Ibbiy etika asoslari


Pediatriyada muomala odobi



Yüklə 398,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/23
tarix30.12.2023
ölçüsü398,95 Kb.
#164641
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
1 dar Tbbiy etika va dеontologiyasi asoslari

8.Pediatriyada muomala odobi. 
Darhaqiqat, bu soha mutaxassislari: 
Hali tilga kirmagan, so'zlay olsa-da, xastalik belgilarini to'g'ri bayon qilib bera 
olmaydigan; ozroq ma'lumot bera olsa ham «begona», «oq xalatli» insonlar bilan 
gaplashishdan bosh tortadigan, betinim yig'laydigan, hech narsaga ovunmaydigan 
bolalar bilan muomala qilishga majbur bo'ladi(28- rasm). 
Bola tinmay yig'lab, pediatr ko'rigiga xalaqit berishi mumkin. Lekin shifokor 
bu holatda asabiylashmasligi, sovuqqonlik bilan avval ona bilan savol-javob 
qilishi, so'ng bolani tekshira boshlashi kerak. Yosh onaning hayot tajribalari oz va 
ruhiyatining nozik ekanini hisobga olgan ravishda tashxisni yumshoqroq, kishi 
cho'chib ketmaydigan shaklda aytgani ma'qul. 
Bolalarni operatsiyaga tayyorlashda ularga tushunarli tilda gapirish kerak. 
Pediatr kichik bemorlar bilan muomalada quyidagi tamoyillarni hisobga olishi 
talab etiladi: 
- Tinch, sokin, muloyim, qat'iy gapirish; 
- Yoshni hisobga olib, o'tkaziladigan muolajalarni tushuntirish; 
- Bola uchun (imkon qadar) tushunarsiz so'zlarni ishlatmaslik; 
- Bola biron muolaja (operatsiya)da cho'chiganda boshqa bolalar misolida 
tinchlantirish kerak. 
Demak, pediatr - donolar aytgandek, farzandlarga katta hurmat, ehtirom bilan 
munosabatda bolish lozimligini yodda saqlagani maqsadga muvofiqdir. 


28- rasm.Pediytria intensiv muolaja bo’limida muolaja jarayoni. 
9.Bemor qaringdoshlari bilan muloqot. 
Bemor qarindoshlari bilan ko'pincha qaltis, og'ir holatlarda muloqot qilinadi. 
Xususan: 
- O'zi haqida to'liq va to'g'ri ma'lumot bera olmaydigan ruhiy kasalning
- O'limi muqarrar bo’lgan, lekin buning ochiq belgilarini sezmayotgan 
bemorning; 
- Jonlantirish holatida yotgan, ya'ni shifokor bilan suhbatlashish layoqatiga ega 
bo'lmagan bemorning; 
- Nozik va qaltis operatsiya yoki oddiy operatsiya qilinishi zarur bolgan 
bemorning qarindoshlari bilan alohida, yakkama-yakka suhbat qilinishi zarur. 
Bunday suhbatlar yuridik hujjatlarda (zaruriy holatlarda) o'z aksini topishi 
zarur (masalan, bemor operatsiyasiga ruxsat etuvchi xatni yozish). 
Ba'zan bemorning qarindoshlari bilan ahvolning yomonligi yoki qandaydir 
oxirgi chora ko'rish maslahatlashiladi. Bu hufyona (yashirincha) kechgan 
suhbatdan bemor shubhalanmasligiga e'tibor muhimdir. 

Yüklə 398,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə