Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,09 Mb.
səhifə90/108
tarix11.12.2023
ölçüsü2,09 Mb.
#145517
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   108
Media savodxnlik MAJMUA 4.09.2023

Tanqidiy fikrlash - qabul qilinayotgan yoki mavjud axborotlar, qarashlar, farazlarga tanqidiy va tahliliy yondashish. Mantiqiy analiz qilib ko’rish. Subektiv va xolis axborotlarni ajratish. Fakt va fikrlarni farqlay olish.
Shu o’rinda tanqidiy fikrlash deganda negativ fikrlash nazarda tutilmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Mazkur ko’nikmani yosh media iste’molchilarda to’g’ri va mukammal shakllantirish orqali quyidagi muammolarni bartaraf etishga erishish mumkin.

  • Axborot olamida aldanib qolish yoki o’zi bilmagan holda boshqalar tomonidan boshqarilishning oldini olishda;

  • Cheksiz axborotning qaysi biri yolg’on, qaysi esa rost, qaysi biri nayrang, qaysi biri esa samimiy ekanini ajratish borasida to’g’ri

fikr yurita olmaslikda;

  • Turli salbiy birlashmalar va guruhlar tuzog’iga tushib qolishda.

Media iste’molida tanqidiy fikrlashni qo’llashning 5W+H metodikasi quyidagi savollarni berish orqali axborotlarni tahlil qilish, baholash, saralash va foydalanishda to’g’ri yo’ldan borishga yordam beradi:

  1. Kim?

  2. Nima?

  3. Qachon?

  4. Qayerda?

  5. Qanday qilib?

  6. Nima uchun?

Yuqoridagi savollar nuqtai nazaridan har bir media mahsulotga yondashish iste’molchiga axborotning ichiga chuqurroq kirish, uning ostida yashiringan g’oyalarni anglash va axborotning zarurlik darajasini baholash imkoniyatini beradi.
3. Zo`ravonlik, faxsh va shafqatsizlikka undovchi o`yinlar.. Kiberhujum (cyberbulling) - raqamli texnologiyalardan foydalangan holda zo‘ravonlikni amalga oshirish usuli. Bu ijtimoiy tarmoqlarda, xabar almashish platformalarida, o‘yin platformalarida va mobil telefonlarda bo‘lishi mumkin. Bu nishonga olinganlarni qo‘rqitish, g‘azablantirish yoki sharmanda qilishga qaratilgan takroriy xattiharakatlardir. Masalan: – ijtimoiy tarmoqlarda kimningdir sharmandali fotosuratlari yoki videolari haqida yolg‘on tarqatish yoki joylashtirish; – xabar almashish platformalari orqali xafa, haqoratli yoki tahdidli xabarlar, tasvirlar yoki videolarni yuborish” – kimgadir taqlid qilish va ularning nomidan yoki soxta akkauntlar orqali boshqalarga yomon xabarlar yuborish.

Yüklə 2,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə