“Қиёсий педагогика”



Yüklə 47,98 Kb.
səhifə8/13
tarix11.03.2022
ölçüsü47,98 Kb.
#84421
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
302-ПП гуруҳи талабаси Номозова Дилбарнинг

Jadvalni to‘ldiring

1-guru


Savol

Jahon ta’lim tizimini o‘rganish nima uchun kerak

(F) Fikringizni bayon eting

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bulib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy uzgarishlarni insonning uzini uzgartirmasdan amalga oshirib bulmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash uz-uzidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.

(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating

Axborot texnologiyalari yetakchi uringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta‗lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha uqitish usullari va metodlari ma‗nan eskirib, ta‗limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi.

(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini urganib borar ekan, insonni, uning ma‗naviy-axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam – olam ichidagi kichik olam bulib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari uz aksini topgandir. Bu hol olamni tula tasavvur qilishdan oldin odamni, inson olamini yaxshi bilishni taqazo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning bir parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi. Shuning uchun bu mamlakatlarda insonni faqat zamonaviy ishlab chiqarish ilmi bilan qurollantirish, axborot texnologiyalari, boshqaruv malakalarini urgatishga ustivor soha sifatida qaralmoqda. Ulardagi maktablar ta‗lim-tarbiyasi oldiga ham shunday vazifa quyilgan bulib, kichik olam (Najmiddin Kubro) ning moddiy ehtiyojlari yetakchi uringa, ma‗naviy ehtiyojlar keyingi uringa tushib qolayotir.

(U)Fikringizni umumlashtiring

Sobiq shurolar imperiyasi barham topguniga qadar Yevropadagi qator mamlakatlarda xalq ta‗limi taraqqiyoti sobiq kommunistik firqalar mafkurasi asosida amalga oshirildi. Ammo, mamlakatlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda yoshlarga zamon talablari asosida ta‗lim-tarbiya berish, ularni ilmiy-texnika inqilobi yutuqlariga asoslangan kasbiy bilimlar bilan qurollantirish lozim deb qaraldi. Shuning uchun mazkur muammoni hal qilishga qaratilgan davlat qarorlari qabul qilindi. Vengriyada (1980 y) va Chexoslovakiyada (1981) maktab ta‗lim-tarbiyasi sifatini tubdan uzgartirish yunalishida dadil qadamlar tashlandi. Maktab ta‗lim-tarbiyasi puxta uylangan reja asosida yulga quyildi.

Sotsialistik tuzum barham topguniga qadar mazkur mamlakatlarda jadal industrlashtirish yullarida (50 -y) yoshlarga umumta‗lim va kasbiy ta‗lim berish ehtiyoji kuchaydi. Qishloqlarda jadal sur‗atlar bilan yirik maktablar barpo etildi, mavjud maktablar yarim internatlar shakliga utdi. Uquvchilar kontengentining 30

% i yarim internatlar va kuni uzaytirilgan guruhlarga jalb etildi. Majburiy ta‗lim 8 yillik bulib, ta‗limning ishlab chiqarish bilan aloqasi kuchaytirildi.

70 – yillarda maktab bitiruvchilarining 80 % i (8-sinfni) turli shakllardagi umumiy urta ta‗lim maktablarida davom ettirdilar. Ammo, umumiy urta ta‗lim (X-

XI sinflar) ga yoshlarni jalb etishda qator ob‗ektiv muammolar mavjud bulib, ularni hal qilishda Yyevropa mamlakatlari yaqindan hamkorlik qilishmoqda.

Vengriya – hududi-93.000 kv.km, aholisi 11 mln., poytaxti – Budapesht shahri, mamlakat utmishi mustaqillik uchun kurashlar tarixi bilan hamohang 1919 yilgi inqilob (133 kun) tufayli yagona mehnat maktabi haqida Dekret qabul qilingan edi. Maktab ta‗limini qayta qurish va savodsizlikni tugatish yulida ilk qadamlar quyildi. Ammo, Xorti boshchiligidagi fashistik rejim xalq ta‗limi rivojini ortga surib yubordi.

Ikkinchi jahon urushi tugaganida mamlakatdagi bolalarning teng yarmi boshlang‘ich ta‗limni ham olmagan, kattalarning 10 % i savodsiz, talabalar orasida oddiy xalq bolalari 2,7 % ni tashkil etar edi.

Utgan asrning 50-yillari nihoyasida mamlakatda 6-16 yoshli bolalar uchun tekin umumiy majburiy ta‗lim joriy etildi. ―Vengriyada xalq maorifi tizimi haqida

Qonun‖ qabul qilindi (1961 y). Bu xalq maorifi sohasidagi erishilgan yutuqlarni yanada mustahkamladi.

1972 yildagi ―Xalq maorifining ahvoli va uni takomillashtirish haqida‖ gi qaror va 1975 yilgi qurultoy umumiy majburiy urta ta‗limga tula utishi ta‗minlandi. Hozirgi kunda mamlakat xalq ta‗limi tizimi quyidagi kurinishga ega:

Bolalar bog‘chalari – 3-6 yoshli bolalarning bir qismini qamrab olgan (70 %). Bog‘chalarga qatnamaydigan bolalar maktabga borishdan 6 oy oldin tayyorlov mashg‘ulotlariga jalb etiladi. Bog‘chalardagi mashg‘ulotlar aholining ish rejimiga bog‘liq holda tashkil etiladi.

Umumiy majburiy ta‗limga 6 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan bolalar jalb etiladi. Bu amalda 2 bosqichli 8 yillik ta‗lim bulib, I-IV, V-VIII sinflarni uz ichiga oladi. 1-sinfga qabul qilinganlarning 80 % i asosiy maktab (8-sinf) ni 14 yoshida, qolgan 20 % i 16 yoshida tugallaydi. Yuqori sinflarda iqtidorlilar uchun alohida uquv rejasiga asoslangan chuqurlashtirilgan ta‗lim beriladi. 8-sinfni bitirgan usmirlar urta umumiy ta‗lim olish uchun yana 2 yil uqiydi.

Urta ma‗lumot – tayanch maktabi (8-sinf) ni bitirgan uquvchilarning 20 % i jalb etiladi (iqtidorlilar, shundan bolalarning 15 % i). Shuningdek, ularning bir qismi kasb-hunar-texnika bilim yurtlariga jalb etiladi. Lekin ularning 15 % i ishlab chiqarish yunalishida umumiy ta‗lim oladi.

Gimnaziya – 4 yillik ta‗lim bulib, unda chuqurlashtirilgan ta‗lim sinflari ham mavjud. Gimnaziyaning oxirgi sinflarida ba‗zi fanlar tanlov asosida urganiladi. Gimnaziyani tugatganlarga uzlashtirish natijalariga kura yetuklik attestatni olish uchun imtihonlarni topshirishga ruxsat beriladi. Ular oliy maktabda uqishni davom ettirishlari mumkin, qolgan qismiga ishga kirish uchun guvohnoma beriladi. Topshirilgan imtihonlar oliy uquv yurtiga kirish imtihonlari vazifasini ham bajaradi.

Kasb-hunar urta maktabi – 4 yillik kasbiy ta‗lim bulib, xalq xujaligining 11 yunalishi uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beradi. Uni tugatganlarga ham oliy maktabga kirish huquqini beruvchi yetuklik attestati beriladi.

Hunar-texnika bilim yurtlari – 3 yillik kasbiy ta‗lim bulib, xalq xujaligining 186 yunalishi uchun malakali ishchilar tayyorlaydi. Uni tugatganlarga yetuklik attestati beriladi.

Gimnaziya va kasb-hunar maktablarining kechki va sirtqi bulimlari ham mavjud bulib, hamma uchun ochiqdir.

Oliy uquv yurtlari – 18 universitet, 32 institut va yana bir necha oliy maktablarni uz ichiga oladi. Boshlang‘ich sinf uqituvchilari – pedagogika bilim yurtlarida, urta maktab uqituvchilari esa pedagogika institutlari va universitetlarda bayyorlanadi. Shuningdek, aspirantura, doktorantura, kon‗yunktura, fanlar akademiyasi, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari faoliyat kursatmoqda. Ularda hozir masofaviy ta‗lim, pedagogik texnologiyadan keng miqyosda foydalaniladi.




Yüklə 47,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə