Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam


Ma’rifiy geoekologik o‘lkashunoslik



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə103/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110
Монография-2 кисм lotin

11.8. Ma’rifiy geoekologik o‘lkashunoslik


Ma’rifiy geoekologik o‘lkashunoslik – uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarida geoekologik yo‘nalishda o‘tkaziladigan o‘lkashunoslik ishlari tizimidir. Ma’rifiy geoekologik o‘lkashunoslik o‘quvchi-ta-labalarning o‘z o‘lkasi geoekologik ob’ektlarini o‘quv-tarbiya maqsad-larida professor-o‘qituvchi rahbarligida turli geoekologik manba-lar, kuzatishlar, amaliy tadqiqiy ishlar va shu kabilar vositasida har tomonlama tizimli o‘rganishini nazarda tutadi.
Ma’rifiy geoekologik o‘lkashunoslikning uchta shakli farqlana-di:
1) dasturiy (o‘quv) geoekologik o‘lkashunoslik – uning vazifalari va mazmuni geografiya fanlari o‘quv dasturlari bilan belgilanadi va barcha ta’lim oluvchilar uchun majburiy hisoblanadi. O‘quv geoekolo-gik o‘lkashunosligi ikkita yo‘nalishda olib boriladi: a) geografiya darslari jarayonidagi geoekologik o‘lkashunoslik; b) o‘quv-tajriba (geografiya, biologiya) maydonchalaridagi geoekologik o‘lkashunoslik;
2) sinfdan (darsdan) tashqari geoekologik o‘lkashunoslik – uning vazifalari va mazmuni ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiya rejalari bilan belgilanadi. Sinfdan (darsdan) tashqari geoekologik o‘lkashu-noslik ishlari uch yo‘nalishda olib boriladi: a) geoekologik to‘garak-lar va jamiyatlar;. b) ta’lim muassasasi muzeylari; v) geoekologik sa-far va ekskursiyalar;
3) maktabdan (ta’lim muassasasidan) tashqari geoekologik o‘lka-shunoslik – uning vazifalari maktabdan tashqari ta’lim muassasala-ri va o‘lkashunoslik tashkilotlarining o‘quv-tarbiya rejalari bo‘yicha o‘quvchi-talabalarning qiziqishlari, xoxish-istaklariga muvofiq tashkil etiladi. Maktabdan (ta’lim muassasasidan) tashqari geoeko-logik o‘lkashunoslik ishlari ham uch yo‘nalishda olib boriladi: a) geo-ekologik klublar va to‘garaklar;. b) muzeylar; v) geoekologik safar va ekskursiyalar.
Ma’rifiy geoekologik o‘lkashunoslik to‘garaklari, sho‘‘balari, klublari, jamiyatlari sinfdan (darsdan) tashqari geoekologik o‘lka-shunoslik ishlarining eng keng tarqalgan shakllari hisoblanadi.
Ma’rifiy geoekologik o‘lkashunoslik to‘garagi – jonajon o‘lka ekologiyasi va atrof-muhiti muhofazasini chuqur o‘rganish bilan shu-g‘ullanadigan havaskor o‘quvchi-talabalar guruhi.
Ma’rifiy geoekologik o‘lkashunoslik sho‘‘basi – o‘quvchi-talabalar ekoo‘lkashunoslik uyushmalari, ya’ni to‘garaklar, klublar va jamiyat-larning tarkibiy qismi. Qoidaga ko‘ra, sho‘‘ba a’zolari soni 10 na-fardan oshmaydi. SHo‘‘ba – a’zolari soni 18 dan 25 nafargacha bo‘lgan to‘garaklarda tashkil etiladi.
Ma’rifiy ekoo‘lkashunoslik klubi – geoekoo‘lkashunoslik ishla-rini tashkil etishning eng oliy shakli bo‘lib, u turli xil geografik, biologik va ekologik mazmundagi to‘garak va sho‘‘balarni o‘ziga bir-lashtirishi mumkin. Klub a’zolari soni 60 nafar va undan ko‘p bo‘li-shi mumkin.
Ma’rifiy ekoo‘lkashunoslik jamiyati (jamoat tashkiloti) – ekoo‘lkashunoslikka qiziquvchi 30-40 nafar va undan ko‘p a’zolarni o‘z ichiga oladigan ko‘ngilli tashkilot. Jamiyat ish mazmuniga ko‘ra tur-dosh bo‘lgan 5-7 ta sho‘‘badan (geoekologik, bioekologik, ekoiqtisodiy, ekoturistik, ekojurnalistika va h.k.) iborat bo‘lishi mumkin.
O‘quvchi-talabalarning darsdan tashqari geoekologik o‘lkashunos-lik faoliyatida quyidagi barqaror va ixtiyoriy shakllarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Geoekologik o‘lkashunoslikning barqaror tashkiliy shakllari si-fatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
1) tajriba-sinov (geografiya, biologiya) maydonchasidagi ishlar;
2) geoekologik kuzatishlar va tadqiqotlar;
3) taniqli geograf-ekolog olimlar bilan uchrashuvlar;
4) o‘lka bo‘ylab xayoliy geoekosayohatlar;
5) geoekologik olimpiadalar;
6) geoekologik anjumanlar;
7) geoekologik ma’ruzalar;
8) geoekologik tanlovlar;
9) geoekologik ko‘rgazmalar;
10) geoekologik savol-javob o‘yinlari;
11) geoekologik jurnallar va gazetalar chiqarish;
12) geoekologik adabiyotlarni o‘zaro almashish;
13) geoekologik taqvimlar nashr qilish va sh.k.
Geoekologik o‘lkashunoslikning ixtiyoriy tashkiliy shakllari qu-yidagilar vositasida amalga oshiriladi:
1) geoekologik sayrlar;
2) geoekologik ekskursiyalar;
3) bir yoki ko‘p kunlik geoekologik safarlar;
4) transportning xilma-xil turlarida geoekologik sayohatlar;
5) geoekologik ekspeditsiyalar va boshqalar.
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, mamlakatimizda maktablar-ning atrof-muhit bilan o‘zaro bog‘liqligi va munosabati o‘lkashunos-lik ishlari asosida muntazam ravishda o‘zgarib va takomillashib bor-gan. Maktablar taraqqiyotining ilk davrlarida mahalliy o‘lka tabia-tini o‘rganish masalalari muayyan darajada rivoj topgan, biroq ta-biatni muhofaza qilish ishlariga e’tibor berilmagan.
XX asrning 50-60-yillarida fan-texnika taraqqiyoti sharoitida tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchayishi natijasida ta-biatni muhofaza qilish zaruriyati anglab etilgan va u ijtimoiy hayot hamda ishlab chiqarishning aksariyat sohalarida asosiy tamoyillar-dan biri sifatida e’tirof etilgan. SHu tariqa pedagogika fani va amaliyotida «tabiatni muhofaza qilish ta’limi va tarbiyasi» tizi-mi vujudga kelgan, o‘lkashunoslik esa uning eng muhim tamoyillari-dan biri sifatida tan olingan. Natijada maktab o‘lkashunosligida yangi yo‘nalish – «tabiatni muhofaza qilish o‘lkashunosligi» paydo bo‘lgan. Biroq O‘zbekiston maktablari amaliyotida tabiatni muhofaza qilish ta’limi va tarbiyasi, shuningdek tabiatni muhofaza qilish o‘lkashunosligi ishlari sust, yuzaki va ko‘pincha g‘ayriixtiyoriy tarzda amalga oshirilgan.
XX asrning 70-yillari oxiri va 80-yillar boshlarida ijtimoiy
ekologik muammolar g‘oyat keskinlashgan va tabiatni muhofaza qilish ta’limi va tarbiyasi tushunchalari ekologik muammolarning tabiiy va ijtimoiy jihatlarini to‘laligicha o‘ziga qamray olmagan. Natijada, pedagogika fani va maktablar amaliyotiga «ekologik ta’lim va tar-biya» tushunchalari kirib kelgan.
80-yillarning ikkinchi yarmida «Tabiatni muhofaza qilish o‘lka-shunosligi» zaminida ijtimoiy ekologik muammolarni muayyan o‘lka misolida o‘rganish va o‘quvchi shaxsida ekologik madaniyat fazilatini shakllantirishga imkon beruvchi «ekologik o‘lkashunoslik» shakllana boshlagan.
Hozirgi kunda ekologik o‘lkashunoslik mazmunida bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan, biri ikkinchisini taqozo qiluvchi ikki yo‘nalish jadallik bilan rivojlanmoqda:
1) bioekologik o‘lkashunoslik - biologiya sohasi sifatida mahalliy tirik organizmlarning bir-biri va yashash muhiti bilan o‘zaro aloqa-dorligini o‘rganadi;
2) geoekologik o‘lkashunoslik - geografiya sohasi sifatida muayyan hududda odam (jamiyat) va atrof-muhit (tabiat) o‘rtasidagi o‘zaro mu-nosabatlar hamda hududiy tabiiy sharoitlarning antropogen o‘zgari-shi, uning ijobiy va salbiy oqibatlarini o‘rganadi.
Hozirgi davrda geoekologik o‘lkashunoslikning g‘oyat dolzarbligi-ni quyidagilar bilan izohlash mumkin: 1) har qanday tabiiy va ijti-moiy geoekologik muammolar, birinchi navbatda, o‘quvchi yoki talaba yashayotgan joy, ya’ni jonajon o‘lka misolida qarab chiqilishi lozim; 2) ekologik o‘lkashunoslik muayyan bir hududni (viloyat yoki tumanni) mavjud tabiiy va ijtimoiy ekologik shart-sharoitlarini qat’iy hisobga olgan holda rivojlantirishning muhim shartiga aylangan; 3) bugungi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari kasbiy ekologik ta-fakkurli, ongli va madaniyatli mutaxassislarga juda katta ehtiyoj sezmoqdaki, bu zarurat ekologik o‘lkashunoslik ishlarining ilmiy-ma’rifiy va amaliy ahamiyatini yanada oshirgan.
Biz tadqiqotimiz davomida umumta’lim maktablari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ma’rifiy geoekologik o‘lkashunoslik masalasining ayrim qirralarini o‘rganishga harakat qildik.
Maktablar amaliyotini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, geografiya dars-lari va geografiyadan darsdan tashqari ishlar jarayonida jonkuyar va tashabbuskor geografiya o‘qituvchilari tomonidan muayyan darajada geoekologik o‘lkashunoslik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, maktab geografiya o‘quv dasturlaridagi aksariyat mavzular mahalliy geoekologik muammolar bilan bog‘liqlikda u yoki bu darajada o‘rga-nilmoqda, biroq aksariyat maktablarda o‘quvchilar geoekologik o‘lka-shunoslik faoliyatiga jalb etilmagan, xususan, maktablarda o‘quvchi-larning geoekologik tadqiqiy ishlari deyarli yo‘lga qo‘yilmagan. Biz-ningcha, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarning geoekologik o‘lkashunoslik faoliyatini fakultativ yoki elektiv kurslar shaklida tashkil etganligi uchun o‘qituvchilarga haq to‘lanmasligi bunga asosiy sabablardan biridir.
Masalaning ikkinchi tomoni, «Barkamol avlod» bolalar markazla-ri faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, maktabdan tashqari ta’lim tizimi faoliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, respublikamizda 2011 yildan boshlab tashkil etilgan bu markazlarning asosiy vazifalari-dan biri bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularni mamlakatimiz tabiiy boyliklari bilan tanishtirish, jonajon o‘lka ekologiyasi va atrof muhit muhofazasi sohasidagi asosiy bilimlarni egallab olishini ta’minlash, shuningdek bolalarning bu boradagi ijodiy qobiliyatini rivojlantirish hisoblangan.
SHu maqsadda «Barkamol avlod» bolalar markazlarida o‘lkashunos-lik va ekologiya to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, umumta’lim maktablarida ham bolalar markazining o‘lkashunoslik va ekologiya bo‘yicha to‘garaklari «filiallari»ni asosiy o‘qish jarayoniga xalaqit bermaydigan holda tashkil qilish va mustaqil faoliyat ko‘rsa-tishini ta’minlash qoida tariqasida belgilab qo‘yilgan.
To‘garak mashg‘ulotlari maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan dav-lat talablariga muvofiq birinchi, ikkinchi va keyingi o‘quv yilla-rida o‘lkashunoslik va ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha guruhlarga bo‘lin-gan holda o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Xususan, to‘garak mashg‘ulot-larini o‘quv dasturlari talablariga ko‘ra butun o‘quv yili uchun va qis-qaroq muddatlarga haftasiga 6 akademik soat ajratish bilan tashkil etish, o‘quv yilini 15 sentyabrdan boshlab 25 mayda yakunlash, yozgi ta’-til kunlarida alohida mavsumiy rejalar tuzish, har bir guruhdagi to‘garak a’zolari soni birinchi o‘quv yilida 10 nafardan, ikkinchi va undan keyingi o‘quv yillarida esa 8 nafardan kam bo‘lmasligini ta’-minlash, o‘quv yili natijalari bo‘yicha to‘garak a’zolari egallagan bi-lim, ko‘nikma va malakalarning maktabdan tashqari ta’limga qo‘yilgan davlat talablariga mosligi so‘rovnomalar, seminarlar, ko‘rik-tanlov-lar, musobaqalar, testlar va boshqa shakllarda muntazam nazoratga olish, shu asosda o‘quvchilarga maktabdan tashqari ta’lim olganligi haqidagi guvohnoma taqdim etish belgilangan.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, respublikamizda hammasi bo‘lib 215 ta bolalar markazi mavjud bo‘lib, ular asosan tuman va shahar mar-kazlarida joylashgan. O‘z-o‘zidan ravshanki, bunday markazdagi o‘lka-shunoslik va ekologiya to‘garaklariga faqat yaqin atrofdagi (uzog‘i bi-lan 5-6 km radiusdagi) maktab o‘quvchilari qatnashishi mumkin. Xo‘sh, tuman yoki shahar markazidan 10 yoki 50-100 km uzoqlikda joylashgan, lekin o‘lkashunoslik yoki ekologiya yo‘nalishiga qiziqqan maktab o‘quv-chilari nima qiladi, degan haqli savol tug‘iladi. Bunday holatda tu-man yoki shahar bolalar markazi tomonidan qiziquvchi bolalar uchun ular ta’lim olayotgan maktabning o‘zida bunday to‘garaklar tashkil etilishi belgilangan. Ammo bolalar markazi tuman hududidagi barcha qishloq maktablarida bunday to‘garaklarni tashkil etish imkoniyatiga egami(di)? Aynan shu savolga berilgan to‘g‘ri javoblar respublikamiz umumiy ta’lim maktablarida o‘lkashunoslik yoki ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha to‘garaklar faoliyati qanday yo‘lga qo‘yilganligini isbotlov-chi eng zo‘r dalil bo‘la oladi. SHunday ekan, tuman yoki shahar markazla-ridan uzoqda, qishloq hududida joylashgan 6861 ta (70 %) maktab o‘quvchilarining o‘lkashunoslik yoki ekologik bilimlarga bo‘lgan haqi-qiy ehtiyojlari qondirilmagan, degan xulosa kelib chiqadi.
YUqorida ta’kidlangan ikki holat tahlili shundan dalolat beradiki, na maktablarda, na «Barkamol avlod» bolalar markazlarida geoekologik o‘lkashunoslik ishlari talablar darajasida tashkil etil-magan. SHunga qiyosan bitta misol keltirish mumkin: Qozog‘iston Res-publikasi maktablarining 5-, 6- va 7-sinflarida geografiya kurslari bilan birgalikda darsligi alohida chop etilgan «O‘lkashunoslik» kursi ham o‘rganiladi va shu asosda bolalar o‘z o‘lkasi ekologiyasi va atrof-muhit muhofazasi bilan obdon tanishtirilib, ularda tug‘ilgan eriga, yurtiga bo‘lgan vatanparvarlik tuyg‘ulari shakllantiriladi. Respublikamiz maktablarida ham shunga o‘xshash yoki boshqa muqobil shakllarda o‘lkashunoslik keng yo‘lga qo‘yilishi lozim.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ham geoekologik ta’lim mazmuni «Geoekologiya» fanining mazmuni va geograf o‘qituvchilar tayyorlashga qo‘yilgan ilmiy-metodik talablarga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishi, shuningdek «Geoekologik o‘lkashunoslik» elektiv kurs si-fatida o‘rganilishi maqsadga muvofiq. Muammoning yana bitta o‘ziga xos jihati borki, respublikamizda mustaqillik yillarida geogra-fiya ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha geografik yoki geoekologik o‘lkashunoslik yo‘nalishida bitta ham tadqiqot ishi bajarilmagan. Xolbuki, xorijiy mamlakatlarda bu yo‘nalish bo‘yicha samarali tadqiqot ishlari olib borilmoqda [91; 229], o‘quvchi-tala-balar uchun ko‘plab darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa ilmiy-me-todik adabiyotlar chop etilmoqda [64; 77; 144; 157; 172; 230; 261].
Quyida umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari uchun joriy etilishi mumkin bo‘lgan «Geoekologik o‘lkashunoslik» elektiv (fakultativ) kursining asosiy mazmuni haqida fikr yuritamiz.
«Geoekologik o‘lkashunoslik» o‘quv dasturining asosiy mazmuni:

Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə