Ii qism VIII bob. Didakòikaning predmeòi va uning vazifalari


HOZIRGI O‘QITISH JARAYONIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR



Yüklə 334,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix05.01.2022
ölçüsü334,38 Kb.
#82601
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
pedagogika

HOZIRGI O‘QITISH JARAYONIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Hozirgi kunning vazifalarini amalga oshirishda o‘qitishning

chuqur ijtimoiy e’tiqodlilik bilan uyg‘un ilmiyligiga qo‘yilayotgan

talablar g‘oyatda muhimdir.

Didaktikada o‘qitishning ilmiyligi nima ekani asosli ravishda

bayon qilinadi. Ma’lumki, maktab ta’limi mazmuniga kirgan bar-

cha bilimlar voqelik qanday bo‘lsa, uni shundayligicha, hech bir

qo‘shimchalarsiz aks ettiradi. Pedagogning vazifasi o‘quvchilarga

ilmiy, haqqoniy bilimlarni asli holicha tushuntirishdan, ularni

bilimlarni mustaqil o‘rganishlarida o‘zlashtirilgan haqiqatlar bor-

liqdagi — inson ongidan tashqari obyektiv mavjud  narsalarga

muvofiqligini kafolatlaydigan yo‘lga solishdan iboratdir. Hatto bola-

lar ta’limning birinchi pog‘onasida olgan juz’iy bilimlar ham ha-

qiqatni buzmasligi kerak.

Ilmiy asosdagi to‘g‘ri o‘qitish natijasida o‘quvchilar ongida

obyektiv olamning haqqoniy manzarasi hosil bo‘ladi.

Pedagogika amaliyotida ba’zan g‘alati voqealar ham uchraydi.

O‘quvchilar qiziquvchanligi sababli o‘qituvchiga savol beradilar

va xuddi ana shu paytda o‘qituvchi asosli javob bera olmaydi, xi-

jolat chekadi. Noto‘g‘ri javob bersam, keyinchalik obro‘yim keta-

di, deb o‘ylaydi. Masalan, birinchi sinf o‘quvchilari o‘qituvchidan

„Kosmos nima?“ — deb so‘raydilar va u sarosimaga tushib qoladi.

Darhaqiqat, buni birinchi sinf o‘quvchilariga qanday tushunti-

rish kerak? O‘qituvchi puxta o‘ylab olib, keyin, chunonchi, er-

tasiga javob berish o‘rniga, shu zahoti „Kosmos bizdan juda uzoq

narsa“, — deb javob qildi. Shunday javobdan keyin o‘quvchilarda

kosmos haqida qandaydir tasavvur hosil bo‘ladimi?

Chinakam ilmiylik doimo ijtimoiy rivojlanish va moddiy olam

qonuniyatlarining obyektivligini o‘z ichiga oladi. Bizning fan di-

alektik falsafa poydevoriga quriladi. U voqelikning sovuqqonlik, lo-

qaydlik bilan yozilgan tavsifi emas, balki moddiy olam haqidagi



100

qarama-qarshi tushunchalarning o‘zaro kurashish maydoni va quro-

lidir. Fanlar — e’tiqodlarni shakllantirishning kuchli omili. Shu-

ning uchun, yoshlarimiz olgan bilimlar ularning e’tiqodiga ayla-

nishi  juda muhimdir.

Mana shu vazifalarni amalga oshirishda o‘quvchilarning ijodiy

qobiliyatlarini rivojlantirish muhim talabdir. Biz faqat ana shunga asos-

lanib, bolalarni mustaqil o‘ylashga o‘rgatishimiz, ularda o‘zlarining

qarashlari va nuqtayi nazari tizimini tarkib toptirishimiz mumkin.

Agar bilimlarni bayon etish, ishning usullarini ko‘rsatish mum-

kin bo‘lsa, ijodiy faoliyatni o‘rgatish uchun o‘quvchilarni xuddi

ana shu faoliyat jarayoniga bevosita jalb etish shart. Mana shu muam-

mo bo‘yicha ayrim mulohazalarni ifodalashga harakat qilamiz.

Avvalo, har qanday ijodkorlik, xususan, o‘quvchilarning ijod-

korligi maxsus tayyorlangan sharoitlarda amalga oshishi mumkin.

Bunda bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar tizimi hal qiluvchi omil

bo‘ladi. Ijodni, ijodkorlikni qanday tushunish kerak? Odatdagi

tushunchaga ko‘ra, ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asar-

larini, yangi mashinalar, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan

iste’dodli odamlarning qismatidir. Lekin ijod buyuk asarlar yara-

tishdangina iborat emas, balki kishining fikr yuritishi, biror tad-

birni o‘ylab topishi, ozgina bo‘lsa-da, qandaydir yangilik yarati-

shi ham ijoddir. Ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki qoida

sifatida qarash lozim.

O‘quvchining ijodini qanday tushunish kerak? Bolalar hech

qanday yangilik yaratmaydi-ku? O‘quvchining ijodkorligi, eng av-

val, uning har qanday faoliyat jarayonidagi: o‘ziga xos usul bilan

masala yechishi, insho yozishi, tajriba ishlari, mehnat darslari va

hokazolardagi mustaqil fikrlashida namoyon bo‘lishi lozim.

O‘quvchining ijodi — uning olgan bilimlarini hayotda ko‘rgan

faktlar va hodisalarga bog‘lay olishi, ularni to‘g‘ri baholab, dastlabki

ma’lumotlarni tahlil va sintez qila bilishidir.

Har qanday ijod borliqni rad etish emas, balki borliqqa to‘laroq

kirib borishdir.

O‘qitishdagi individual yondashish ham ta’lim jarayonining

muhim talabidir. Biz ana shu talabni qanday tushunamiz?

O‘qitishdagi individual yondashish faqat mashq ishlarida emas,

balki o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida: yangi materialni

o‘tishda, mustahkamlashda va takrorlashlarda ham, uy vazifasini

tuzishda va darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ham amalga

oshirilishi zarur. Uni, masalan, yangi material o‘rganilayotganda

qanday amalga oshiriladi? O‘qituvchi materialni tushuntirar ekan,




101

darslikning paragrafi bilan cheklanishi mumkin emas. U ayrim

ma’lumotlarni ancha kuchli o‘quvchilarni nazarda tutib bayon qili-

shi lozim. Bunda bo‘sh o‘quvchilar nima qilishi kerak? O‘qituvchi

ularni hisobga olmagan-ku? Ko‘pchilik tajribali o‘qituvchilar qiyin

mavzularni o‘tishdan oldin ana shunday o‘quvchilar bilan qo‘shimcha

mashg‘ulot uyushtirib, yangi materialni idrok etish uchun ilgari

o‘rganilgan bilimlarni takrorlaydi va yangi materialning qiyin joy-

larini tushuntiradi. Ana shunday qo‘shimcha ish doimiy ravishda

bo‘lmasa-da, o‘qituvchining faoliyatida zarurdir. Chunki o‘qituvchi-

ning kasbiy burchi, eng avvalo, ehtiyojmandlarga yordam berishdir.

Darsda buning uchun har doim imkoniyat bo‘lavermaydi. Mashqlar

vaqtida dastlab butun sinfga qiyinligi bir xil materiallarni berish,

keyingi bosqichlardagina tayyorgarlik mashqlarini tabaqalashtirish

tavsiya etiladi. Bo‘sh o‘quvchilar bilan ishlash darslarda ham,

qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ham amalga oshirilishi kerak. Bu ish-

larda faqat o‘qituvchilar emas, balki mazkur sinfdagi kuchli

o‘quvchilar yoki bo‘sh o‘quvchilarga biriktirilgan yuqori sinf o‘quv-

chilari ham qatnashishi lozim.

Òa’limning demokratik va insonparvarlik tizimiga o‘tish davrida

o‘qitishdagi individual yondashish alohida ahamiyat kasb etadi, bino-

barin, hozirgi kunning talabi o‘quvchi o‘rta maktab dasturini

o‘zlashtirishi uchun ta’limning har bir bosqichida tegishlicha bilimlar

olishiga erishishdan iboratdir. Shaxs doimo shakllanishda bo‘ladi.

Shaxsning shakllanishi sust  kechishi ham mumkin.

Shaxsni har tomonlama kamol toptirish muammosini faqat

maktab emas, balki jamiyatning rivojlanishi ham hal qiladi, albatta.

Jamiyat tobora rivojlanishi bilan shaxs har tomonlama kamol topi-

shi uchun qulay sharoitlar vujudga keladi.

O‘qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirish muammosi

ta’lim nazariyasi va amaliyotida yangi muammo emas. Ammo u hozirgi

paytda ta’lim-tarbiya nazariyasida alohida muhim ahamiyat kasb et-

moqda. Uning chet el pedagogikasi uchun mohiyati, bir tomon-

dan, fan-texnika inqilobi sharoitida malakali kadrlar tayyorlashdan

iborat bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fan, ishlab chiqarishni boshqa-

rish, mafkura, adabiyot va san’at muammolarining yaratilishidan

iboratdir.

Òa’limni tabaqalashtirish muammosi ilmiy-pedagogik asosda

hal qilinsa, o‘qitishni ma’lum darajada individuallashtirishga im-

koniyat paydo bo‘ladi. O‘qitishni individuallashtirish juda mu-

rakkab muammo bo‘lib, ma’lum metodologik va pedagogik yon-

dashishga bog‘liq holda bevosita hal qilinadi.




102

Pedagoglar va psixologlar o‘qitishni individuallashtirish muam-

mosiga shaxsni har tomonlama kamol toptirish, shaxs bilan muayyan

(o‘quvchilar yoki ishlab chiqaruvchilardan iborat) jamoa o‘rtasidagi

munosabatlarni, maktabning insonni tarbiyalashdagi rolini muayyan

tushunish nuqtayi nazaridan yondashadilar. Bunda iste’dod va qo-

biliyatlarning baravar emasligi, ularning xilma-xilligi va individualligi

haqidagi ta’limotga tayanadilar.

O‘qitishning individuallashuvi tarbiyaning ham individuallash-

ganini bildiradi. O‘qitish va tarbiyalash jarayonida shaxsning qobili-

yatlarigina rivojlanib qolmaydi, balki uning fazilatlari ham shaklla-

nadi. Inson esa faqat o‘zining atrofidagi olamga munosabati orqali

shaxsga aylanadi. Jamiyatdan va ijtimoiy munosabatlardan tashqari

individuallik bo‘lmaydi, sinfiy ekspluatatorlik  jamiyatida bunday

munosabat sinfiyligi sababli o‘qitish va tarbiyalashning har qanday

individuallashuvi hukmron mafkuraning tarbiyalanuvchilarga

ta’sirini kuchaytiradi va bu ta’sir yanada noziklashadi, o‘zgaruvchan

va maqsadga muvofiqroq bo‘ladi.

O‘qitishning individuallashuvi ta’limning tashkiliy shakllari va

metodlari, sinflarning to‘laligi, o‘zgarishiga, hatto maktab binola-

rining rejalashtirilishi, potok sinflar, guruhlarning nisbati va har

bir o‘quvchi bilan olib boriladigan ayrim ishlar ham jiddiy

o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

O‘quvchilar o‘zicha hayot kechiradi, ularning tashqi olamga

munosabatini ifodalovchi ma’naviy dunyosi boy va takrorlanmas

bo‘ladi. Ana shu dunyoni, ichki hayotni individual yondashish bi-

langina tushunish mumkin. Individual xususiyatlar, qiziqish va

iste’dodlar hisobga olinmasa, sinf-dars tizimi orqali muntazam

o‘rganiladigan kurslar quruq yodlashga aylanib qolishi ehtimoldan

xoli emas. Har bir kishining iste’dodi ko‘p qirrali bo‘lib, faqat

tashqi   sabablar bilan emas, balki uning o‘z tabiatiga bog‘liq holda

ham tarkib topadi. Inson tashqi ta’sirni o‘z-o‘zidan qabul qilmay-

di, balki unda bolaga ta’lim orqali beriladigan ijtimoiy tajribani

o‘zlashtirish imkonini yaratadigan biologik qobiliyat mavjuddir.

Masalan, musiqachilarga xos nozik eshitish analizatori zarur. Shun-

day analizatorga ega bo‘lgan holda musiqachi bo‘lmaslik mumkin,

ammo mazkur analizatorsiz musiqachilikni o‘rganishning iloji yo‘q.

O‘qitishni individuallashtirish „biologik“ va „ijtimoiy“ xususi-

yatlarni, ya’ni insonda iste’dod bo‘lishi mumkinligini, lekin u

faol ishlar bilan shug‘ullanmasa, iste’dod tashqi ta’sirlar, tashqi

sharoitlar natijasida o‘z-o‘zidan qobiliyatga aylanmasligini yaqqol



103

tushunishni talab qiladi. Òa’lim o‘zining mazmuni va metodikasiga

ko‘ra tashqi ta’sirdir. Lekin u o‘quvchi iste’dodi hisobga olinsagina

kutilgan natijani berishi mumkin.

O‘qitishning individuallashuvi jamoa bilan yanada chuqur bog‘-

lanishiga olib boradi, jamoadagi o‘zining „men“ini namoyish qi-

lishning, shaxsga aylanishning yorqin istiqbollarini vujudga kelti-

radi. Shaxsni ta’sir ko‘rsatishning jamoaviy vositasida tarbiyalash —

unda jamiyatga to‘g‘ri munosabatni tegishli faoliyat bilan qo‘shi-

lishning axloqiy-estetik normalar haqidagi, ularga ongli yonda-

shish  to‘g‘risidagi tushunchalarni tarkib toptirishini bildiradi:

mustaqillik va faollikni, o‘ziga xoslikni rivojlantirish esa ijtimoiy

konstruktiv — ijodiy ishlarda o‘zini yaqqol namoyon etishdir.

„Individuallik“ tushunchasi insonning ijtimoiy mohiyatini

ifodalovchi shaxs, avvalo, ijtimoiy mavjudot sifatidagi insonni

tavsiflaydigan umumiy xususiyatlarni o‘z ichiga olishini ko‘rsatadi.

Umumiy ijobiy xususiyatlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shaxs

shunchalik ahamiyatli bo‘ladi, chunki u ijtimoiy munosabatlarni

eng chuqur aks ettiradi.

„Individuallik“ tushunchasi shaxsning boshqa kishilardan farq-

lanadigan alohida va yagona xususiyatini o‘z ichiga oladiki, bu xu-

susiyat shaxsga jamiyatda o‘ziga xoslik va takrorlanmaslik baxsh etadi,

unda ijtimoiy munosabatlar sharoitida, ya’ni kishi kishini eks-

pluatatsiya qilmaydigan tuzumda jamiyat va shaxs o‘zaro qarama-

qarshi bo‘lmaydi. Har qanday individuallikning betakrorligi jami-

yatdan ajralib qolmaydi, balki jamiyatning uzviy bog‘liqligi uning

manfaatlarini va harakat qonuniyatlarini tushunishdadir.  Jamiya-

tsiz shaxs bo‘lmaydi, individuallik bo‘lmaydi, chunki kamolotning

manbayi jamiyatdadir.

Shaxsning kamol topishida o‘zining kuch-g‘ayrati, bevosita

faoliyati juda katta rol o‘ynaydi.

Bizning tarbiya va ta’lim tizimimiz har bir bolada iste’dod,

faollik, onglilik va ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Avval xususiyatlarni hisobga olib, umumiylikni, keyin umu-

miyni hisobga olib, alohidalikni rivojlantirish kerak.


Yüklə 334,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə