Ifodali o'qishning asosiy vositalari



Yüklə 94 Kb.
səhifə4/6
tarix04.01.2023
ölçüsü94 Kb.
#98171
1   2   3   4   5   6
Matnni ifodali o\'qishda intonatsiya,ovoz va nafas

Alliterasion ritm. Bir xildagi ohangdosh tovushlarning takrorlanishi natijasida hosil bo'ladi:
Bu yo'llar ko'p qadim yo'llardir,
Uzala tushgan cho'l kabi sokin.
Ustidan shabada esmagan tiniq ko'l kabi,
Og'zi qon bir bo'ri yo oqsoq bir it:
Hayqirsa, uvlasa,
Har tongda bir dong deb bong ursa dovullar...


Anafora ritmi – poetik asarlarning misralari boshida yoki prozaik asarlardagi gaplarning oxirida bir xil tovush, ohangdosh so'z yoki iboralarning takrorlanib kelishidan hosil bo'ladi.
Masalan,
Ko'm-ko'k
Ko'm-ko'k
Ko'm-ko'k...

Ko'klam quyoshdan ko'kargan qirlar


Po'lat yag'rinlarni ko'targan yerlar ko'm-ko'k.
Qora zulfing firoqida parishon ro'zg'orimbor,
Yuzungning ishtiyoqida ne sabru qarorim bor.
Labing bag'rimni qon qildi,
ko'zimdin qon ravon qildi,
Nega holim yomon qildi men andin
Bir so'rorim bor...

Anafora ritmi – bir necha gapning sintaktik jihatdan bir xilda bog'lanib kelishidan ham paydo bo'ladi:


Menikidir kelajak, chaman


Menikidir maktab, ijod, fan,
Menikidir sog', aql, badan,
Ko'nglim to'lin oy kabi ravshan.
Temp va ritm bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lib, badiiy matnni ifodali o'qishda ularga qat'iy amal qilingandagina muallif maqsadiga to'la tushunish mumkin.


Temp haqida umumiy ma'lumot.

Olamda hayot mavjud unda harakat bor, harakat boy joyda esa – temp, temp bor joyda ritm bor. Demak, hayot va mehnatni ma'lum temp va ritmsiz tasavvur etish mumkin emas.


Mehnat ma'lum bir me'yorda takrorlansa charchatmaydi. Shuning uchun ham mehnat jarayonida aytiladigan ashulalar ohangi o`sha ish-harakatga hamohang bo`ladi.
Badiiy adabiyot hayotni in'ipos ettirar ekan, unda ham temp va ritm saqlanadi. Bu yozuvda tinish belgilari orqali ifodalanadi.
Badiiy adabiyotda temp va ritm asarning g`oyaviy-estetik mohiyatini ochishga xizmat qiladi, nutqning emosional ta'sirchanligini kuchaytiradi, estetik zavq uyg`otadi. Demak, temp va rimt ifodali o`qishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Har qanday asarda o`ziga xos temp va rimt yashiringan bo`ladi. Shuning uchun o`quvchi to`g`ridan-to`g`ri ifodali o`qishga kirishmasdan, avval asar bilan puxta tanishib chiqishi zarur. So`ngra, asarning temp va ritmi o`zgaradigan yerlarini qalam bilan belgilab olgach, ifodali o`qishga kirishsa asar mazmuni muallif maqsadi tinglovchiga to`lqin yetib boradi.
Temp lotincha (tempus - tempus) so`zidan olingan bo`lib, sur'at, daraja, vaqt degan ma'nolarni anglatadi.
Temp - ifodali o`qishning his-hayajon jihatdan intensivligi, uning istirobli, hayajonli nafasidir. Agarda temp qahramonlarning ichki kechinmalari, his-hayajon, voqealar rivojlanishining keskinligi darajasiga ko`ra o`zgarib turadi.
Ifodali o`qish jarayonida tempni ko`tarish hovliqish degan gap emas, aksincha jonlantirish demakdir.
"Agar biror harakat ma'lum bir vaqt me'yorida bajarilsa, tempni ko`tarish o`sha vaqtni bir oz qisqartirishga olib keladi, natijada yashash (kechinma)ni ham, shu orada aytiladigan so`zni ham bir oz tezlashtirib, qisqartirilgan vaqt miqyosiga joylashtirishga to`g`ri keladi".
Agar ifodali o`qish jarayonida temp inobatga olinmasa, nutq so`lg`in, jonsiz bo`lib, ta'sir kuchi pasayadi. Bunga G`ofur G`ulomning "Sen yetim emassan" she'ridan olingan quyidagi parcha yaxshi misol bo`la oladi.
Nega cho`chib tushding?
Murg`ak tasavvur.
Go`dak xayolingga
Nimalar keldi?
Shunday qilib, nutq tempi asar mazmuni va muallif maqsadiga ko`ra goh pasayadi, goh ko`tariladi.
Ma’lumki, ifodali o`qiladigan asar matni qanchalik mukammal bo`lmasin, u talqin etilishiga qarab, muayyan ta’sir kuchiga ega bo`ladi, talqin jarayoni esa asarni ifodali o`quvchining jismoniy va ruhiy holatlaridir. Demak, talqin jarayonida ifodali o`quvchining butun vujudi talqin vositasi bo`lib xizmat qiladi. Ijrochining jismoniy va ruhiy holatini chiniqtiruvchi mashqlar kompleksi nutq texnikasi deyiladi.
Nutq texnikasi, o`z ob’yekti va funktsiyasiga ko`ra to`rt muhim qismga bo`linadi: ovoz, nafas artikulyatsiyasi va diktsiya.
Ovoz inson oily nerv sistemasining mahsuli bo`lib, uning manbai tomoqda joylashgan tovush poychalaridir. Oliy nerv sistemasining muayyan signali bilan tovush paychalari titraydi, cho`ziladi, qisqaradi, g`oyat nafis harakatlar kompleksini bajaradi, natijada tovush paydo bo`ladi, tashqariga chiqqunchga qadar turli qaytargich (rezenator) larga urilib chiqqan tovush ovoz deyiladi.
Nutq so`zlash jarayonida ovozning balandlashi va pasayib turishi modulyatsiya deb yuritiladi.
Ovoz baland-pastligi, yo`g`on-ingichkaligiga qarab tepor, bariton, bas, soprano, metstso-soprano, alt kabi turlarga bo`linadi.
Ovozning nutq, tovush doirasida va muayyan vaqt birligi davomida tovlanishi ohang (intonatsiya) deyiladi.
Nafas nutq texnikasining muhim qismidir. Nafas ovoz va nutqni tinglovchiga yetkazish, ovoz kuchini tashkil etish vositasidir. Nafas uch turga – ko`krak, qorin yoki o`rta va diafrag`mal nafas turlariga bo`linadi.
Artukulyatsiya deb, nutq a’zolarining faol, passiv, normal harakat qilinishiga qarab artikulyatsiya yaxshi, yomon, normal bo`lishi mumkin.
Nutq so`zlanayotgan vaqtda nuqsonsiz bo`lgan artukulyatsiya normal hisoblanadi. Ammo ifodali o`qish uchun uning o`zi kifoya qilmaydi. Shunga ko`ra normal artikulyatsiya mashqlar vositasida takomillashtiriladi. Artikulyatsiyani yaxshilash uchun o`tkaziladigan mashqlar artikulyatsion gimnastika deyiladi. Ular quyidagilardir:

    1. Lab mashqlari

    2. Til mashqlari

    3. Jag` mashqlari

Diktsiya nutq mashqlarining talaffuz etish me’yorlaridir. Nutq tovushlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish, talaffuzni aniq va yorqinlashtirish maqsadida uyushtirilgan mashq diktsion mashq deyiladi.

Yüklə 94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə