Ii qism VIII bob. Didakòikaning predmeòi va uning vazifalari


O‘QIÒISH JARAYONIGA  NOAN’ANAVIY  YONDASHISH



Yüklə 334,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/27
tarix05.01.2022
ölçüsü334,38 Kb.
#82601
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
pedagogika

O‘QIÒISH JARAYONIGA  NOAN’ANAVIY  YONDASHISH

Respublikamizda ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha

izlanishda o‘qitishning yangi shakllari asta-sekin mustahkam o‘rin

olmoqda. Bular gimnaziya, ixtisoslashtirilgan sinflardir. Lekin

ta’limning yangi shakllari, asosan, maktabning o‘rta va yuqori



104

bo‘g‘inlariga daxldordir. Xo‘sh, boshlang‘ich maktabda nimalar

bo‘layotir? Boshlang‘ich maktab har qanday holda ham o‘quvchi-

lardagi bilimlarni shakllantirishda va ularning qobiliyatlarini aniq-

lashda asosiy rol o‘ynaydi, keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Ammo

boshlang‘ich  maktabdagi barcha o‘quvchilar, bolalarning qobili-

yatlarini aniqlash va rivojlantirish uchun tegishli ishlarni amalga

oshirayotirmi? Masalan, nima uchun yuqori sinflarda a’lo bahoga

o‘zlashtiradigan bolalar soni kamayib bormoqda? Maktabni bitta

yoki ikkita o‘quvchi oltin medal bilan bitirishini qanday tushu-

nish kerak? Iste’dodli, qobiliyatli bolalar yo‘qmi yoki o‘qitish

jarayoni shunchalik samarasiz bo‘lib qolganmi? Bularning sababi

nima? Sababi ko‘p. Birinchidan, boshlang‘ich sinflar o‘qituvchi-

sining bolalar bilan individual ish olib borish imkoniyati chek-

langan. Sinflarda bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilarga e’tibor be-

rish zarur. Ikkinchidan, mazkur o‘qituvchilarning metodik savi-

yasi yetarli emas. Sinfdagi umumiy ishlar jarayonida qobiliyatli

bolalarning ijodiy imkoniyatlari cheklanib qolmoqda. Ular o‘z

qobiliyatlarini ko‘rsata olmayotir. O‘quvchining butun kuchi va

e’tibori sinfga qaratilib, qobiliyatli bolalar ko‘zga tashlanmayotir.

Umuman aytganda, bolalarni saralash va o‘qitishga boshqacha yon-

dashishi bilan ularning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish

kerak.

Boshlang‘ich maktab (I bosqich maktab) bola shaxsining ilk



shakllanishini ta’minlashi, uning qobiliyatlarini aniqlash, o‘quv-

chilarda bilim olish ko‘nikmasi va istagini tarkib toptirishi kerak.

Bunday maktabda o‘quv faoliyatining zarur ko‘nikma va malaka-

larini egallaydilar, o‘qish, yozish, hisoblashni o‘rganadilar, ijodiy

fikrlash elementlarini, madaniy nutq va xulqni, shaxsiy gigiyena

hamda sog‘lom turmush asoslarini o‘rganadilar.

Mana shu umumiy vazifalarni amalga oshirish uchun maqsad-

larning ustunligini jiddiy, tubdan o‘zgartirish, avvalo, predmet-

larga doir bilimlar, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishning

an’anaviy maqsadi o‘rniga bola shaxsini, o‘quv faoliyatini shakl-

lantirish asosida tarbiyalash maqsadi egallaydi, lekin bunda

an’anaviy predmetlarga doir ko‘nikma va malakalarning shaklla-

nish darajasiga e’tibor sustlashmasligi lozim.

Boshlang‘ich ta’limning muayyan maqsadlarini ishlab chi-

qishning haqiqiy ahvoli shundaki, yangi ustunliklar  nazariy va

amaliy ustunliklar jihatidan eng kam ishlab chiqilgan. Hozirgi

kunda predmet ta’limining o‘quv dasturlarida belgilangan muayyan



105

maqsadlari hozircha kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining yosh

xususiyatlari va imkoniyatlaridan ajralib qolgan, ta’limning rejalash-

tirilgan natijalari va ularni baholash mexanizmlari nuqtayi nazari-

dan ifodalanmagan. Bu hol o‘quv faoliyatini shakllantirishga  doir

ishlar bilan predmetlar bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish

o‘rtasida uzilish mavjudligidan dalolat beradi.

Boshlang‘ich ta’limdagi maqsadlar ustunligining almashinuvi

faqat predmetlar o‘rtasidagi nisbat (asosiy va ikkinchi darajalilik)ning

o‘zgarishiga olib bormaydi, balki shaxsni kamol toptirish vazifalarini

kengroq va to‘laroq amalga oshiradigan yangi, uyg‘unlashgan kurs-

larni ishlab chiqishning asosini ham vujudga keltiradi. Bunday kurs-

larni va ularning dasturlarini ishlab chiqish nihoyatda zarurdir.

Shu bilan birga, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining yosh

imkoniyatlarini hisobga oladigan va ularda o‘quv faoliyatini shakl-

lantirishga qaratilgan yangi tiðdagi ta’lim vositalariga o‘tish juda

muhimdir.

Muayyan yo‘nalishdagi (matematika, til, estetik va jismoniy

tarbiya hamda boshqalarga doir) maktablarga bolalarni yoshidan qat’iy

nazar qabul qilinadi, ya’ni olti va yetti yoshli bolalar farqlanmaydi.

Bunda asosiy mezon ko‘rish va eshitish xotiralari, mantiqiy fikr-

lash hamda nutqdan iborat bo‘ladi. Mana shu mezonlarga ko‘ra

boshlang‘ich maktabning asosiy vazifasi: bolalarga kuzatish, o‘ylash,

o‘qish va yozishni, o‘qilgan yoki aytilgan materialning asosiy

ma’nosini ajratish va tahlil qilishni, muammoli vaziyatlarni turli

variantlarda hal etishni o‘rgatishdir. Sinfning ahvoliga muvofiq

o‘quvchining eng muhim vazifalari: o‘quvchilarning bilimlarni

o‘zlashtirishga tayyorligini aniqlash va rivojlantirish; keyin o‘qitish-

ning individual shakli metodikasini ishlab chiqish, bolalarnig qo-

biliyatlari va ijodiy qiziqishlarini takomillashtirish; ularning tafakkuri

hamda o‘qitish dasturini maksimal darajada o‘zlashtirish iqtidorini

o‘stirish; bolalarning o‘ziga xos va shaxsiy xususiyatlarini rivojlan-

tirish; ularni chuqurlashtirish; bilimlar asosida maktabning o‘rta

zvenosidagi o‘qishga tayyorlashdir.

O‘zbekiston maktablarining tajribali o‘qituvchilari bolalarni

neyropsixologlarning ekspress-diagnostik tekshirish asosida tanlash

metodidan foydalanadilar. Bu metod psixologiya fanlari doktorlari,

professorlar B. Qodirov va E. G. Simernitskaya, dotsent S. Oxun-

jonovlar tomonidan ishlab chiqildi. Ular o‘quv rejasiga ijodiy tafak-

kurni rivojlantirish dasturlarini, ta’limning ikkinchi tili — infor-

matika, shaxmat o‘yini darslarini kiritadilar.



106

Ijodiy tafakkurni rivojlantirish dasturining (haftada 2 marta)

vazifasi quyidagilardan iborat edi:

1. Kontursiya, piktogramma tili bo‘yicha mashqlar orqali obrazli

tafakkurni rivojlantirish, tabiiy obyektlarning o‘xshashligi bo‘yicha

ishlash.


2. Sistemali va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish (bunga o‘zaro

uzoq o‘xshashlikning bog‘lanishi, „Ha-yo‘q“ o‘yini, EHM bilan

muloqot, konturli topshiriqlarni topish, „Siferblat — umumiy ti-

zim qismning sistemasi — sistemalar“ o‘yini kiritilgan.

3. „Yaxshi-yomon“ o‘yini, ertaklardagi ziddiyatlarni izlash orqali

dialektik tafakkurni rivojlantirish.

4. Òabiatdagi hodisalarni bevosita kuzatish asosida bolalarning

diqqatini tabiat go‘zalliklariga jalb qilish.

5. Ertaklarning sujetlari bilan ishlash, turli ertaklarni tahlil qi-

lish, tabiatdagi o‘xshashliklarini bog‘lash asosida kichik sujetlar tu-

zish, bir ertak obyektini ikkinchi ertakka ko‘chirish yo‘li bilan

sehrli sujetlar va effektlar yaratish, ertakli masalalarni hal qilishda

tasviriy san’at usullarini qo‘llash.

Matematika ta’limi jarayoniga shaxmat o‘yini va informatika dars-

lari joriy qilingan edi. Shaxmat sinfdagi hamma o‘quvchilar uchun

majburiy qilib belgilangandi. Chunki shaxmat orqali o‘quvchilarda

xotirani, xatti-harakatning ma’lum mantiqini, o‘yinda raqibining

maqsadini hisobga olish, ko‘zlangan natijalarga erishish uchun

o‘zining ishlarini rejalashtirish ko‘nikmalarini, mehnatsevarlik va

batartiblikni rivojlantirish mumkin.

O‘quvchilar I—IV sinflarda EHM bilan shug‘ullanib, mashq-

larni mashinada ishlash malakalarini hosil qiladilar, matematika,

tabiatshunoslik, mehnat darslari bo‘yicha o‘yin dasturlarini o‘zlash-

tiradilar, shuningdek, test asosida psixologik yo‘nalishdagi har xil

mashqlarni bajaradilar.

O‘yin shaklida olib borilgan til bilan bog‘liq darslarda ta’limning

ikkinchi tilini o‘rganishda, asosan so‘zlarni, iboralarni eslab qolish-

ga, o‘qish va yozish malakalarini shakllantirishga ahamiyat berildi.

O‘qitishning gumanitar yo‘nalishlarini „Atrofimizdagi olam“,

„Òasviriy san’at“, „Musiqa va raqs“ darslari tashkil etdi. Bunday

darslarning vazifasi axloqiy va estetik tarbiyaning asosi bo‘lib, chi-

nakam insoniylik sifatlarini va rahmdillikni, inson va tabiatning

go‘zalligini ko‘ra olishni rivojlantirishdan iborat edi.

Òa’limdagi noan’anaviy o‘quv jarayonining ana shu xildagi

boyligi tibbiyotchilar va psixologlar tomonidan doimiy ravishda

nazorat olib borilishini talab qiladi.




107

Sinf psixologlarining asosiy vazifasi bolalarning o‘quv jarayo-

niga, psixologik barqarorlikka ko‘nikishini aniqlashdan iborat edi.

Psixologlar darslarga kirishi, o‘quvchilar va ota-onalar bilan suh-

batlar o‘tkazishlari lozim. Ular to‘plagan ma’lumotlar o‘quv jara-

yonini oldindan belgilash imkonini beradigan maxsus daftarlarga

muntazam ravishda yozib borilishi shart. Sinf psixologining yana

bir vazifasi xotirani rivojlantirishga doir mashg‘ulotlarni o‘tka-

zishdan iborat bo‘lib, bu ish ta’limning boshlang‘ich zvenosida

juda zarurdir.




Yüklə 334,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə