Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə104/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110
Монография-2 кисм lotin

Kirish
1-mavzu. Geoekologik o‘lkashunoslik nimani o‘rganadi?
Geoekologiya va geoekologik o‘lkashunoslik haqida tushuncha. Geo-ekologiyaning rivojlanish bosqichlari. Biosfera, odam ekologiyasi, ekosfera, geotizim, geoekotizim, atrof-muhit, barqaror taraqqiyot.
2-mavzu. Geoekologik o‘lkashunoslikni o‘rganishning ilmiy asoslari.
Insoniyatning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari tarixi. Geoekologik tafakkur, ong va madaniyat. Geoekologik kompetentlik. Barqaror taraqqiyot konsepsiyasi.
3-mavzu. Geoekologik o‘lkashunoslikda ilmiy bilish metodla-ri.
Bilishning ilmiy metodlari tasnifi. Atrof-muhitni bilishning ilmiy metodlari. Geoekologik o‘lkashunoslik metodlari: kuzatish me-todi, kartografik metod, o‘lchov (o‘lchash) metodi, sinab ko‘rish (tajri-ba qilish) metodi, adabiy manbalar va adabiyotlar bilan ishlash meto-di, sotsiologik metod, prognozlash (oldindan aytib berish) metodi.
Mening o‘lkamni o‘rganishdagi ishtirokim.
1. «Geoekologik tasavvur va tushunchalarning rivojlanish tarixi» mavzusida ijodiy ish yozish.
2. Odamning tabiatga munosabati bo‘yicha aholi bilan ijtimoiy so‘rov o‘tkazish. So‘rov natijalarini qayta ishlash.
3. «Odamning o‘lkamiz tabiatidagi xulq-atvori» mavzusida tadqi-qot o‘tkazish. Rasmga olish va xulosalar chiqarish. Odamning tabiiy meros ob’ektlariga munosabatini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbir-lar ro‘yxatini taklif qilish va o‘tkazish.


1-bo‘lim. Atrof-muhitdagi jarayonlar
1-mavzu. Tabiiy jarayonlar.
Jarayon haqida tushuncha. Viloyat (tuman) hududida sodir bo‘ladigan nurash, denaduatsiya (jinslar olib (oqizib) ketilishi va ko‘chirilishi jarayonlari majmui) va to‘planish jarayonlarining namoyon bo‘lishi. Tabiiy ofat (halokat).
2-mavzu. Texnogen jarayonlar. Texnoplagen (oraliq, o‘tish) ja-rayonlari.
Relefoidlar (er yuzasi o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi sun’iy ma-terialdan yaralgan rel’efga o‘xshash harakatlanuvchi-harakatsiz mor-fotuzilmalar (mexanik qurilma, o‘ziyurar moslama). Viloyat (tuman) hududida geotexnoatmogenez, geotexnogidrogenez, geotexnopedogenez va geotexnobiogenez jarayonlarining namoyon bo‘lishi. Texnoplagen jarayonlar, degidratatsiya (suvsizlanish, qaqrash), eroziya (emirilish), deflyasiya (shamol yordamida tog‘ jinslarining mineral zarralar bilan emirilishi).

Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə