Ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 93,97 Kb.
səhifə11/14
tarix22.06.2022
ölçüsü93,97 Kb.
#89941
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kurs ishi

3.2. Qonunchilik funksiyasining mohiyati
Qonunchilik funksiyasining mohiyati shundaki, bunda davlat (hukmron sinf, demokratiya sharoitida – butun xalq) o‘z irodasiga rasmiy majburiy siyosiy tus beradi. Ayni paytda uning mohiyati, butun siyosiy xarakteriga qaramasdan, voqelikni, ijtimoiy munosabatlar mazmunini nazariy anglashdan (hech bo‘lmaganda, shunday bilish taqozosidan) iborat. “Qonunchilik funksiyasi”, – irodaning amali emas, balki uning “nazariy energiyasi bo‘lishlikdir. Bu yerda iroda o‘zini qonun o‘rniga o‘tkazmaydi: uning roli aynan haqiqiy qonunni (obyektiv taraqqiyot qonunini – X.O.) ochish va ifoda etishdan iboratdir. Qonun chiqaruvchi qonunlarni kashf etmaydi, balki ularni shakllantiradi, u faqat anglangan ijobiy qonunlarda ma’naviy munosabatlarning ichki qonunlarini ifoda etadi”.13 Demak, hayotning, taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlari birlamchidir, qonun esa, ularni yuridik shakl sifatida qayd etadi. Qonun yaratishning mohiyati mana shundadir.
Davlat hokimiyati yuridik qonunlarsiz o‘z amalini topolmaydi. Shu sabab- li davlat ijobiy qonunchilik yuritadimi yoki sifatsizmi, bundan qat’i nazar, maz kur faoliyatni albatta amalga oshiradi. Bu faoliyat bo‘lmasa, hech bir masala siyosiy ahamiyatlilik darajasiga ko‘tarila olmaydi. Zero, fuqarolik jamiyatining hamma ehtiyojlari ham qonun tariqasida umumiy e’tirofga sazovor bo‘lish uchun muqarrar ravishda davlat irodasi orqali o‘tadi.14 Buning sababi shuki, faqat qonunlargina obyektiv zarur bo‘lgan huquqning eng muhim xususiyatlarini imkon qadar ko‘proq va zamonaviy darajada o‘zida ifoda etib, uni davlat himoyasiga qo‘yishi mumkin.
Davlat hokimiyatining xalq irodasiga va iqtisodiy ehtiyojlarga mos yuridik qonunlari jamiyatda mujassam huquq sifatida gavdalanadi. Bunday vaziyat faqat demokratiya sharoitida bo‘lishi mumkin. Aslini olganda, yuridik qonunlar qonun chiqaruvchi idora tomonidan qayd etilgan va shu idora tomonidan ochilgan muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlar mavjudligining obyektiv qonunidan boshqa narsa emas.
Shunday qilib, huquq ijodkorligining ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarining yuqori saviyada muntazam bajarib turilishi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish samaradorligining oshishini, qonunchilik tizimining izchil tarzda takomillashuvini ta’minlaydi.

Yüklə 93,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə