Ii qism VIII bob. Didakòikaning predmeòi va uning vazifalari



Yüklə 334,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix05.01.2022
ölçüsü334,38 Kb.
#82601
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
pedagogika

Savol va topshiriqlar

1. Didaktikani siz qanday tushunasiz?

2. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy kabi mutafak-

kirlar didaktika haqida qanday fikrlar bildirganlar? Gapirib bering.

3. Didaktika kategoriyalari to‘g‘risida o‘z fikringizni bildiring.

4. Hozirgi zamon shaxsini shakllantirishni siz qanday tushunasiz?




95

IX BOB.

O‘QIÒISH JARAYONI

O‘QITISH JARAYONINING MOHIYATI

Har qanday jarayon  harakatdir, moddiy dunyodagi narsalar

yoki hodisalarning asta-sekin o‘zgarishidir. O‘qitish jarayoni ham

yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va axloqiy sifatlarni

shakllantirishga qaratilgan harakatdir. Biz o‘qitish jarayonini qan-

day tushunamiz? O‘qitish jarayoni — o‘qituvchining va u rah-

barlik qiladigan o‘quvchilarning — ularda aqliy qobiliyatlarni

o‘stirish, dialektik dunyoqarash asoslarini tarkib toptirish va ha-

yotga tayyorgarlikni amalga oshirish maqsadida bilim, ko‘nikma va

malakalar tizimini ongli hamda puxta o‘zlashtirishga qaratilgan il-

miy asosdagi ishlarning majmuyidir.

Maktabdagi o‘qitish jarayoni qandaydir tasodifiy va, ayniq-

sa, pedagogning xususiy fikridan kelib chiqadigan narsa emas.

O‘qitish jarayoni 



bilish nazariyasi

 asosida tarkib topadi va jamiyat-

ning rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan talablarni aks

ettiradi. Hozirgi ilg‘or pedagogika inson shaxsini maqsadga mu-

vofiq shakllantirishga tarbiya, o‘zini o‘zi tarbiyalash va ijtimoiy

tajribadan iborat tizim sifatida qaraydi. Òarbiya va o‘zini o‘zi tarbi-

yalash kichik tizimlar o‘rtasidagi bog‘lanish asosida tarbiyala-

nuvchilarning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi tashkil topadi va shu

bilan insonning shaxsi shakllanadi.

O‘quv jarayoni pedagogik jarayonning mag‘zi sifatida tarbi-

ya, o‘zini o‘zi tarbiyalash va ijtimoiy tajribaning birligini o‘zida

mujassamlashtiradi.

O‘quv jarayonidagi tarbiya, asosan, o‘qitish shaklida, o‘zini

o‘zi tarbiyalash va ijtimoiy tajribaning birligi shaklida namoyon

bo‘ladi. Shunga ko‘ra o‘quv jarayoniga ta’lim (pedagogning faoliyati),

o‘qish  (o‘quvchining mustaqil o‘rganish ishi) va ma’lumotning

mazmunini kichik tizimlardan iborat ijtimoiy-pedagogik tizim sifat-

ida qaraladi. O‘qitish o‘quv jarayonining professional tomonini

tashkil qiladi. Inson shaxs sifatida shakllanishining ikki tomonlama

tabiati (tarbiya va o‘zini  o‘zi tarbiyalash), shuningdek, o‘quv jarayo-

nining ichki strukturasi yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va o‘quvchilar o‘quv-

bilish topshiriqlarini mustaqil holda bajarishidan iborat harakat-

dir. Buning yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish jihati muallim o‘quvchiga o‘quv

materiali bo‘yicha o‘rgatadigan narsalar va ular ustida ishlash




96

metodlari bilan izohlanadi. O‘quvchilar ana shu asosda o‘zlarining

ma’lumot mazmunini o‘zlashtirishga doir faoliyatlarini tashkil

qiladilar. Shunday qilib, o‘quv jarayonining mohiyati o‘quvchi

bilish faoliyatining mantiqi bo‘lib, u birinchidan, bilish bizdagi

bilimlarning yagona manbayi bo‘lmish amaliyotni o‘rganishdan

boshlanishi va mavhum fikrlar asosida nazariy umumlashtirish

kerakligidan; ikkinchidan, bilish olingan bilimlarni, nazariy

umumlashtirishlarni insondagi bilimlar haqiqiyligini yagona obyek-

tiv mezonlari sifatida ham xizmat qiladigan amaliyotga taqqoslash

zarurligidan kelib chiqadi. O‘quv jarayoni bilish jarayonini inson

faoliyati sifatida psixologik-pedagogik jihatdan loyihalashga asosla-

nishini va olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llashni, albatta, o‘z

ichiga olishi zarur. O‘quv jarayoni asosida umuman butun jarayonga

taalluqli va barcha o‘quv fanlariga taqaladigan ma’lum talablar

hamda didaktik prinsiðlar mavjud bo‘ladi. Bizning didaktika ana

shulardan eng muhimlari: tarbiyalovchi ta’lim prinsiði, ilmiylik

prinsiði, nazariya bilan amaliyotning bog‘lanishi prinsiðidan ibo-

ratdir. Òa’limning metodlari va tashkiliy shakllari asosida

o‘quvchilarning ongli faolligi, ko‘rsatmalilik, bilimlarni asosli

o‘zlashtirish, o‘ziga xos farqlarni tushunarliligi va hisobga olinishi

prinsiðlari yotadi.

O‘qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati, avvalo, u ta’limning

mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllaridan iborat umumiy di-

daktik prinsiðlarni qanchalik to‘g‘ri amalga oshirishiga bog‘liq. Di-

daktik prinsiðlar ta’limning bevosita bilish nazariyasidan, shuning-

dek, maktabdagi ta’limning maqsadlari va ilmiy mazmunidan,

o‘quvchilar jamoasining yoshi va psixologik xususiyatlaridan kelib

chiqadigan qonuniyatlarni aks ettiradi.

O‘qitish prinsiðlari qandaydir doimiy va o‘zgarmaydigan narsa

emas. Ularning ayrimlari boshqacha sharoitga bog‘liq holda o‘zining

nomini saqlab, yangi mazmun kasb etadi va ba’zilari, masalan,

A. Y. Komenskiy olg‘a surgan „tabiatga muvofiqlik prinsiði“ singari

o‘zining ahamiyatini yo‘qotadi; yana boshqalari esa yangi sharoit-

da jamiyatning o‘qitish jarayoniga qo‘yadigan ma’lum talablarini

to‘laroq aks ettirishi sababli yetakchi prinsiðga aylanadi. Chunon-

chi, hozirgi paytda o‘qitishning tarbiyalovchi va kamol toptiruvchi

prinsiðlari alohida ahamiyat kasb etadi. Òabiiyki, mana shu prinsi-

ðlar o‘qitish jarayoniga o‘zining qandaydir yangiligini qo‘shadi,

uni nimalar bilandir to‘ldiradi. Lekin tarbiyalovchi va kamol

toptiruvchi ta’limga intilish yangilik emas. Uni mamlakatimiz peda-



97

gogikasi tarixida ilk bor Forobiy, Beruniylar asoslab  berishgandi.

Masalan, Beruniyning fikricha, tarbiyalovchi ta’lim ayni paytda

kamol toptiruvchi ta’lim ham hisoblanadi: u kuzatuvchanlik, fikr-

lash, nutq, xotira va xayolning rivojlanishini ta’minlaydi, shu

tariqa insonni hayotdagi mehnatga tayyorlaydi.

Mazkur prinsiðlar yangi bo‘lmasa ham, maktab rivojining

turli bosqichlarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda har xil

yo‘sinda va to‘liq bo‘lmagan hajmda amalga oshgan. Buning ham-

masi jamiyat tomonidan maktab oldiga qo‘yilgan maqsad va vazi-

falarga bog‘liq bo‘lgan.

Hozirgi dasturlar ma’lumotning nazariy saviyasiga talablarni

oshirishga, maktabda o‘qishning dastlabki kunlaridan boshlab

bolalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishga, ularda fanlarning nazariy

asoslariga doir tushunchalarni hosil qilishga, umumlashtirish va

mantiqiy mulohaza yuritish malakalarini shakllantirishga qaratil-

gan. Ularda ham ilgarigi dasturlardagi kabi nazariy bilimlarni

o‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilish bilan

bog‘lashga jiddiy e’tibor berilgan. Shuningdek, ta’limning tarbiya-

lovchilik rolini yanada kuchaytirish nazarda tutilgan. Bu esa ongli

ravishda o‘zlashtirilgan qoidalar, dalillar va nazariyalar o‘quv-

chilarning e’tiqodiga hamda dunyoqarashiga aylanishi kerakligini

bildiradi. O‘quvchilarga faol va muntazam mehnat qilish odatini

yanada ko‘proq singdirish, ularda bilimlarga ishtiyoq uyg‘otish va

bu bilimlarni umumiy foyda uchun qo‘llashga intilishni tarbiya-

lash zarur. Òarbiyalovchi ta’lim o‘quvchilarning ma’naviy-axlo-

qiy me’yorlarni egallashlarini ham ta’minlashi kerak.

Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchilarning aqliy kamol

topishi va to‘g‘ri tarbiyalanishi o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Buning

uchun pedagoglarning ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi ham niho-

yatda zarur. Ma’lumki, o‘qitish jarayoni o‘qituvchining va u rah-

barlik qiladigan o‘quvchilarning izchil faoliyati majmuyidan tashkil

topadi. Bunda o‘quvchilar faoliyatining muvaffaqiyati o‘qituvchi-

ning oqilona rahbarligiga va yo‘naltiruvchi ishlarga bevosita bog‘liq

bo‘ladi. Ana shu ishlar, xalq ta’limi to‘g‘risidagi qonunda maktab

oldiga qo‘yilgan vazifalar mohiyati nimalardan iborat bo‘lishi kerak?

Aslida, hozirgi paytda yetakchilik qilayotgan tarbiyalovchi va kamol

toptiruvchi ta’lim prinsiðlari o‘quv jarayoniga, shu jumladan,

ta’limning asosiy shakli bo‘lmish darsga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi

lozim. O‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan talablar jamiyat rivojla-

nishining turli bosqichlarida ham doim bir xil bo‘lmagan. Bu hol

7 — Pedagogika




98

jamiyat rivojlanishining qonuniyatlaridan va uning eng muhim

vazifasi — yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitishdan kelib chiqqan.

Hozirgi kunning talabi — o‘quv jarayonini o‘quvchilarda faqat

takrorlashga doir fikrlashni emas, balki ijodiy tafakkurni ham

shakllantiradigan yo‘sinda tashkil qilishdir. Psixologlarning

ta’kidlashicha, tafakkur doimo muammo yoki masaladan, ajab-

lanish yoki tushuna olmaslikdan, ziddiyatdan boshlanadi.

Ana shular tufayli ta’limiy muammolar asosida o‘qitishda

muammoli yondashish tushunchasi pedagogika nazariyasi va ama-

liyotiga faol kirib keladi. Bu muammoning mohiyati — o‘quvchilarga

ma’lum bilimlar, ko‘nikma va malakalar bilan tushunish hamda

tushuntirish uchun ilgarigi bilimlar kifoya qilmaydigan yangi dalil-

lar, hodisalar o‘rtasida didaktik ziddiyatdir. Bu ziddiyat ijodiy

o‘zlashtirishga turtki va shu bilan birga, harakatlantiruvchi kuch

hisoblanadi.

Biz o‘qitishdagi muammolilikni o‘quvchilarning o‘quv muam-

mosini anglashi va hal qilishiga qaratilgan bilish faoliyatini tashkil

etish, deb tushunamiz. O‘qitishdagi muammolilikning muhim

belgisi masalani qo‘yishdan ko‘ra muammoli vaziyatni yaratish

ko‘proq zarurligidir. Bunda mazkur vaziyatni hayotiy dalillar va

hodisalar asosida yaratishni nazarda tutish muhimdir. Chunki,

muammoli vaziyat qancha tabiiy shaklga ega bo‘lsa, o‘quvchilarni

faollashtirish va muammoni hal qilishda qatnashishga jalb etish

imkoniyati shuncha keng bo‘ladi. O‘qitishdagi muammolilik

an’anaviy didaktikaning asosiy prinsiðlari va qoidalarini inkor qil-

maydi, balki ularga tayanadi. O‘qitishga muammoli yondashishni

qo‘llashdan maqsad hozirgi o‘qitish jarayonini o‘quvchilarda ijodiy

fikrlashni faol rivojlantirishga yordam beradigan metodlar va us-

ullar bilan to‘ldirishdir.

Umuman aytganda, o‘quv jarayonini takomillashtirishdan

ko‘zlanadigan asosiy maqsad uning sifatini yangi pog‘onaga

ko‘tarishdir. Shunga ko‘ra o‘qituvchining faoliyatida qanday yangi-

lik vujudga kelishi kerak? Avvalo, u materialni shunchaki bayon

etmasligi va o‘quvchilarga tayyor xulosalar hamda umumlashma-

larni aytib bermasligi, balki ularning fikrini o‘rganiladigan obyektga

jalb qilishi, undan muammo topishi yoki imkoni bo‘lsa, o‘quv-

chilarning o‘zlarini mazkur obyektdagi muammoni mustaqil holda

o‘ylashga rag‘batlantirishi, muammoli vaziyatni yaratib ularning

diqqatini safarbar qilishi, tafakkurni faollashtirishi, ta’limdagi

loqaydlikni bartaraf etishi, o‘quvchilarga o‘zlaricha mulohaza yuri-



99

tib, zarur xulosalar va umumlashmalar chiqarishda yordam be-

rishi, ularni kuzatishga, tasavvur qilishga, eslab qolishga, ijod-

korlikka o‘rgatishi, ya’ni u o‘z tarbiyalanuvchilarini olgan bilim-

lari bilan kuzatilgan hayotiy dalillar va hodisalarga taqqoslash,

shu asosda to‘g‘ri xulosalar va umumlashmalar chiqarishga odat-

lantirishi kerak. Mana shularning hammasi ta’lim jarayoniga

zamonaviy mazmun baxsh etadi.




Yüklə 334,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə