Ii. Asosiy qism



Yüklə 119 Kb.
səhifə7/8
tarix28.11.2023
ölçüsü119 Kb.
#134802
1   2   3   4   5   6   7   8
MEHRIBONLIK UYLARIDA TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISHNING O’ZIGA

Maxsus kompetensiya

  • Maxsus metodlarni tanlay bilish;

  • Ta’limni individuallashtirish;

  • Tarbiyalanuvchilar ehtiyojini bilish;

  • Turli yosh xususiyatlarni bilish;

Jamiyatimiz orasida ijtimoiy kelib chiqish ahvoli, dini, irqi, millati, yoshi va boshqa mezonlar bo’yicha turli insonlar yashaydi. Shu jumladan, Mehribonlik uyida ham sanab o’tilgan toifalarning barchasiga taalluqli bolalar va o’smirlar mavjud. Demak, Mehribonlik uyini ijtimoiy institut sifatida tavsiflasak, u yerda tashkil etiluvchi barcha jarayonlarda davlatning insonparvarlik siyosati aks etadi. Bizning O’zbek millati azaldan ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga alohida mehr bilan turlicha yondashuvlardagi qo’llab quvvatlashlar orqali munosabatda bo’ladilar.Ularni tasnif etishda quyidagi kategoryalarni inobatga olish zarur:

  • Otasi bor onasi vafot etgani sababli yoki aksincha (yarim yetim);

  • Ota-onasi nogiron bo’lganligi sababli;

  • Ota-onasi tashlab ketganligi sababli;

  • Ota-onalari vafot etgan;

  • Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;

  • Ota-onalik huquqlari chegaralangan;

  • Ota-onasi noma’lum daraksiz yo’q hisoblangan;

  • Ishga yaroqsiz;

  • Jazoni ijro etish muassasalarida jazo olayotgan;

  • Jinoyat qilganlikda ayblangan va qamoqga olingan;

Ota-ona qarovsiz qolgan bolalar ta’lim va tarbiyada alohida ehtiyoji bor bolalar qatoriga kiradi. Chunki ularning yashash tarzi atrofdagilarga munosabati umumiy rivojlanish me’yorlari va psixologik holati me’yordan boshqacha bo’ladi. Aynan mana shunday turfaliklar Mehribonlik uylarida ta’lim-tarbiyaning boshqa ta’lim muassasalaridan farqli tarzda taskil Mehribonlik uylarida tashkil etiluvchi Pedagogik jarayon o’z mazmuni va vazifalariga ko’ra “Ijtimoiy pedagogik faoliyat” deb nomlanadi.
Quyidagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmunini keltiramiz etilishini taqoza etadi. Mehribonlik uylarida tashkil etiluvchi Pedagogik jarayon o’z mazmuni va vazifalariga ko’ra “Ijtimoiy pedagogik faoliyat” deb nomlanadi.
Quyidagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning mazmunini keltiramiz.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat tashkil etulganiga qadar Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilar xulq- atvorida quyidagi me'yordan chetlanishlar uchrab turadi:
-Qaysarlik va o’jarlik;
-Egoizm;
-Yolg’onchilik;
-Maqsadsiz (bugungu kunni o’tishini o’ylab, ertangi kun uchun reja tuzmaydi;)
-O’z kelajagini o’ylamaydi;
-Atrofdagilariga nisbatan qo’pol munosabaat;
-Muloqotda ximoya pozitsiyasini qo’llsh;
-Dangasa va loqaydlik;
Sanab o’tilgan salbiy sifatlarni bartaraf etish uchun ijtimoiy Pedagogik faoliyat turli yo’nalishlarni bo’yicha vazifalarni amalga oshiradi. Ma’lumki mehribonlik uylari tarbiyachilari ham ijtimoiy gedagogik faoliyat ning bevosita ishtirokchisidir. Chunki ularning lavozim majburiyatlari sirasi tarbiyalanuvchilarni mustaqil xayotga moslashtirish uchun turli tarbiya usullari va vositalaridan foydalanish talabi kiritiladi. Yoshlarning mustaqi xayotga moslashuvi esa ijtimoiy ko’nikma va malakalarga asoslanadi. Ijtimoiy ko’nikma maalakalar muassasada tashkil etiluvchi tarbiyaviy ishlar jarayonida samarali shakllantiriladi. Buning uchun tarbiyachi ijtimoiy ko’nikma va malakalarning moxiyatini bilishni talab etiladi.
Biz quyida tarbiyachilar uchun zarur bo’lgan ijtimoiy Pedagogik faoliyat turlariga oid vazifalarni sanab o’tamiz:
Diagnostika-ushbu vazifa mazmuni tarbiyalanuvchilarning xulq- atvoridagi me'yordan chetga chiqishlar, psixologik zo’riqishlar bezovtalanish kabi holatlarning sabablarini amaliy taxlil qilib, tegishli xulosasini psixologga yetkazadi. Psixolog bilan xamkorlikda tashxis qo’yilib, keying bosqich ijtimoiy gedagogik ish rejasini tuzishga xizmat qiladigan ma’lumotlarni to’playdi. Bunda asosan bola yashaydigan uzoq muddat bo’ladigan mikromuhit (oila, qarindoshlar, tug’ilgandan buyn yashagan joyi….) xususiyati va tarkibi o’rganiladi. Asosaan ushbu muhitda kimlar bilan muloqotda bo’lgani, o’sha joydagi insonlarning shug’ullanadigan ishlari, maqsad va vazifalari, kelajak rejalarini tuzish ko’nikmallariga egaligi, ma’naviy va moddiy jihatlari taxlil qilinadi.
Taxlil qilish yo’llari- bevosita bola bilan suhbat, savol-javob orqali o’rganish, maxsus maqsadli anketalar bilan tuzib uning bola tomonidan to’ldirilishini, o’sha muhitdan xabardor insonlarning mulohazalarini to’plash, tegishli tashkilotlarningmutahasislari bilan olib boriladigan Pedagogik psixologik ishlarni tashkil etish. Barcha ma’lumotlarni qiyosiy tahlil natijasida tegishli xulosalar chiqariladi.
Taxmin qilish- ushbu vazifasini mazmuni quyidagicha tasniflanadi.

  1. Boladagi o’zgarishlarni sabablari taxmin qilinadi.

  2. Xulq-atvoridagi chetlanishlarning bartaraf etilishini usul va yo’llari taxmin belgilanadi.

Tarbiyachi asosida psixolog bilan birga ish olib boradi- natijada to’g’ri qilingan taxminlar va o’zini oqladi deb hisoblanadi. Shu tarzda ish olib borish orqali tarbiyachilar xulq-atvoridagi chetlanishlar ustida ishlash bo’yicha tajribalar bankin yaratiladi. Shuning uchun tarbiyachilarga har bir bola bilan ishlashda alohida daftar yuritish tavshiya etiladi. To’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida al’ternativ vaziyatlar ustida olib borilgan tajribalarni kelib chiqib, ijtimoiy Pedagogik tuzatish ishlari uchun yondoshuvlar taxmin asosida alternativ vaziyatlar ustida olib borilgan tajribalardan kelib chiqib ijtimoiy Pedagogik tuzatish ishlari uchun yondashuvlar taxmin asosida tanlanadi.
Ta’lim-tarbiyaviy- Tanlangan usul va vositalar asosida ta’lim tarbiya jarayoni amalga oshiriladi. Mehribonlik uylarida ta’lim jarayoni bolalarning fanlar bo’yicha bilim ko’nikma va malakalarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Jumladan fan to’garaklari, intelellektual tadbirlar, mushoiralar, sinfdan tashqari o’qishlar, uyga vazifa tayyorlash mashg’ulotlarinimisol qilib keltirish mumkin. Mehribonlik uylarida ta’limga yondosh jarayon sifatida tarbiya ham amalga oshiriladi. Biroq Mehribonlik uylarida tarbiyaviy ahamiyatga ustuvor tadbirlar ta’limiy tadbirlar nisbatan ko’proq o’tkaziladi.tadbirlar har bir tadbirlarning senareysini ishlab chiqadi. Bu bilan ular senariy banki yaratiladi.Tadbirlar faoliyati reyting mezonlarida har bir bayram sansiga doir bir qancha senariylar, fotolavxalar va turli dekaratsiyalarga ega bo’lish talabi mavjud.
Huquqni himoya qilish-Tarbiyachilar ushbu faoliyat asosida:

  • Tarbiyalanuvchilarning huquqiy himoya qiladi.

  • Huquq va burchlar mohiyatini tushuntirish ishlarini olib boradi.

  • Tarbiyalanuvchi davlat tomonidan o’rnatilgan tartiblar doirasida harakatlanishga o’rgatiladi.

  • Tarbiyalanuvchilarda huquqiy madaniyatining shakillanishiga doir tadbirlarni tashkil etadi. Natijada bolalar mustaqil xayot ostonasida tug’ilishi lozim bo’ladigan turli huquqiy savollarga o’rinli o’rinli va qulay to’g’ri javob toppish ko’nikmalar tarkib.

Tarbiyachining ushbu vazifasi yurist bilan hamkorlikka tayanadi. Tashkilotchilik- mazkur faoliyat tarbiyalanuvchilar jamoasini tashkil qilish, ular o’rtasida do’stona qarindoshlik rishtalarini uyg’otish, ta’lim tarbiya jarayonini pedagogik-psixologik jihatdan tashkil etishni o’z ichiga oladi.
Tashkilotchilik qobilyat Mehribonlik uylari tarbiyachilar uchun zaruriy pedagogik mezon bo’lib, tarbiyachi faoliyatining turli jabhalarida namoyon bo’ladi. Masalan, tadbirlar, uchrashuvlar, musobaqalar, sport estafedalar, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar va boshqalarning rejasini tuzishi, vaqtning belgilanishi, joyining tanlanishi, ishtirokchilarni jarayon tayyorlashi, kerakli jihoz va vositalarni tanlay bilishi va boshqalar.
Sanab o’tilgan ijtimoiy Pedagogik faoliyat yo’nalishlarining mazmuni, shakl va vositalarni zamon bilan xamhafas tarzda takomillashtiruvini talab etadi.
Tarbiyachining samarali faoliyati muassasadagi hamkorligining maqsadli olib borilishiga asoslanadi. Muassasada psixologik, tarbiyachi, ijtimoiy-pedagogik, yuristning hamkorligi tarbiyalanuvchilarni kelajagini huquqiy jihatdan taminlash va psixologik jihatdan qo’llab quvvatlashga qaratilgan bo’lmog’I lozim.
Mehribonlik uyi tarbiyachisi faoliyatiga quyidagi talablar qo’yiladi:

  1. Pedagogik ma’lumotga ega bo’lishi;

  2. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisining psixologik xususiyatini bilish;

  3. Ijtimoiy psixologiya metodlarini amaliyotda qo’llay olish;

  4. Maktablarda o’qitiladigan fanlarning umumiy masalalarini bilish;

  5. AKT dan foydalanish;

  6. Ish xujjatlarini yurita olish;

  7. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish malakasiga ega bo’lish;

  8. Xiobatlar va turli mazmundagi taqdimotlarni yartish va amalga oshirish;

  9. O’zi haqida portfolio tayyorlash va o’z o’zini hamayon eta olish;

  10. Hamkorlikda ishlash va ish yuritish qoidalarini bilish;

  11. Oilalar bilan ishlashni samarali usul va yo’llarini bilish.

  12. Interfaol usullar va ulardan tarbiya jarayonida foydlana olish;

Tarbiyalanuvchining ijtimoillashuviga ta’sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kiradi.

  1. Muhit

  2. Axborot manbalari

  3. Tengdoshlari

  4. Qiziqishlari

  5. Maddiy va ma’naviy ehtiyojlar

  6. Atrofdagilar bilan muloqat o’rnatish imkoniyati

Sotsnum (yaqin muhit) – bola ijtimoiylashuvi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta sekin o’zlashtiradi.
Bola hayotining dastlabki davri qayerda o’tgan bo’lsa shu yer muhitining ta’sirida shakillanadi. So’ng hayoti qayerda tashkil qilinsa, o’sha muhit xususan, Mehribonlik uyi talablarini o’zlashtiradi va ularga moslashtiradi.
Yosh o’tgan sari bola tomonidan o’zlashtirilgan ijtimoiy huhit “hududi” toboro kengayib boradi, ya’ni nafaqat Mehribonlik uyi, balki maktab, makdabdan tashqari ta’lim turli tadbirlar, jarayoni tashkil etilgan jamoat tashkilotlari, orttirgan o’rtoqlari davrasidamuhitlarida bo’ladi. Ma’lumki, muhit bu o’ziga mos munosabat va qoidalar tizimiga ega bo’lgan turli xil insonlar birligidir. Bola ham shu muhitga turli insonlar bilan birga yashab, ta’lim olishi jarayonida o’zining “Men” konsepsiyasini yaratadi. O’zining “Men” iga ega inson muhitga ham muayyan tasirini bergan holda nimanidir o’zlashtirishga harkat qiladi. Aynan manashu jarayon qarama qarshiliklar jarayoni bo’lib insanni mustaqil hayotiy pozetsiyasiga ega bo’lishiga undaydi. Tarbiyachi bolalarga har bir muhitdan hafaqat “yashab qolish”, balki yaxshi yashash qoidalarini o’rgatadi. Bunda tarbiyachilar kasbiy kompedentsiyasi muhim omil hisoblanadi. Komponentsiya- tarbiyachining o’z sohasi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisidir.
Hozirda, Vazirlar Mahkamasining 2007 yildagi 158-son Qarorining yangi loyihasi tayyorlangan bo‘lib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimiga (project.gov.uz) kiritilgan.
Loyiha zamon talablariga mos ravishda yaratilgan bo‘lib, oilaviy bolalar uylarini tashkil etilishining bosh maqsadi va vazifasi - yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oila muhitida hamda ota-ona mehri-g‘amxo‘rligida tarbiyalash, voyaga yetkazish ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ayniqsa, har bir bolani milliy an’ana, urf-odatlar va insoniy fazilatlar negizida oilaviy qadriyatlar muhitida tarbiyalanishi orqali biz kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol inson bo‘lib yetishishlariga zamin yaratilgan bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda respublikamiz miqyosida 8 ta Mehribonlik uyi, 1 ta Bolalar shaharchasi, 11 ta Bolalar uylari (Chaqaloqlar uylari) hamda 3 ta “SOS – bolalar mahallalari” faoliyat yuritmoqda.
Joriy qilingan yangi tizim doirasida qisqa muddatda hamkor vazirliklar tomonidan amalga oshirilgan ishlar
Ikkinchi Jahon urushi davrida mamlakatimizga olib kelingan bolalar internatlarda emas, bag‘rikeng va sahovatpesha yurtdoshlarimiz tomonidan oilalariga olib ketilganligini alohida e’tirof etish lozim.
Bag‘rikeng xalqimiz, bolalar ortilgan vagonning o‘zidanoq quchoq ochib, bag‘riga bosgan holda o‘z oilalariga 10-15 nafar bolalarni tarbiyalash uchun olib ketgan.
O‘sha damda mehridaryo xalqimiz bolalarning hujjatlarini rasmiylashtirish yoki bola asrab olish uchun ro‘yxatga yozdirish kerak ekanligini o‘ylashmagan, ular ijtimoiy yoki moddiy ahvoliga qaramasdan xayrli ishga qo‘l urgan.
Ular nafaqat o‘z farzandlarini, shu bilan birga turli davlatlardan kelgan, hattoki, turli millat vakillarining farzandlarini – tili, dini, e’tiqodiga qaramasdan “komil inson” qilib tarbiyalashgan.

Ular orasidan chiqqan buyuk insonlar dunyo bo‘ylab tarqalgan bo‘lib, oradan necha o‘n yillar o‘tsa ham farzandlari va nevaralarigacha O‘zbek xalqidan minnatdorligini takror va takror izhor qilib kelishadi.


Xalqimizning bolajon xalq ekanligining isboti ham shundaki, so‘nggi yillarda qonunchilik hujjatlari bilan bola asrab olish tizimida tubdan islohotlar o‘tkazilib, imkoniyatlar yaratib berilganligi bois, qisqa muddat ichida oilalar tomonidan mehribonlik uylaridan bolalarni oilalariga tarbiyalash uchun olish ishlari jadallashdi.
Bolalarning qisqa muddat ichida oilalarga taqsimlanish sabablarining biri sifatida shu’ni ta’kidlash joizki, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, 2021 yil avgust oyiga qadar, o‘z oilasiga bola olish istagida bo‘lgan ko‘plab fuqarolarimiz uchun, ayrim Mehribonlik uylari rahbariyati tomonidan eshiklar ochilmaganligi tufayli bu kabi halqimizga xos ezgu ishlarning amalga oshmay kelganligi kabi muammolar o‘z yechimini topdi.
Vaholanki, turli byurokratik to‘siqlar sababli, ota-ona bo‘lish istagida bo‘lgan minglab oilalarga bu imkoniyatlar berilmaganligi achinarli holdir.
Joriy qilingan yangi tizim doirasida Milliy gvardiya Markaziy devonida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish maqsadida (71) 236-52-08 va 236-52-09 telefon raqamlari orqali maslahat berish xizmati “Call-center” faoliyati yo‘lga qo‘yilib, shu kunga qadar 2717 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, “Mehribonlik.uz” sayti ishga tushirilib, sohada amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar muntazam ravishda to‘liq yoritib borilmoqda.
Natijada, mehribonlik bolalar muassasalaridan bolalarni farzandlikka olish istagida bo‘lgan oilalar soni kundan-kunga oshib bormoqda.

Bundan tashqari, mehribonlik uylaridan bolalarni oila tarbiyasiga olayotgan shaxslarning hujjatlari qonunchilikka muvofiq tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘’balari tomonidan rasmiylashtirilmoqda.


Ular tomonidan ota-onaning oilaviy muhiti, sog‘lomligi holati va ijtimoiy ahvoli har tomonlama o‘rganilib, hujjatlari o‘rnatilgan tartibda tekshirilganidan so‘ng, bolalar oila tarbiyasiga berilmoqda.
Bolalarning kelgusi hayoti tegishli davlat organlari tomonidan nazorat qilib boriladi, ya’ni bolalarning oilada tarbiyalanishi, ularga o‘z vaqtida har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishi hududdagi tuman (shahar) hokimliklari bolalarni himoya qilish sho‘’balari tomonidan kuzatib boriladi.
Sog‘lomligi holati esa, hududiy oilaviy poliklinikalarning biriktirilgan shifokorlari tomonidan bolalarni himoya qilish sho‘’balari bilan birgalikda nazorat qilib boriladi.
Yangi hayotga qadam qo‘yib, o‘z yaqinlari va oila sharoyitidagi muhitda tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarning kelajagi, shuningdek turli sabablarga ko‘ra ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning nazorati to‘g‘risida
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining muassasa hisobidan chiqarilishi, tegishli mutasaddi tashkilotlar nazorati ostida amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2021 yilning 9 avgust kunidan 2022 yilning 20 yanvar kuniga qadar 1301 nafar bola Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Bolalar uylari va “SOS – bolalar mahallalari” hisobidan chiqarilgan bo‘lib, shundan:
124 nafari – bolalarning o‘z ota-onalari qaramog‘iga qaytarilgan;
139 nafari – bolalarning o‘z yaqin qarindoshlariga (amma, xola, tog‘a, amaki, buvi, buva) oila tarbiyasiga berilgan;
139 nafari – vasiylikka, homiylikka va oila tarbiyasiga (patronatga) berilgan;
640 nafari – tashkil etilgan 106 ta Oilaviy bolalar uylariga ota-ona qaramog‘iga berilgan;

188 nafari bo‘lsa,Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinganligi va 49 nafari voyaga yetganligi uchun (18 yoshga to‘lganliklari) uy-joy bilan ta’minlanib mehribonlik uylarini tark etishgan;


22 nafari “Muruvvat uylari”ga ko‘chirilgan.
Keltirib o‘tilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tarbiyalanuvchilarning barchasi ham oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga berilmagan.
Shuningdek, hozirda faoliyat yuritayotgan 106 ta Oilaviy bolalar uylarini tashkil etgan fuqarolarimiz turli kasb egalari bo‘lib, ular:
42 nafari mehribonlik uylarining tarbiyachilari;
20 nafari maktab o‘qituvchilari va direktorlari;
21 nafari ziyolilar, yirik tadbirkor va namunali uy bekalari;
23 nafari turmush o‘rtoqlari pedagog (psixolog) bo‘lgan hokimiyat va huquq-tartibot idoralari xizmatchilaridir.
Alohida ta’kidlash joizki, yuqorida sanab o‘tilgan Oilaviy bolalar uylari ota-onalarini o‘z mahallasida inoq va ibratli oila sifatida ijobiy tavsiflanganligi, o‘z farzandlarini yaxshi tarbiyalab jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga muvaffaq bo‘lganligi, shuningdek bugungi kunda xonadonlarida keksa nuroniylari bo‘lgan oilarning bolajonlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishi hisobga olingan. Respublikamiz bo‘ylab bag‘ri keng halqimiz tomonidan tashkil qilinayotgan Oilaviy bolalar uylari va eshiklari yopilgan Mehribonlik uylari to‘g‘risida
Hozirda, mehribonlik muassasalarini qisqa muddatlarda tugatilishi qonunchilik hujjatlarining birortasida nazarda tutilmagan bo‘lib, bu jarayonlar yangi tizim asosida mas’ul davlat tashkilotlarining hamjihatligi bilan amalga oshirilmoqda.
Muassasalardagi tarbiyalanuvchilarning xohish va manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ularning oilada ota-ona mehri og‘ushida va e’tiborida tarbiyalanish orzusini ruyobga chiqarish maqsadida oila tarbiyasiga berilmoqda.
Eslatib o‘tamizki, tashkil etilayotgan Oilaviy bolalar uylari ham to‘liq davlat ta’minotidagi tarbiya muassasasi hisoblanadi.

Sohani o‘rganish davomida “ijtimoiy zaif, yordamga muhtoj va tushkunlikda bo‘lgan” oila farzand(lar)ini ularning yaqin qarindoshlarini topish va oila tarbiyasiga berish o‘rniga, internatlar tarbiyasiga topshirilganligi ma’lum bo‘ldi.


Shu sababdan, birinchi navbatda ota-onasi va yaqin qarindoshlari bo‘lgan “ijtimoiy yetim” bolalarning yig‘ma jildlari o‘rganib chiqilib, ular yashil, sariq, qizil toifalarga ajratildi hamda bolani asrab olish imkoniyatiga ega bo‘lgan qarindoshlarining aniq manzillari orqali, ularning ijtimoiy ahvoli, ahloqiy-ruhiy holati va yashash sharoitlari mukammal o‘rganildi. Buning natijasida ko‘pchilik bolalarni o‘z oilalariga, yaqin qarindoshlariga oila tarbiyasiga qaytarish ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, farzandlikka olish va oilaviy bolalar uylarini tashkil etish jarayoni soddalashtirildi.
Ya’ni, sohada keng ko‘lamli islohatlar o‘tkazilib, ilgari farzandlikka olish va oilaviy bolalar uylarini tashkil etishga doir hujjatlarni rasmiylashtirish xalq ta’limi tizimidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshirib kelingan bo‘lsa, hozirda bu jarayonlarni hokimliklardagi Bolalarni himoya qilish shu’balari bajarmoqda.
Alohida ta’kidlash joizki, mehribonlik bolalar muassasalaridagi tarbiyalanuvchilarning 18 foizini “chin yetim”lar tashkil etgan. Qolgan “ijtimoiy yetim” bolalarning ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bo‘lganligi bois, ularni o‘z ota-onalari hamda yaqin qarindoshlariga qaytarish, vasiylikka, homiylikka va oila tarbiyasiga (patronatga) berilishi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar sonining keskin kamayishga olib keldi.
Oilaviy bolalar uyini tashkil qilayotgan fuqarolarimizga nisbatan bildirilayotgan fikrlar
Ijtimoiy tarmoqlarning birida Murod Nazarovning Oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi borasida turli fikrlar bildirilgan. Ushbu fuqaroning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bergan ma’lumotlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u turmush o‘rtog‘i bilan 10 yildan buyon bolalarni asrab olish istagi bo‘lganligini ma’lum qilingan.
Xulosa
Vazirlar Mahkamasining 2007 yildagi 158-son qaroriga muvofiq, hozirda (mazkur Qarorning bir qator talablari bolalarning bugungi kundagi manfaatlariga javob bermasligi o‘rganib chiqilib, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi uchun o‘rnatilgan tartibda takliflar kiritilgan) tashkil etilishi ommalashayotgan Oilaviy bolalar uylari – bu yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat tarbiya muassasasi hisoblanadi.
Amalda, mehribonlik bolalar muassasalari faoliyati tugatilgan hududlarda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning hujjatlari tuman (shahar) hokimliklari Bolalarni himoya qilish shu’balari tomonidan rasmiylashtirilib, hokim qarorlari asosida bolalarni Oilaviy bolalar uylariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Oilaviy bolalar uylarining mehribonlik uylaridan farqi shundaki, bu yerda bolalarni ota-onalar o‘z xonadonlarida milliy qadriyatlarimiz negizi asosida tarbiyalaydi, mazkur oilalarga davlat tomonidan to‘liq moliyaviy ta’minot amalga oshiriladi.
Shuningdek, Oilaviy bolalar uylariga tarbiyaga olingan bolalar mahalla hayotiga yaqindan jalb etiladi, undagi turli marosimlarda bevosita ishtirok etib, oilasidagi va mahallasidagi yoshi ulug‘ otaxon-onaxonlarning pand-nasixatlari va o‘gitlaridan bahramand bo‘lib, bolalar u yerda ahloqiy, ma’naviy va jamoaviy tarbiya ko‘radi.
E’tiborga loyiq va afzal tomonlaridan biri sifatida shuni aytish lozimki, yopiq internatlardan ko‘ra, Oilaviy bolalar uylari bolalari voyaga yetgandan so‘ng ham, kelgusidagi shaxsiy va oilaviy hayotida hamda mehnat faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli muammolar borasida tutingan ota-onalaridan, yaqinlaridan yordam so‘raydi, maslahatlar oladi.

Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə