I–Bob. “Kreativlik” va “kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati


 Seminar mashg’ulotlarida talabalarning kreativlilik sifatlarini rivojlantirish metodikasi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə14/19
tarix28.11.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#134980
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
MAmura

2.2. Seminar mashg’ulotlarida talabalarning kreativlilik sifatlarini rivojlantirish metodikasi 
“Umumiy pedagogika” o’quv fani tegishli yo’nalishda oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy-pedagogik sifatlarni shakllantirish, ularni kasbiy tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Zamonaviy sharoitda fanni o’qitish o’qituvchi kadrlarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida erishilayotgan ilg’or yutuqlar, umuminsoniy g’oyalar, milliy qadriyatlarga tayangan holda tayyorlash, ularda pedagogik madaniyatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarkib toptirish, tarbiyachi, o’qituvchi hamda yoshlar murabbiysi sifatida pedagogik jarayonlarni to’g’ri tashkil etish malakalarini hosil qilishga yo’naltirilgan. Fanni olib borishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, o’quv-uslubiy majmualar, monografiyalar, xorijiy va respublikamizning yetakchi olimlari ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalaniladi. Fanning o’qitish dasturda ko’rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy (yoki seminar, laboratoriya) kurs ishi mashg’ulotlari hamda mustaqil ta’lim shaklida olib boriladi.
Talabalarni zamonaviy pedagogika fanining nazariy-metodologik asoslari bilan qurollantirish, pedagogik faoliyat mazmuni, ta`lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish yo`llari, ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirish orqali ularda pedagogik tafakkurni, ijobiy fikrlash qobiliyatini, ta`lim oluvchilar bilan muvafaqqiyatli ishlashga doir zarur malakalarni, vaziyatni to`g`ri baholash, oqilona qarorlarni qabul qilish, ularni maqsadga muvofiq tarbiyalash ko`nikmalarini shakllantirish, milliy pedagogik meros g`oyalarini, Sharq mutafakkirlarining ta`lim-tarbiyaga oid qarashlarini ta`lim muassasalari amaliyotiga maqsadli tatbiq etish tajribasini hosil qilishdan iborat. 11
Kreativlik “turli vaziyatlarda ta’lim va tarbiyaga oid masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qilishda yaqqol namoyon bo‘lib, u pedagogning ijodiy faolligini tavsiflaydi”. Mohiyatiga ko‘ra OTM pedagoglarida kreativlik sifatlarini rivojlantirish ular tomonidan pedagogik, psixologik hamda mutaxassislik fanlari asoslaridan to‘la xabardor bo‘lish, ular tomonian o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda faol qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hisobiga kechadi. Har qanday shaxsda bo‘lgani kabi pedagoglarda ham ijodiy-kasbiy xarakterdagi sifatlardan biri sifatida kreativlik muayyan bosqichlarda rivojlanadi. Ta’lim amaliyotini kuzatish, talabalar va malaka oshirish kursi tinglovchilarining faoliyatini o‘rganish, tashxislovchi metodlarni qo‘llash natijasida mu’lum bo‘ldiki, pedagoglarda kreativlik quyidagi to‘rt bosqichda shakllanadi va rivojlanadi. Kreativ shaxsning shakllanish bosqichlari.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə