Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi


Mustahkamlash uchun mashqlar!



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə92/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

Mustahkamlash uchun mashqlar!
1-mashq: Quyidagi savollarga javob bering! 1. Har kuni necha soat vaqtingizni axborot olishga sarflaysiz? 2. YAngiliklarni qaerdan yoki qaysi manbalardan olasiz? 3. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifangizga egamisiz? 4. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda qanday kontentni e’lon qilib borasiz? 5. Manipulyasiya usullarini sanab bering! 6. Media manipulyasiyadan himoyalanish uchun qanday choralarni ko‘rish kerak, deb o‘ylaysiz?
Mustahkamlash uchun mashqlar!
1-mashq: Quyidagi savollarga javob bering! 1. Har kuni necha soat vaqtingizni axborot olishga sarflaysiz? 2. YAngiliklarni qaerdan yoki qaysi manbalardan olasiz? 3. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifangizga egamisiz? 4. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda qanday kontentni e’lon qilib borasiz? 5. Manipulyasiya usullarini sanab bering! 6. Media manipulyasiyadan himoyalanish uchun qanday choralarni ko‘rish kerak, deb o‘ylaysiz?
15- MAVZU: MEDIA MAYDON VA INTERNET IMKONIYATLARI.
Reja:

  1. Hozirgi kunda axborot texnalogiyalarining taraqqiyoti.

  2. Ijtimoiy tarmoqlar. Forumlar. Blogerlar. Vikilar.

  3. Raqamli gigiena – vaksina, Netiket qoidalari – raqamli olam tartib-qoidalar.

Bugungi kunda nafaqat oddiy kompyuterlar va smartfonlar, balki ulangan zamonaviy televizorlar ham mavjud. Internet foydalanuvchilarga (ularning shaxsiy xohishlariga ko’ra) ommaviy axborot vositalari matnlarini individual tanlash imkoniyatini beradi. An’anaviy ommaviy axborot vositalari (matbuot, televideniye, radio) yildan-yilga o’z ta’sirini yo’qotib, yangi OAV, aksincha, zamonaviy media makonda o’z o’rni va ko’lamini yanada kengaytirib bormoqda. Masalan, “Mediascope” ma’lumotlariga ko’ra, 2019 yilda Rossiyada Internet birinchi marta kundalik yoritish bo’yicha televizordan o’zib ketdi: yirik shaharlar aholisining taxminan 75 foizi har kuni onlayn va 70,4% televizor tomosha qilgan.1


SHuni ta’kidlash kerakki, media-manipulyatorlar ushbu interaktiv xususiyatlardan ongli ravishda foydalanadilar. Ammo “eski ommaviy axborot vositalari” davrida bu manipulyatsiyalar davlat va biznesdan kelib chiqqan tuzilmalar tomonidan amalga oshirilgan bo’lsa, bugungi kunda ilgari manipulyatsiya qilingan auditoriyaning o’z ya’ni oddiy o’quvchilar, tomoshabinlar va tinglovchilar astasekin media kontentlarning to’liq huquqli yaratuvchisi va tarqatuvchilariga, shu jumladan manipulyatorga aylani bormoqda. 1980-yillarda gazetalar (ayrimlari yuzlab xodimlardan iborat) tirajlari 2-3 millionga yetganidan faxrlanardi, ammo bugungi kunda mashhur bloggerning o’n million auditoriyasi borligi endi ajablanarli emas.
Ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlar dastlab siyosiy yoki manipulyatsiya vositasi sifatida o’ylab topilmagan: ular do’stlar va o’rtasidagi muloqot uchun erkin va demokratik makonga aylanishi kerak edi. Qarindoshlari, boshqa obunachilar bilan kitoblar, filmlar, musiqa, sayohatlar, taomlar haqidagi taassurotlari bilan o’rtoqlashdigan, retseptlar, fotosuratlar, video va postlar e’lon qiladigan platformaga aylanishi ko’zlangan edi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlar bilan (ularning keng foydalanuvchilarni qiziqishlari bo’yicha segmentatsiya qilish imkoniyatlari) darhol ko’p millionli auditoriyaga ega bo’ldi va biznes manfaatlari sohasiga kirdi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar tobora ko’payib bormoqda, axborotni, shu jumladan yolg’onni targ’ib qilishning tez va nisbatan arzon usuli sifatida ishlatiladigan bo’ldi. Natijada, ijtimoiy tarmoqlar turli xil siyosiy va reklama xususiyatiga ega bo’lgan soxta ma’lumotlar manbalariga aylanib bormoqda.
Axborot asrida zamonaviy texnologiyalar hayotimizga tobora koʻproq kirib boryapti. Bugun hatto bogʻcha tarbiyalanuvchisi ham mobil telefondan, undagi ilovalar va internetdan foydalanishni oʻrganib olyapti. Kattayu kichik orasida internetdan foydalanuvchilar, vaqtini koʻproq u bilan oʻtkazuvchilar ortyapti. Kelajak hayotni internet va hali kashf etilmagan yuqori texnologiyalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Toʻgʻri, ular ijobiy va salbiy xususiyatlarga ega. Biroq yuksak texnolgiyalardan unumli foydalanmaslik yoki yoshlarga olaboʻji qilib koʻrsatish faqat va faqat zarar keltiradi, xolos.
Yuqoridagi fikrlar ijtimoiy tarmoqlarga ham tegishli. Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ham oltin qoidaga – meʼyorni unutmaslik shartiga amal qilish zarur. Keling, ularning ijobiy jihatlari haqida mushohada yuritamiz.


  1. Yüklə 2,09 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə