Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə91/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

Trolling (cyber trolls) – Internet-trol yoki onlayn bezorilik, Facebook postlarida, bloglarida, YouTube videolari ostida, forumlarda va Twitter va Instagram kabi boshqa ijtimoiy tarmoqlarda haqoratomuz izohlar qo‘yish orqali odamlarni ataylab xafa qilishga, muammo tug‘dirishga yoki bevosita hujum qilishga urinish. 3. Xeyting (hate) – “Nafrat nutqi” ijtimoiy tinchlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan irqi, dini yoki jinsi kabi o‘ziga xos xususiyatlarga asoslangan guruh yoki shaxsga qaratilgan haqoratli nutqni anglatadi. Manipulyasiyaning bu kabi juda o‘tkir va ta’sirli usullaridan himoyalanishda media va axborot savodxonligi juda zarur hisoblanadi. SHuningdek, quyidagi vizual axborotda keltirilgan tavsiyalar orqali ham media iste’molchilar o‘zlarini manipulyasiyadan himoya qilishlari va uning ta’siriga tushib qolishdan saqlanishlari mumkin.
Kibernetik ludomaniya” Hozirgi kunda texnik taraqqiyotlar kun sayin o’zgarib bormoqda. Hattoinki uyali telefonlar yoshi keksalarimizda bo’lishligi ajablanadigan holat bo’lmay qoldi. Biz va farzandlarimiz ham zamonamiz taraqqiyotlariga hamnafas bo’lib bormoqdamiz. Zamonaviy taraqqiyotlardan biri imkoniyatlari keng bo’lgan internetdan barcha foydalanmoqda. Ammo biz musulmonlar har bir berilgan ne’matlardan Xudoi taologa gunohkor bo’lmaydigan darajada foylanishimiz zarur. Chunki faqat halol narsalargina inson hayoti uchun foydali, aksi esa zarar.
Har qadamda internet kafe yoki kompyuter klubi. O’ziga to’qroq oilalar esa farzandlariga kompyuter sovga qilishyapti. Achinarli tomoni esa ushbu zamonaviy texnika yutug’ini bolalarimiz o’yin o’ynaydigan yoki kino ko’radigan vosita sifatida qabul qilishadi. Istalgan kompyuterxonaga kiring, hali maktabga bormaydigan mittivoylardan tortib, darsdan qochgan «quyon»largacha berilib o’yin o’ynashayotgan bo’lishadi. Dunyoqarashlarining kengayishi hamda ilm saviyasining ko’tarilishiga sababchi bo’ladigan kitob o’qish qayda qoldi.
Yaqin o’n yil ichida tibbiyot xodimlari dunyoda yangi bir kasallik paydo bo’lganini aniqlashdi. Ludomaniya – xuddi piromaniya kabi ruhiy kasallikdir. “Kibernetik ludomaniya” tushunchasi jahon meditsina amaliyotiga rasman kiritilgan kasallik nomi. Kiberludomaniya – kompyuter o’yinbozligi. Kompyuter o’yinlariga haddan ortiq bog’lanib qolishning asoratlari yoshlarning hayot tarzida, jismoniy va ma’naviy sog’lig’ida namoyon bo’ladi. 
“Ota-onalar bolalarini televizorda beriladigan yomon narsalardan chalg’itish uchun ularga Game Boy o’yin moslamasini olib berishadi. Bizningcha bog’lanish ana shundan boshlanadi. Kiberludomaniya hatto 8 yoshli bolalarda ham kuzatilmoqda”,-deydi Gollandiya kiberludomaniyadan davolovchi kasalxona bosh vrachi Kit Bekker.
Bekker gospitaliga tushgan kasallaridan biri – 28 yoshli Xan van der Xeyden: “Men 8 yoshimdan video o’yinlariga bog’lanib qolganman. Bir kunda 14 soatgacha o’ynardim. O’zimni tutib turish uchun narkotik iste’mol qilardim”, degan.
Ma’lumotlarga qaraganda, eng “geymerlashgan” mamlakatlardan biri – Koreyada har yili o’yinbozlikdan 7 kishi halok bo’layotir. 38 yoshli bir kishi o’n kun uzluksiz o’ynagan. Faqat uxlab olishga tanaffus qilgan, xolos. Shifokorlar uni yuragi yorilib... o’lgan holda topishgan.
Yekaterinburglik bir o’smir 12 soatlik uzluksiz o’yindan keyin miya insultidan vafot qilgan. “Bolalarda miyaning bunday jarohatlanishi kamdan kam uchraydi. O’yin paytidagi uzluksiz ruhiy zo’riqishdan bola miyasining qon bilan ta’minlanishi buzilgan. Boshi aylangan. Biroq, jazavaga tushgan o’smir o’zini o’yindan to’xtata olmagan. U o’zining o’layotganini bilib tursa ham o’yinni to’xtatmagan. Zo’riqishdan miya tomirlari yorilib ketgan. Miyaga qon kelmay qolgan. O’smir o’layotib ham o’ynayvergani kishini hayratlantiradi, - degan yekaterinburg bolalar kasalxonasining narkologiya bo’limi mudiri Aleksey Sulimov. O’rni kelganida kompyuter o’yinlarining yana bir zarari haqida to’xtalib o’tsak. Internet kafelariga yoki pleysteyshn klublariga borsangiz bolalar o’ynayotgan o’yinlarga bir nazar solib ko’ring, dahshatning o’zginasi. O’yinlarning aksariyat qismi jangovar ruhda bo’lib, maqsad raqibni qirish. Tish-tirnog’igacha qurollanib, hujum uyushtirish va dushmanning qizil qoni har tomonga sachrashi bolalarga olam-olam zavq bag’ishlayapti. Ruhshunoslarning fikri, bunday o’yinlar bola ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, uni asabiy va tajovuzkor qilib qo’yar ekan. Zararli va ta’qiqlangan o’yinlar deganda hayosiz, avrati ochiq ayol-qizlar yoki oshiq-ma’shuqlar ishtirok etadigan, o’pishadigan, xochni ulug’laydigan, sehrgarlarni zo’r qilib ko’rsatadigan, musulmonlarga qarshi urushadigan o’yinlar nazarda tutiladi. Qimorbozlik, berahmlik, qotillik va bosqinchilikni targ’ib qiladigan o’yinlar esa yoshlar ongida salbiy asoratlar qoldiradi. Bunday yolg’on to’qimalar bolalarning tasavvurini chulg’ab oladi va o’zidagi bor qobiliyatni rivojlantirishdan chalg’itadi.
O’zimizning milliy o’yinlarimiz bolalarimizning fe’l-atvori, jismoniy va ma’naviy shakllanishi uchun “mashq maydoni” vazifasini bajargan. Farzandlarimiz do’stlik, mardlik, qiynalib bo’lsa-da g’alabaga erishishning ilk nashidalarini tuyishgan.
Yoshlarimiz ham ma’nan, ham jismonan sog’lom bo’lsa, kelajagimiz baxtli va porloq bo’ladi.
Ko’pgina mutaxassislar kiberterrorizmning xavfi haqida bot-bot gapirishsada, terroristlar tomonidan internetdan beriladigan ma’lumotlarini nazardan chetda qoldirar ekanlar. Yoshlarimizni, jamiyatimizni kiberterrorizm va Internetdagi terroristik harakatlardan himoya qilish bilan birga, qator antiterroristik harakatlar majmuini ishlab chiqish talab etilmoqda. Bugungi yoshlarning 90% asosiy axborot manbai sifatida internetga murojaat qilishadi. Lekin ularda axborot immuniteti shakllanishi sust bo’lganligi sababli, mish-mishlar dunyosi bo’lmish “Internet” yoshlarimiz ma’naviyatiga salbiy ta’sir etmoqda.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, mediato’yingan jamiyatning har bir a’zosi yoshi, jinsi, kasb-kori va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar mediaga nisbatan tanqidiy fikrlash ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim. Mazkur ko’nikma insonlarni nafaqat zararli axborotlardan balki ortiqcha axborotlardan ham himoya qiladi. Chunki ortiqcha axborot ham bir kun kelib zararli axborotga aylanishi mumkin.


Mavzu bo’yicha topshiriq
1. O’zbekiston mediamahsulotlarida yosh yigit va qizlarning qanday timsollari aks ettirilgan?
Ularga jamiyatda demokratiya qadriyatlarining rivojlanishi nuqtai nazaridan baho bering. Ularni ijobiy va salbiy guruhlarga ajrating.
Baho berish bilan birga salbiy stereotip va ko’rsatmalarni bartaraf etish yuzasidan qarashlaringizni bayon eting.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə