Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


Forum o`zi nima? U–ochiq tarzda munozara va bahs o`tkazish vositasi



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə95/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

Forum o`zi nima? U–ochiq tarzda munozara va bahs o`tkazish vositasi.
Forum tushunchasi. Internet tarmog’ida forumlar veb-sayt ko’rinishida bo’ladi va Veb-forum deb ataladi. Veb-forum - veb-sayt tashrif buyuruvchilarining o’zaro muloqotini tashkil etish uchun mo’ljallangan veb sayt sahifalari va uskunalari majmui. Qisqacha aytganda, forum bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o’rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum veb saytiga tashrif buyurib, o’zini qiziqtirgan mavzuni o’rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin.
Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo’lib, bu muloqotda ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Bunda biror bir mavzu tanlanadi va u muhokamaga qo’yiladi. Qatnashuvchilar muzokara bilan tanishib o’z fikrlarini jo’natishlari mumkin. Bu usulda siz muhokamada qatnashayotganlarni ko’rmaysiz, faqatgina ularning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Forumda turli - tuman mavzular muhokama qilinadi. Bunda siz biror mavzuni tanlab, ularning muhokamasida ishtirok etishingiz mumkin.
Milliy va xalqaro internet forumlari. Internet forumlari alohida yo’nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlarga meditsina, dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda, kompyuter o’yinlari va transport vositalariga bag’ishlangan forumlar misol bo’ladi. Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mo’ljallangan sohaga oid mavzular muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa ixtiyoriy mavzuni o’rtaga tashlash mumkin.
Halqaro forumlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

  • Medicinform.Ru forumi – ushbu forum orqali tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan bo’lib, kasalliklar va ularni davolash, dori vositalar va ularni to’g’ri qo’llash hamda tibbiyot bo’yicha yuridik maslahat olish mumkin.

  • Progz.ru forumi – ushbu forum dasturlash texnologiyalaridan foydalanish, kompyuter dasturiy vositalarini ishlab chiqish va dasturlash bilan bog’liq yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishga mo’ljallangan.


  • Yüklə 2,09 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə