Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə102/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   110
Монография-2 кисм lotin

Fenologik kuzatishlar – tabiatning mavsumiy rivojlanishi va tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik qonuniyatlarini o‘rganadigan amaliy bilimlar sohasi bo‘lib, fenologik kuzatishlar muayyan hududda mavsumiy ritmlar namoyon bo‘lishining qo‘shni tuman, viloyat tabiatiga nisbatan o‘ziga xos tarzda ajralib turadigan xusu-siyatlarini aniqlashga imkon beradi. Mahalliy fenologik kuzatish-lar natijalari qishloq xo‘jalik ishlarini to‘g‘ri yuritishga, dalalar, bog‘lar, suv omborlari imkoniyatlaridan foydalanishga yordam beradi.
Fenologik kuzatishlar orqali mahalliy hudud atmosferasida, suv muhitida, o‘simlik va hayvonlar hayotida, shuningdek kishilarning xo‘jalik faoliyatida mavsumiy hodisalarning boshlanish, davom etish va yakunlanish muddatlari aniq qayd etiladi. Bunday kuzatishlar uchun o‘lka tabiatiga xos hudud va ob’ektlar – tabiiy va sun’iy geoekologik tizimlar, tabiiy va madaniy landshaftlar, shuningdek suv havzalari-ning muayyan qismlari, o‘simlik va hayvonot olamining ayrim turlari va shu kabilar tanlanishi mumkin.
Kuzatish natijalari jurnalda (kundalikda) qayd etib boriladi va shu asosda har oylik fenologik taqvim tuziladi. Bir necha yillik ku-zatish natijalarini taqqoslash orqali mahalliy tabiatda fenologik bosqichlar boshlanishi va yakunlanishining o‘rtacha sanalarini aniq-lash mumkin bo‘ladi.
Fenologik kuzatishlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: 1) gidrometeorologik hodisalarni kuzatish; 2) daraxat va butalar o‘si-shining fenologik bosqichlarini kuzatish; 3) donli ekinlar o‘si-shining fenologik bosqichlarini kuzatish; 4) qushlar hayotining feno-logik bosqichlarini kuzatish; 5) qishloq xo‘jalik ishlarining bori-shini kuzatish va h.k.


11.7. Geoekologik o‘lkashunoslik shakllari

Geoekologik o‘lkashunoslikda uning o‘ziga xos quyidagi tashkiliy shakllari farqlanadi:



  • ilmiy (davlat) geoekologik o‘lkashunoslik – ob’ektlari, metodla-ri va yo‘llari geoekologik bilimlar sohasini rivojlantirish vazi-falaridan kelib chiqadi; o‘rganish rejali tartibda amalga oshirila-di. Davlat geoekologik o‘lkashunosligi mamlakatning turli hudud-larini har tomonlama ilmiy geoekologik o‘rganishga yo‘naltiriladi va muayyan o‘lka davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot muassa-salari, statistika tashkilotlari, muzeylar, kutubxonalar va shu kabi-lar tomonidan o‘rganiladi. Davlat geoekologik o‘lkashunosligining vazifalari geoekologik materiallarni to‘plash, ilmiy qayta ishlash va saqlash, geoekologik o‘lkashunoslik nazariyasini ishlab chiqish, yangi muzey va ekspozitsiyalar tashkil etish, madaniy landshaftlarni tik-lash loyihalari va sh.k.lar hisoblanadi;

  • ijtimoiy (jamoat) geoekologik o‘lkashunoslik – muayyan o‘lka geoekologik maqsadrda ijtimoiy (nodavlat) uyushmalar, jamiyatlar, klublar, birlashmalar va shu kabilar tomonidan o‘rganiladi. Eko-logik mazmundagi mahalliy toponimlarni to‘plash va qayd etish, urf-odatlar, marosimlar, rasm-ru-sumlar va qo‘shiqlarni aniqlash, mahal-liy rivoyatlar, naqllar va tub aholi xotiralarini yozib olish, u yoki bu sabablarga ko‘ra yo‘qolib ketayotgan geoekologik ob’ektlarni aniqlash va boshqalar ijtimoiy geoekologik o‘lkashunoslik vazifalari bo‘li-shi mumkin;

  • ma’rifiy (o‘quv) geoekologik o‘lkashunoslik – muayyan o‘lkaning tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy geoekologik shart-sharoitlari va qo-nuniyatlari pedagogik (o‘quv) maqsadlarda xilma-xil ekoo‘lkashunos-lik tuzilmalari (professor-o‘qituvchilar) rahbarligida o‘quvchi-tala-balar tomonidan o‘rganiladi.




Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə