Ii qism VIII bob. Didakòikaning predmeòi va uning vazifalari



Yüklə 334,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/27
tarix05.01.2022
ölçüsü334,38 Kb.
#82601
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
pedagogika

Savol va topshiriqlar

1. Didaktika nimani o‘rgatadi va u ayrim predmetlarni o‘qitish amaliyoti

bilan qanday bog‘langan?

2. Hozirgi o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan talablar qanday? Aytib

bering.

3. O‘qitish jarayoniga noan’anaviy yondashishni qaysi o‘quvchilarda

kuzatdingiz? So‘zlab bering.



109

X BOB.

 

ÒA’LIM MAZMUNI VA

          TEXNOLOGIYASI

ÒA’LIM  TEXNOLOGIYASI

1. Òexnologiyaning nazariy tavsifi.

2. Pedagogikada „texnologiya“ tavsifini qo‘llash.

3. O‘quv-tarbiya jarayonida rivojlantiruv usuli texnologiyasi.

4. Darsdagi rivojlantiruv ta’limi texnologiyasi.

5. Boshlang‘ich ta’lim mazmuni texnologiyasi.

Òexnologiya — bu berilgan parametrlarga mos keladigan mah-

sulot olishga yo‘naltirilgan dastlabki materiallarni o‘zgartirish

jarayoni va uslublarining yig‘indisi.

Pedagogik texnologiya — bu faqat kompyuter va texnologik

vositalarni qo‘llash emas, bu ta’lim samaradorligini oshiradigan

faktorlarni tahlil qilish yo‘li bilan umumta’lim jarayonini opti-

mallash usullarini ishlab chiqish va prinsiðlarini aniqlash.

Òexnologiya — bu sifat jihatdan yangi masalalarni yechish

uchun ta’lim evolutsiyasi bosqichini tayyorlagan obyektiv jarayon.

„Òexnologiya“ tushunchasi texnik taraqqiyot natijasida paydo

bo‘ladi va uning lug‘aviy ma’nosi (kasb, fan, tushuncha, ta’lim,

san’at) materiallarning ishlash usul va uslublaridan iboratdir.

Fan va texnika  taraqqiyoti inson imkoniyatlarining kengayishiga

olib keldi. Yangi texnologiyalar katta ta’lim imkoniyatlarini ochdi.

Ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, odat

bo‘lgan tushuntirishda „o‘rgatish“ jarayonlari o‘qituvchilarning

shaxsiy imkoniyatlari chegarasidan tashqari chiqib keta boshladi.

Vujudga kelgan yangi texnik, axborot, bosma, eshitish va

ko‘rgazma vositalari o‘ziga xos tarzda yangi metodikalar bilan ta’lim

jarayoniga ko‘pgina yangiliklar kiritib, uning ajratilmas qismi bo‘lib

qolmoqda.

Biroq, pedagogik — texnologik jarayonning o‘ziga xosligi,

uning an’anaviy shakllaridan ustuvorligi va hozirgi zamon ta’limi

muammolari real yechish usullari hali to‘la o‘rganilmagan.

Bu haqda chet ellik va o‘zbek avtorlari ko‘p yozmoqdalar. Le-

kin barchalari pedagogik texnologiyalar kelajakda ustuvor o‘ringa

ega bo‘lishiga ishonadilar.

1950- yillarda, o‘quv jarayoniga texnik vositalarni joriy etish

boshlanganda, „ta’lim texnologiyasi“ termini vujudga keldi, so‘ngra

u ÒÒV qo‘llanish metodikasi bo‘yicha keyingi yillarda „pedagogik

texnologiyalar“ga aylandi.



110

1960- yillar o‘rtasida bu tushuncha mazmuni halqaro anju-

manlar va chet el pedagogik bosma nashrlarida keng muhokama qilindi.

1967- yillar PFA qoshidagi ochilgan institutni „Maktab jihoz-

lari va texnik vositalari IÒI“ deb atashdi. Shunday bo‘lsa-da, institut

olimlari ta’lim texnologiyasi muammolari bilan shug‘ullanishar edi.

1970- yillar boshida rivojlangan kapitalistik davlatlar: AQSH,

Angliya, Yaponiyada pedagogik texnologiyaga oid jurnallar nashr

qilindi, keyinchalik bu muammo bilan maxsus muassasalar shu-

g‘ullana boshladi. Masalan, AQSH, Buyuk Britaniyada  bo‘lib o‘tgan

pedagogik texnologiya bo‘yicha milliy kengashlar bunga misoldir.

Budapeshtda 1977- yilda YUNESKO tomonidan tashkil qilin-

gan xalqaro seminarda ta’limdagi texnologik jarayonning asosiy xu-

susiyatlari ko‘rsatib o‘tildi;

1. Òexnikani mukammal bilish va ishlatish.

2. Audiovizual materiallar fondi bilan tanishish.

3. Ularning samarali ishlatish metodikasini egallash va ijodiy

yondoshish.

Hozirgi zamon chet el va vatanimiz tajribasini tahlil qilish asosi-

da, bugun ta’lim jarayonini shakllantiruvchilar doirasi kengayti-

rilmog‘i lozim.

„Òa’lim texnologiyasi“ tushunchasiga ta’lim maqsadlarini tahlil

qilish va rejalashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonini ilmiy tashkil qi-

lish, ta’lim samaradorligini ta’minlaydigan vosita, material va me-

todlar tanlanadi.

Hozirda ta’lim texnologiyasi yordamchi vosita bo‘lib qolmay

balki, o‘quv jarayonining rivojlanishida katta rol o‘ynab, uning

tashkiliy shakllari, metodlari, mazmunini o‘zgartiradigan yangi sis-

tema deb tushunilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qituvchi va

o‘quvchining pedagogik tafakkuriga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Òexnologiyani bunday tavsif qilish ta’lim jarayonidagi barcha

tuzuvchilar orasidagi uzviy bog‘lanishning muhimligini, pedagog

va o‘quvchining o‘zaro hamkorligini ko‘rsatadi.

O‘quvchi passiv ta’lim obyektidan faol shaxs—ta’lim va tarbiya

subyektiga aylanadi va aktiv subyekt sifatida o‘qituvchi bilan bu

jarayonda qatnashadi, mustaqil bilim olishga intiladi.

Fikrimizcha, yangi pedagogik texnologiyaning boshlang‘ich

maktabdagi roli va vazifalarini ko‘rsatish zarur.

Metodika asosiga qurilgan ta’limga qaraganda „ta’lim texnologi-

yasi“ ko‘p qirralidir.

Birinchidan, texnologiya   asosida tub  mahsulotlarni aniq tavsifi



111

turadi. Òexnologiyada maqsad markaziy komponent hisoblanib, bu

holat unga erishish darajasini aniq topishga olib keladi.

Ikkinchidan, tub va oraliq maqsadlari aniqlangani uchun tex-

nologiya maqsadga erishish va nazorat obyektiv usullarini ishlab

chiqishga yo‘l ochadi.

Uchinchidan, texnologiya o‘qituvchining pedagogik eksperiment

qilishga majbur qiladigan holatlarini kamaytiradi.

Òo‘rtinchidan, texnologiya o‘qituvchi va uni faoliyat turlariga

yo‘naltirilgan dars ishlanmalari o‘rniga, o‘quvchilarning o‘quv-

o‘rganish faoliyati mazmuni va tuzilishini aniqlaydigan o‘quv jara-

yonining loyihasini beradi.

Metodik dars ishlanmasi har bir o‘qituvchi tomonidan turli-

cha o‘zlashtiriladi, dars va o‘quvchilar faoliyati ham turlicha tashkil

qilinadi. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini loyihalashtirish esa, pro-

grammalashtirilgan ta’lim tajribasi ko‘rsatganidek o‘quvchilarning

o‘zlashtirish darajasini ko‘taradi.

Inson — bu murakkab sistema va unga kuchi va yo‘nalishi har

xil yoki qarama-qarshi bo‘lgan ko‘p sonli tashqi kuchlar ta’sir

etadi, shuning uchun u yoki bu ta’sirning samarasini oldindan

aytib berish qiyin.

Ijtimoiy texnologiya bu borada katta samaraga ega, chunki u

qayta aloqaga kirisha oladi.

Masalan, o‘qituvchi doimiy nazoratni tashkil qilib, o‘quv

materialini o‘zlashtirishda qiyinchilikka duch kelgan o‘quvchilarni

aniqlaydi va ular bilan qo‘shimcha ish olib boradi. Bunday paytda

o‘qituvchi yangi materialni tushuntirish va mustahkamlash

texnologiyasini qo‘llaydi. Ya’ni, bu narsa materialni yetarli darajada

o‘zlashtira olmaganlar uchun o‘tkaziladi.

Endi texnologiyaning yana bir turi haqida to‘xtalib o‘tamiz. Bu

tushuntirish metodi bilan tushuntirish va mustahkamlashdir.

Masalan, dars boshida o‘qituvchi 4—5 daqiqa savol-javob qilib,

o‘tgan darsdagi qaysi savollarni qaysi o‘quvchi qay darajada

o‘zlashtirganini aniqlaydi. So‘ngra, o‘qituvchi mavzuni boshqat-

dan tushuntirib o‘tirmay, so‘rash davomida sinf diqqatini aynan

shu savollarga qaratadi. Savolga to‘liq javob qaytargan o‘quvchilar

tinglanadi va sinfdagi barcha o‘quvchilar o‘zlashtirmaganlarini bilib

oladilar.

Bu usul o‘qituvchilarga mashg‘ulotidagi muammolarni aniq-

lab, tezda ularni yechish, ya’ni  o‘quvchilarga yordam berishga im-

kon yaratadi. Bunday texnologiya jarayoni vaqtni tejab, o‘tilgan

materialni so‘rash metodi orqali mustahkamlashga ko‘maklashadi.




112

Ijtimoiy texnologiya muayyan barcha sharoitlarga tezda mos-

lashishi bilan ko‘zga yaqqol tashlanadi.


Yüklə 334,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə