Ii asosiy qism


Zangori soxta tsuga (Pseudotsuga glauca Mayr.)



Yüklə 7,89 Mb.
səhifə12/20
tarix18.02.2022
ölçüsü7,89 Mb.
#83846
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
23 Qoraqarag‘ay (Picea) turkumining dendrologik xarakteritikasi va ko‘kalamzorlashtirishdagi ahamiyati.

Zangori soxta tsuga (Pseudotsuga glauca Mayr.) Shimoliy Amerikaning tog‘li hududlarida tarqalgan. Shox-shabbasi ixchamligi bilan boshqa turlaridan ajralib turadi. U sovuqqa chidamli tur hisoblanadi. Parklarda yakka-yakka, to‘da-to‘da qilib, yo‘l chekkalarida alleya shaklida ekish uchun tavsiya qilinadi.

Tilog‘och (Larix) turkumi. Bu turkumga kiruvchilar yirik daraxtlar bo‘lib, noto‘g‘ri doira shaklida shoxlanadi.Turkum Evropa, Osiyo va Amerikada tarqalgan 20 ta turni birlashtiradi, MDH mamlakatlarida (asosan Rossiya, Ukraina, Belorus respubli- kalarida) 11 turi tarqalgan. Tilog‘och turlari kuzda xuddi yaproq- bargli daraxtlarga o‘xshab barglarini to‘kadilar va bahorda yangidan barglar chiqarib o‘sadilar.

2.4 SIBIR TILOG‘OCHI (LARIX SIBIRICA LDB.)

Chiroyli katta daraxt. Uning balandligi 30-45 m, diametri 1-1,8 m bo‘lib, shox-shabbasi tuxumsimon shaklda. Urg‘ochi qubbalar changlangandan keyin bir oydan so‘ng urug‘lanish sodir bo‘ladi. Urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Sibir tilog‘ochi tez o‘sadi, 15 yoshida hosilga kiradi. U 1000 yilgacha yashaydi. Sovuqqa ham, issiqa ham chidamli daraxt. Har hil tuproqli erlarda o‘sa oladi.



Yog‘ochi binokorlik ishlarida qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Uning yog‘ochidan terpentin moddasi olinadi, u esa lak tayyorlashda ishlatiladi. Bundan tashqari uning yog‘ochidan skipidar va kanifol olinadi. Sibir tilog‘ochi Samarqand viloyatining Zomin rayonidagi Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasida va Chotqol tog‘-o‘rmon meliorativ tajriba stansiyasida dengiz sathidan 1100-2100 metr balandliklarda o‘stirilmoqda. Ular yaxshi holatda va hosilga kirgan


Yüklə 7,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə