Ii qism VIII bob. Didakòikaning predmeòi va uning vazifalari



Yüklə 334,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix05.01.2022
ölçüsü334,38 Kb.
#82601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
pedagogika

ifodalash mumkin

.



89

Faollashtirish vositalari tizimi, ta’limning mazmuni, o‘qitish-

ning shakl va metodlari o‘qitishning asoslangan, maqsadga muvofiq

o‘z-o‘zini boshqaradigan jarayon sifatida tashkil qilishni ta’minlashi

uchun ular quyidagi talablarga 

javob berishi kerak

:

— ta’limning hamma bosqichlarida o‘quvchilarda o‘qitishning



ichki motivlarini qo‘zg‘atish va rivojlantirish;

— o‘quvchilarda o‘z oldilariga muayyan maqsadlarni qo‘yish

va kelgusidagi faoliyatlarini rejalashtirishga rag‘batlantirish mexa-

nizmini takomillashtirish;

— o‘quvchilarda axborotlarni qayta ishlashga doir ta’limiy va

aqliy ko‘nikmalarning shakllanishini ta’minlash;

— o‘quvchilarning o‘quv-bilish maqsadlariga erishish uchun

jismoniy va axloqiy, irodaviy kuchlarini oshirish;

— ta’lim jarayonida nazorat va o‘z-o‘zini boshqarish orqali

o‘quvchilarning o‘z o‘quv-bilish faoliyatini baholashini ta’minlash.

Shu qoidalarga rioya qilinsa, ta’lim samaradorligi yanada ortadi.

Òa’lim jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy darajasi va madaniyati,

uning siyosiy va mafkuraviy strukturasi mazmunini belgilaydigan

masalalarni hal qiladi. Shuning uchun oiladagi yoki jamoadagi,

maktabdagi, ishlab chiqarishdagi maqsadga muvofiq yoki tasodifiy

tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy bo‘ladi, chunki har qanday

tarbiya ijtimoiy munosabatlarning subyekti hisoblanadi.

Inson tug‘ilgan paytidan boshlab u yoki bu ijtimoiy guruhga

mansub bo‘lib, mehnat aloqalarining ma’lum tizimida tegishli

yuridik huquqlardan foydalanadi. Jamiyatdagi o‘zaro munosabatlar

majmuyining mazmuni va xarakteri shaxs kamol topishining

umumiy yo‘nalishini hal qiluvchi yo‘sinda belgilaydi. Ota-onalar

va pedagoglar tarbiya metodlarida o‘ziga xos o‘rin tutsalar ham,

ularning maqsadlarini, istaklarini va intilishlarini pirovard natijada

jamiyat belgilaydi, uning u yoki bu ijtimoiy guruhlari, hayotning

umumiy sharoitlari, uning manfaatlari va ideallari belgilaydi.

„Ijtimoiy tarbiya“ iborasidan ancha tor ma’noda shaxsga ta’sir

ko‘rsatishning maxsus tuzilgan ijtimoiy institutlarda amalga

oshiriladigan, oiladagi va yaqin atrof-muhitdagi tarbiyadan farqli

jarayonni ifodalash uchun foydalaniladi.

Òa’lim va tarbiya tushunchasining qaysi biri kengroq ma’noga

ega ekanligi xususidagi bahs samarasizdir, chunki hamma gap

ularning qaysi maqsadda qo‘llanishidadir. Adabiyotlarda ko‘p

uchraydigan „ta’lim“ va „tarbiya“ so‘zlarini pedagogik  jarayonning

qarama-qarshi tomonlarini ifodalash uchun qo‘llanishi unchalik



90

to‘g‘ri emas. Binobarin, ta’lim bilim berishning maqsadga muvofiq

jarayoni sifatida doimo muayyan shaxslarni tarbiyalashni o‘z ichiga

oladi. Òarbiyaning yo‘nalishi esa, hatto, ta’limning mazmuni va

saviyasi bilan rasman bir xil bo‘lsa ham prinsið jihatdan turlicha

— insonparvar -demokratik yoki totalitar bo‘lishi mumkin. Òa’lim-

tarbiya muassasalarida amalga oshiriladigan chuqur pedagogik

jarayon sifatidagi tarbiya haqida gapirish uning faqat bir tomonini

— kasbiy jihatini ko‘rsatishni bildiradi.

Òarbiya hamma vaqt xalq orasidagi hodisa, ijtimoiy hayotning

doimiy kategoriyasi hisoblangan. Òarbiyaning ijtimoiy tabiatini

anglash davlat va xalq tarbiyasi, jamiyat va shaxs tarbiyasi o‘rtasidagi

maqsadga muvofiq va tasodifiy tarbiya o‘rtasidagi tafovutni, tar-

biyaviy ta’sir obyektining g‘oyat murakkab tugunini bilish imko-

nini beradi.

Òarbiya shaxsni maqsadga muvofiq yo‘sinda shakllantirish, unda

fazilatlarni tarkib toptirish jarayonidir. Òarbiya tarbiyani amalga

oshiruvchilar kutadigan natija mavjudligini talab qiladi. U ikki

turdagi faoliyatni, ya’ni shakllanuvchi va shakllantiruvchi faoliyatni

bajaruvchilar tarbiyaning tashkilotchilari, shakllanuvchi faoliyatni

bajaruvchilar esa tarbiyaning yolg‘iz yoki jamoaviy obyektlari

hisoblanadi.

Òarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari uning ikki tomoni —

obyektiv va subyektiv jihatlari mavjudligidir. Uning shakllantiruvchi

faoliyatlarini bajaruvchilar o‘zlari xohlasa-xohlamasa tarbiyaning

obyekti ekanligida ko‘rinadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, obyektiv

shakllanuvchi va shakllantiruvchi faoliyatlar hamda ularning

elementlari o‘rtasida, shuningdek, har bir faoliyatning elementlari

o‘rtasida ichki obyektiv bog‘lanish va munosabatlar mavjudligida

namoyon bo‘ladi.

Shakllantiruvchi va shakllanuvchi faoliyatning subyektiv tomo-

ni u yoki bu faoliyatni bajaruvchilar —subyektlar hisoblanadi va

tarbiyaning natijalari ularning ichki holatiga, egallagan shaxsiy

xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlari hamda qobiliyatlariga bog‘liq

bo‘ladi.

Òarbiya ba’zan to‘plangan bilimlarni, faoliyat tajribalarini yosh

avlodga berishning yo‘li sifatida, ba’zan erishilgan ma’naviy

madaniyatni qayta tiklash va rivojlantirishning omili sifatida va ba’zan

ijtimoiy munosabatlarning alohida shakli sifatida ta’riflanadi.

Òarbiyaning maqsadi uning ko‘zlangan natijasidir. U jamiyat

rivojlanishining ehtiyojlarini o‘zida aks ettiradi va jamoatchilik hamda



91

davlat hujjatlarida ifodalanadi, pedagogik ta’limotlar va nazariyalarda

muayyanlashtiriladi hamda batafsil yoritiladi. Sinfiy jamiyatda

tarbiyaning maqsadi hukmron sinflar tomonidan belgilanadi va

bayon qilinadi. Masalan, quldorlik davrida —tarbiyaning maqsadi

qullarni bo‘ysundirish va bostirib turishga layoqatli jangchilar hamda

lashkarboshilarni; feodalizm davrida feodal ritsarlar; burjuaziya

davrida ishbilarmonlar va biznesmenlarni tayyorlashdan iborat

bo‘lgan.

Òarbiyaning maqsadi — shaxsni har tomonlama va uyg‘un

kamol toptirish, uning ma’naviy, axloqiy-estetik qadriyatlarini

shakllantirish, yuksak darajada uyushgan va shakllangan jamoalarni

vujudga keltirishdir. Òarbiyaning maqsadlarini oxirgi va oraliq,

umumiy va muayyan, asosiy va yo‘l-yo‘lakay maqsadlarga tasniflash

mumkin. Maqsad bilan bir qatorda, hal qilinishi maqsadga

erishishni ta’minlaydigan vazifalar ham turadi. Masalan, tarbiya-

ning umumiy maqsadini ro‘yobga chiqarish, ya’ni shaxsni har

tomonlama kamol toptirish uchun 




Yüklə 334,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə