Ifodali o'qishning asosiy vositalari



Yüklə 94 Kb.
səhifə2/6
tarix04.01.2023
ölçüsü94 Kb.
#98171
1   2   3   4   5   6
Matnni ifodali o\'qishda intonatsiya,ovoz va nafas

Mantiqiy urg'u. Mantiqiy urg'u matnda yashiringan bo'ladi. Badiiy asarlarni ifodali o'qishdan oldin yashiringan mantiqiy urg'uni aniqlash uchun matnni avval bir necha marta o'qib, muallif maqsadini tushinish, so'ngra mantiqiy urg'uli so'zni aniqlash mumkin. Mantiqiy urg'uni izlayotganda badiiy asardagi uyushib kelgan va ma'noni kuchaytirish uchun qo'llangan takroriy so'zlarga hamda ayrim gaplardagi ta'kidlovchi so'zlarga alohida e'tibor berish lozim. odatda, mantiqiy urg'udan keyin qisqa pauza qilinadi.
Misollar:
Ey Farg'ona!
Mushkul kunlar bolasini.
Tishida tishlab,
Yuvib,
Tarab,
Sevib,
O'pib,
quchib,
opichlab,
Ey baxtlarni balog'atga yetkazgan ona!
(Hamid Olimjon)


Pauza haqida umumiy ma'lumot.

Pauzaning asosiy turlari.


Kishilar gapirish jarayonida ma'lum darajada qisqacha, to'xtab, nafas oladilar va o'pkalarini qayta havoga to'ldirib, nutqni davom ettiradilar. Nutqdagi ana shunday to'xtash, tinish yoki shunday kichik talaffuzga pauza deyiladi.
Badiiy asarlarni ifodali o'qishda pazaning o'ziga xos o'rni bo'lib, u asarning janr xususiyati, mazmuni va sintaktik qurilishi bilan uzviy bog'liq. Badiiy asarda pauza muallif fikrning tinglovchiga aniq va to'la yetib borishiga katta yordam beradi.
Pauza she'riy asarlarda aksariyat so'roqlarga tushadi va his-hayajon bag'ishlaydi. She'rlardagi bayt yoki bandlar asarning tugallangan bir bo'lagi sifatida bir-biridan doimo pauza bilan ajraladi.
Masalan:
Ko'm-ko'k...
Ko'm-ko'k...
Ko'm-ko'k...
Mehnat sharaf va shon bo'lgan Vodiylar
Ko'm-ko'k...

Pauzaning turlari haqida har xil fikrlar mavjud. Biz talabalarga tushunarli bo'lsin uchun uni uch ko'rinishga bo'lib o'rganamiz:



  1. Grammatik pauza

  2. Mantiqiy pauza

  3. Psixologik pauza.

Grammatik pauza. Badiiy asarlar ifodali o'qiganda tinish belgilarida qisqa pauza qilinadi. Bunday pauza grammatik pauza deyiladi.


O'zbek tilida quyidagi tinish belgilari ishlatiladi:
Nuqta (.), so'roq belgisi (?), undov belgisi (!), ko'p nuqta (...)
Vergul (,), nuqtali vergul (;), ikki nuqta (:), tire (-), qavs () va qo'shtirnoq («»).
Mantiqiy pauza. So'z guruhlarini bir-biridan ajratib, matn ma'nosini aniq va to'la ifodalashga xizmat etuvchi pauzaga mantiqiy (logik) pauza deyiladi. Mantiqiy pauza matnni kesib o'tgan to'g'ri chiziqqa (G') bilan belgilanadi. Masalan: Ammo ( ertaga sahar paytda) juda uzoqdan bir maqomda guldiragan tovush (arang quloqqa chalindi), bu tovush (o'rmondagi shovur-shuvurlar orasidan) zo'rg'a eshitiladi.
She'riyatda mantiqiy pauzalar asarning kompazisiyasiga qarab ham belgilanadi. Masalan: Uyg'unning «Tong» she'ri ifodali o'qilganda quyidagi mantiqiy pauza qilinadi.
Sahar chog'i... G' kumush kabi shuuringdanG'
Sirg'a taqib G' yaprog'iga bosh qo'yibG'
Gullar tunning quchog'ida mudraydiG'
Titrab-titrab unda-bunda yulduzlarG'
Shoshib-pishib yotog'iga ketgali G'
Dargohiga yetgaliG'
Oltin shohi etagini sudraydi. G'

Mantiqiy pauza ifodali o'qishning o'ziga xos eng muhim unsurlaridan biri bo'lib, u faqatgina mantiq qonuniyatiga rioya qiladi, lozim bo'lsa, tinish belgilarini ham mutlaqo inkor etadi.


Mantiqiy pauza gapning mazmunini tubdan o'zgartirib yuborishi mumkin. Misol uchun quyidagi jumlalarni ikki xil pauza bilan o'qib, ma'no o'zgarishiga e'tibor bering:

  1. Yaramas G' itday o'lib ketdi

Yaramas itday G' o'lib ketdi.

  1. Aldasam G' sizni yer yutsin

Aldasam sizni G' yer yutsin.

Mantiqiy pauzaning bunday jozibador kuchidan xalq donishmandlari unumli foydalanganlar.


Psixologik pauza. Muallifning matnida yashiringan kuchli his-hayajonini psixologik pauza orqali ifodalash mumkin. Psixologik pauza o'quvchi va notiq nutqiga jonlilik kiritib, asarning ta'sirchanligini oshiradi. Psixologik pauza ikki chiziqqa (G'G' ) bilan belgilanadi.


Badiiy asarlarning o'xshatish, sifatlash, mubolag'a, istiora va boshqa tasviriy ifoda vositalari qo'llangan o'rinlarda ham muhimdir.



Yüklə 94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə