I–Bob. “Kreativlik” va “kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə18/19
tarix28.11.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#134980
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
MAmura

Xulosalar
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o’zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatan rivojlantiruvchi omil bo’lmog’i uchun tarbiyalanuvchi jamiyatning tarbiya oldiga qo’ygan talablarini, shaxsning o’ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning etakchilik rolini e’tirof etish bilan birga ularning o’zaro bir-biriga ta’sirini tan oladi.

Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil bo’lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo’ladi. Tarbiya jarayonida o’sayotgan avlodning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini bilish va hisobga olish juda zarur. Ma’lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o’quvchi-talabalarning har birini o’ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud.

Bu o’ziga xoslik rivojlanish jarayonida yaqqol namoyon bo’ladi. Yosh xususiyatlarini hisobga olish, bola xususiyatiga moslashish emas, balki shu yosh davrda bola imkoniyatlarini hisobga olgan holdata’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish demakdir. Shundagina shaxs rivojlanishiga tarbiyaning ta’siri samarali bo’ladi. Bolalarni o’qitish va tarbiyalashning muvaffaqiyati o’qituvchining har xil yoshdagi bolalar o’rtasidagi tafovutlarni qay darajada hisobga olishiga bog’liqdir. Shunday ekan, tarbiyachi maktabgacha yoshdagi va maktab hamda o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan o’quvchi talabalarning yosh davrlari bilan xususiyatlarini hisobga olmoqlari lozim. Shaxs, uning xarakteri, xulq-atvori, umuman jismoniy va ma’naviy taraqqiyotini o’rganish shuni ko’rsatadiki, bu jarayon murakkab va ziddiyatlidir. Shu sababli rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, balki bunda sakrashlar, notekisliklar hamsodir bo’ladi

Prezidentimiz “Sog’lom avlod yili”ni e’lon qilar ekan: ”Sog’lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo sog’lom naslni, nafaqatjismonan baquvvat shu bilan birga ruhi, fikri sog’lom, iymon-e’tiqodi butun bilimi, ma’naviyati yuksak mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman”, deb ta’kidlaydi.

Sog’lom avlod tarbiyasi oson ish emas, u har bir inson, har bir oila, butun jamiyatdan jiddiy e’tibor va uzluksiz mehnat talab qiladi. Prezidentimiz fikrlarini davom ettirar ekanlar: ”...hech shubha yo’q, sog’lom avlod orzusi ajdodlarmizdan bizga o’tib kelayotgan, qon-qonimizga singib ketgan muqaddas intilishdir. Agar ota-bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl-nasab, etti pushtining tozaligiga, avlodning sog’ligiga juda katta e’tibor berganini ko’ramiz. Sog’lom bolaning tug’ilishi, eng avvalo, onaning sog’ligiga bog’liq“, deb ta’kidlaydi yurtboshimiz. Xudo taolo yaratgan tabiatning buyuk mo’’jizasi bo’lmish ayol dilbandini to’qqiz oy o’z bag’rida, yurak ostida avaylab dunyoga keltiradi. Uni voyaga etkazish uchun o’zini ayamasdan, butun hayotini baxshida etadi.

Ana shu jarayonda ayol neki yaxshilik yoki yomonlik ko’rsa, ona vujudi orqali homilaga o’tadi. Sog’lig’i nochor, xo’rlangan, iztirob chekkan onadan sog’lom farzand tug’ilmaydi. Sog’lom bolaning dunyoga kelishida otaning hamqoni toza, tani va ruhi sog’lom bo’lishiga bog’liq. Bir so’z bilan aytganda, sog’lom farzand faqatsog’lom oilada tug’iladi. Oilaning sog’lomligini, undagi muhit, ota-onaning totuvligi, bir-birini tushunishi, qo’llab-quvvatlashi o’zaro izzat-hurmati belgilaydi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o’rab olgan muhit ta’sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti faoliyati davomida muhit unga yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko’rsatishi, rivojlanish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə