  bo'lgan  yadro,  ya’ni  o'zak 
mavjud.  Yerning  yadro  qatlamini  esa  2900  km  qalinlikdagi  mantiya 
(yunoncha-ko'rpa  yoki yoping'ich)  o'rab turadi.  Yeming  eng  ustki qatlami 
yer  po'sti  deyiladi.  Yer  po'stining  qalinligi  quruqlikda  30—80  km,  okeanlar 
tagida  esa  5 -1 0   km.  ni tashkil etadi.
Olimlaming  fikriga  ko'ra,  yer  sirtidan  markazga  qanchalik  chuqur tu- 
shilsa,  uni  tashkil  etgan  moddalar  shunchalik  zich  va  qaynoq  holda 
bo'ladi.
Yer  kurrasining  asosiy  qismini  tashkil  etgan  mantiyasi  qattiq  va  yum- 
shoq  holatdagi  qaynoq  va  zichlangan  moddalardan  iborat.  Yer  yadrosida 
harorat  3500°C ga  yetadi.
Yer  kurrasining  qobiqlari.  Yer  kurrasining  insoniyat  faoliyatida  mu­
him  ahamiyatga  ega  bo'lgan  tashqi  va  ichki  qismlari  alohida  qobiqlarga 
bo'lib  o'rganiladi.  Yer  4  ta  qobiqdan,  ya’ni  atmosfera,  gidrosfera,  litosfera


hamda  biosferadan  tashkil  topgan.  Atmosfera  yer  kurrasini  o‘rab  turgan 
havo  qobig'idan  iborat  bo‘lib,  u  havo  qobig‘i  degan  m a’noni  anglatadi. 
Atmosferada  havo  yer  sirtidan  balandlikka  ko'tarilgan  sari  siyraklashib  bo­
radi.
Yer  yuzining  katta  qismini  suv  egallagan.  Undan  tashqari,  yer  kur- 
rasining  qutblarini  qoplab  olgan  muzliklar,  tog‘  tepalaridagi  qorlar,  havo- 
dagi  suv  bug'lari,  barcha  turdagi  yog'inlar  yeming  suv  qobig'ini  (gidrosfe- 
rani)  tashkil  etadi.  Yer  kurrasini  tashkil  etgan  suv  qobig'i  gidrosfera  deb 
ataladi.
Yer  mantiyasining  yuqori  qismi  va  yer  po'sti  boshqa  qatlamlarga  nis­
batan  eng  qattig'idir.  Yer  mantiyasining  qattiq  holatdagi  yuqori  qismidan 
hamda  yer  po‘stidan  tashkil  topgan  qobiq  litosfera  deb  ataladi.  Litosfera 
«tosh  qobig'i»  degan  ma’noni bildiradi.
Kurramizning  tirik  organizmlar  yashaydigan  qismi  ham  alohida  qobiq 
sifatida  qaraladi.  Yer  kurrasining  atmosfera  va  litos- 
feradagi  tirik  organizmlar  yashaydigan  qismlari  bir- 
galikda  biosferani  hosil  qiladi.  Bu  «hayot  qobig‘I»  de­
gan  ma’noni bildiradi.
1.  Atmosfera
Planetamizni  o'rab  olgan  havo  qobig‘iga  atmos­
fera  (atmosfera  yunoncha  yeming  «bug‘  qatlami»  de­
gan 
m a’noni 
bildiradi) 
deyiladi. 
Atmosferaning 
qalinligi  3000  km.  ga  yetadi.  Atmosferaning  massasi 
esa  gidrosferaning  massasidan 
1 0 0
  marta,  litosferaning 
massasidan  1000  marta  kam  bo'lib,  5 1 5 1 0 15  tonnaga 
yetadi.
Atmosfera  planetamiz  uchun,  ayniqsa,  bios- 
feradagi jonli  organizmlaming  nafas  olishi  uchun  katta 
ahamiyatga  ega.  Bulardan  tashqari,  yerning  havo  qo­
big'i  planetamiz  yuzasini  kunduzi  qattiq  qizib  ketish- 
dan,  kechasi  esa  sovib  ketishdan  saqlovchi  go'yoki  bir 
ko'rpa  vazifasini  o'taydi.  Atmosfera,  shuningdek  yerni 
kosmosdan  keladigan  ko'plab  meteoritlardan  saqlaydi: 
meteoritlar  atmosferada  qizib  yonib  ketib,  yerga  yetib 
kelolmaydi.
Atmosfera  (yer  yuzasi  yaqinida)  asosan  azot 
(78,08  %)  va  kislorod  (20,95  %)dan  iborat  bo'lib, 
unda  oz  miqdorda  argon  (0,93  %),  karbonat  angidrid 
(0,003  %),  geliy,  neon,  ksenon,  kripton,  vodorod, 
ozon,  ammiak,  yod va  boshqa  gazlar  (
0 , 0 1
  %)  bor.
Atmosfera  tarkibidagi  gazlar  ichida  kislorod  juda 
katta  ahamiyatga  ega.  U  barcha  tirik  organizmlarga 
nafas  olish  uchun  kerak.  Atmosferada  taxminan  10
15
Atmosferaning
tuzilishi.


Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə