Ii. Laboratoriya mashg‘uloti materiallari mavzu: dorivor o‘simlik xom ashyosini taxlil qilish usullari. Mashg‘ulot shakli



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə46/48
tarix14.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#121886
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
amaliy mashg\'ulot BFM 11

«Klaster» o‘yinli texnologiya



Lipidlar olish uchun xom ashyo manbalari





«BLITS-O’YIN» TEXNOLOGIYASI.





Tayyorlash bosqichlari

Yakka tartib

To’g’ri javob

Xato

1













2













3













4













«BLITS-O’YIN» uslubida talabalarni mashg’ulot mavzusini tekshirish uchun jadvalda keltirilgan mavzu bosqichlarini to’gri ketma-ketligini belgilashdan iborat. Bunda taldaba jadvalda keltirilgan tayyorlash bosqichiga raqamlar qo’yib chiqadi (yakka tartibdagi javob katagiga). So’ng, o’qituvchi tomonidan e'lon qilingan «to’gri javob» katagiga yoziladi. Yakka tartibdagi va to’gri javoblar ayirmasi «xato» katagida qayd etiladi va ularning jami mezon bo’yicha baholanadi


Nazorat uchun savollar

1.Fosfolipidlarni tasnifi va inson organizmidagi ahamiyati.


2.Tuxum sarig‘idan fosfolipidlarni ajratib olish jarayoni.
3. Farmasevtika sanoatida fosfolipidlar asosida tayyorlanadigan dori vositalari haqida ma’lumot bering.


LABORATORIYA MASHG‘ULOTI № 14
Mavzu: SUTDAN KAZEIN AJRATIB OLISH.
Mashg‘ulot shakli: laboratoriya ishi.
Mashg‘ulot metodi: “FSMU” texnologiyasi.
Laboratoriya ishining maqsadi: sutdan asosiy oqsil kazeinni ajratib olish .
Kerakli reaktivlar: yog‘sizlantirilgan sut, 10% sirka kislota eritmasi, 1% natriy gidroksid eritmasi, 5% mis sulfat eritmasi.
Kerakli jihozlar: probirkalar, filtrlash uchun voronka, filtr qog‘ozi.
NAZARIY QISM

KAZEIN


Kazein ­ barcha sut emizuvchilar sutining asosiy oqsili hisoblanadi. Kazein sutda erkin xolatda bulmay, balki kalsiy bilan birikkan xolda bo‘ladi, ya’ni kalsiy kazeinat shaklida bo‘ladi. YAngi sut tarkibida kazein, suyuqlikda suspenziyalangan, uncha katta bo‘lmagan zarrachalar shaklida bo‘ladi; kazeinning bu shakli, ba’zida kazeinogen deb ataladi. Sutni achish vaqtida sut chiriydi va kazein tvorog shaklida cho‘kmaga tushadi. Sigir sutida 3% ga yaqin (hajmi bo‘yicha) kazein bo‘ladi; shu hajmga sutning barcha oqsillarining 80% to‘g‘ri keladi.
Kazein fosfoprotein deb nomlanadigan oqsillar guruhiga mansubdir. Barcha oqsillar kabi, kazein ham ko‘pgina turli aminokislotalardan hosil bo‘lib, bir biri bilan peptid bog‘i orqali birikadi. SHu bilan birga tarkibida ko‘p miqdorda fosfat guruxlarini saqlaydi, ular o‘z navbatida kalsiya bilan bog‘lanishni amalga oshiradi.
Kazeinnni turli eritmalarda erish hususiyati muhim omillardan biridir, bu hususiyati kazeinni sanoat miqyosida olinishini belgilab beradi. Kazein suyultirilgan ishqor eritmalarida va kuchli kislotali eritmalarda yaxshi eriydi, biroq suyultirilgan kislota eritmalarida erimaydi, balki cho‘kmaga tushib qoladi.
Kazein turli usullar yordamida olinadi. Bu usullardan birining mohiyati shundaki, bunda sutga oz miqdorda kislota qo‘shiladi. Bunda kazein kalsiydan holos bo‘ladi, shundan so‘ng kuchsiz qizdirish orqali cho‘kmaga tushiriladi. Ikkinchi usul sutga shirdon fermentini qo‘shish orqali sutni chiritish amalga oshiriladi. Bu jarayonda hosil bo‘lgan tvorog massasi pishloq ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Sanoat miqyosida kazeinni olish uchun sut avval yog‘sizlantiriladi, buning uchun sut sentrifugalanadi, so‘ng kuchsiz ishqoriy eritma qo‘shiladi. SHundan so‘ng yanayam kichik miqdordagi yog‘ zarrachalarini ajratib olish uchun sentrifugalanadi va kazeinni maksimal darajada cho‘kmaga tushishi uchun suyultirilgan kislota eritmasi qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan tvorog massasi tarkibidan kislotani olib tashlash maqsadida yuviladi va past haroratda quritiladi, chunki kazein yuqori haroratlarga chidamsizdir.
Kazein – muhim oziqa mahsuloti hisoblanadi. Kazeinni eng yaxshi manbai bu sut va pishloqdir. Ba’zida kazein ratsionni oqsil bilan boyitishda oziqa qo‘shimchalariga qo‘shiladi. Bunday qo‘shimchalar ko‘pincha turli patologik xolatlarda, masalan og‘ir kuyishlarda, harorat ko‘tarilganda va uzoq davom etgan kasalliklarda qo‘llaniladi.
Kazein sanoatda turli maqsadlarda o‘z tadbig‘ini topib kelmoqda. Uni suvga chidamli modda sifatida yopishqoq yuzalarda elimni yopishishini (adgeziyasini) ta’minlab beruvchi modda sifatida, shu bilan birga elimli bo‘yoqlarni ishlab chiqarishda bog‘lovchi vosita sifatida va qog‘ozni elimlashda, hamda turli emulsiyalarda turg‘unlashtiruvchilar (stabilizatorlar) sifatida qo‘llaniladi. Kazeinni formaldegid bilan ishlov berish orqali plastik olish mumkin, avallari bunday plastikdan tugmalar va shyotkalar ishlab chiqilar edi.



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə