Ifodali o'qishning asosiy vositalari



Yüklə 94 Kb.
səhifə1/6
tarix04.01.2023
ölçüsü94 Kb.
#98171
  1   2   3   4   5   6
Matnni ifodali o\'qishda intonatsiya,ovoz va nafas




Matnni ifodali o'qishda intonatsiya,ovoz va nafas
Reja:



  1. Urg'u haqida umumiy ma'lumot.

  2. Urg'uning turlari.

  3. Pauza haqida umumiy ma'lumot. Pauzaning turlari.

  4. Intonasiya haqida umumiy ma'lumot.

  5. Badiiy asarlarni ifodali o'qishda nutq san'atining ahamiyati.

  6. Ritm haqida umumiy ma'lumot.

  7. Temp haqida umumiy ma'lumot.



Urg'u haqida umumiy ma'lumot.

Urg'u ifodali o'qishning asosiy vositalaridan biri bo'lib, u ta'kidlash, alohida e'tibor qaratish uchun xizmat qiladi. Urg'u so'zlarni to'g'ri talaffuz etishga, ma'noni to'g'ri va to'la anglashga yordam beradi.


Urg'u ilmiy adabiyotlarga leksik urg'u, dinamik urg'u, rimik urg'u, mantiqiy urg'u, tradision urg'u, psixologik urg'u kabi bir necha turga bo'lib o'rganiladi.
Bu bo'linish lingvistik jihatdan to'g'ri, ammo biz talabalarni ifodali o'qishga o'rgatish va ifodali o'qishning nazariy masalalari haqida ma'lumot olishlarini osonlashtirish maqsadida urg'uning ikki turi xususida to'xtalmoqchimiz:

  1. So'z urg'usi.

  2. Mantiqiy urg'u.



So'z urg'usi. So'z urg'usi tushgan bo'g'indagi unli shu so'zning boshqa bo'g'inlaridagi unli tovushlariga qaraganda kuchliroq, cho'ziqroq talaffuz etiladi.
So'z urg'usi lingvistik adabiyotlarda leksik urg'u nomi bilan ham yuritiladi.
O'zbek tilida so'z urg'usi, asosan, so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi. So'zlarga qo'shimchalar qo'shila borishi bilan urg'u ham ko'cha boradi. Masalan: bola, bolalar, bolalarga; ishchi, ishchilar, ishchilarga.
Bu hodisa ko'proq, turkiy tillarga, jumladan, o'zbek tiliga ham xosdir. Ammo, bunda o'zbek tilida urg'uning o'rni o'zgarmas ekan degan xulosa chiqmaydi. O'zbek tilida shunday so'zlar ham borki, so'z boshida kelgan urg'u so'nggi bo'g'inlarga tushmaydi. Masalan: qaysi, qanday, qancha.
Demak, o'zbek tilida urg'u so'zning boshida, o'rtasida va oxirida ham kelishi mumkin. Masalan:
A) so'z boshida; kelsi, kimdir, allakim, doim, bari, hamma;
B) so'z o'rtasida; albatta, mardlarcha, afsuski, yaxshigina, achchiqqina, o'qituvchiman;
V) so'z oxirida; oqqush, otboqar, to'proq, bozor, Uchqo'rg'on, Beshariq.
Adabiy talaffuzni normallashtirish va nutq madaniyatini rivojlantirish, o'zbek tiliga internasional so'zlarning tobora ko'plab kirishi va keng omma nutqiga singib borishi tufayli urg'uning ahamiyati kun sayin ortib bormoqda.
Hozirgi o'zbek adabiy tilida so'z urg'usining vazifasi ancha kengaydi. O'zbek tilida urg'u ma'noni farqlash xususiyatiga ega; olma, (meva, ot) olma (buyruq fe'li); atlas (mato), atlas ( geografik karta); kesma (ovqat turi, ot) kesma (buyruq fe'li); tugma ( kiyim tugma ot), tugma ( buyruq fe'li); gulsiz ( guli yo'q, sifat ), gulsiz (guldaysiz, o'zshatish); qizgina (kichkina qizcha, kichraytirish); qizgina (qizning o'zi, ajratib ko'rsatish).
Bulardan tashqari, hozirgi o'zbek adabiy tilida o'zlashib ketgan ruscha-baynalminal so'zlarda ham urg'u ma'noni farqlash xususiyatiga ega. Urg'u quyidagi so'zlarning birinchi bo'g'iniga tushsa sifatga aylanadi. Masalan: akademik-ot, akademik-sifat, matematik-ot, matematik-sifat; texnik-ot, texnik-sifat.
Shuning uchun ham o'quvchi-talabani matnni ifodali o'qishga o'rgatishdan oldin, ularni matndagi so'zlarning ma'nosi bilan tanishtirish, so'zlarning urg'uli bo'g'inini aniqlashga o'rgatish lozim.

Yüklə 94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə