Ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 93,97 Kb.
səhifə13/14
tarix22.06.2022
ölçüsü93,97 Kb.
#89941
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kurs ishi

Normativ-huquqiy hujjatlarning hudud va makon bo‘yicha amal qilishi.
Davlat suvereniteti tamoyiliga binoan normativ-huquqiy hujjatlar davlatning butun hududida amalda bo‘ladi. Davlat hududiga quyidagilar kiradi – yer maydoni, yer osti, ichki va hududiy suvlar, yer va suv hududi ustidagi havo makoni, elchixonalarning, harbiy kemalar, parvoz etuvchi kemalar (apparatlar) hamda ochiq dengizda suzuvchi kemalarning hududlari. Normativ hujjatlar amal qilishining hududiy ko‘lami davlat yurisdiksiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Ba’zan xorijiy mamlakat qonunchiligi muayyan davlat hududida amal qilishi mumkin. Biroq, buning uchun bu ikki davlat o‘rtasida ular qonunchilik hujjatlarining o‘zaro bir-birining hududida amal qilishi haqida shartnoma bo‘lishi shart.
Xalqaro shartnomalar normativ hujjatlarning eksterritorial harakatini ham nazarda tutishi mumkin. Ya’ni, bir davlatning qonunlari o‘z hududidan tashqarida ham amal qiladi (bir davlat qonunlarining boshqa davlat hududida bo‘lgan o‘z fuqarolari va tashkilotlariga nisbatan qo‘llanilishi). Federativ davlatlarda federal qonunlar butun ittifoq hududida, federatsiya subyektlarining qonunlari esa, ularning o‘z hududlaridagina amal qiladi.
Ko‘pchilik davlatlarning qonunchiligida kollizion normalar mavjud. Bular nizoli vaziyat vujudga kelganda qo‘llaniladi. Masalan, teng kuchli huquqiy hujjatlar to‘qnashib qolganda, shuningdek turli davrda chiqarilgan hujjatlar yoki har xil hajmdagi hujjatlar yoxud turli organlar tomonidan o‘rnatilgan hujjatlar o‘zaro zid kelib qolganda kollizion normalar ishga solinadi. Davlatning turli ma’muriy-hududiy birliklari uchun chiqarilgan hujjatlar o‘rtasida ham o‘zaro qarama-qarshilik kelib chiqishi mumkin. Aksariyat hollarda bunday nizolar sud orqali hal etiladi.
Normativ hujjatlarning shaxslarga nisbatan amal qilishi. Huquqiy qoidalarning vazifasi ular tatbiq etilishi lozim bo‘lgan munosabatlarni, tashkilotlarni va kishilar doirasini aniqlab berishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa huquqiy hujjatlari mamlakatning barcha fuqarolariga, davlat organlariga, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarga nisbatan amal qiladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ hujjatlari mamlakatda yashovchi, vaqtincha kelib-ketuvchi ajnabiy fuqarolarga ham tatbiq etiladi. Tartibga solinishi lozim bo‘lgan munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan tuziladigan shartnomalarning mazmuniga qarab, yuqorida ko‘rsatilgan umumiy qoidalardan ayrim istisnolar mavjud. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida yashaydigan chet el fuqarosi sudga majburiy tartibda ko‘rsatma berish uchun keltirilgan bo‘lib, u diplomatik immunitet (daxlsizlik) huquqidan foydalanadigan bo‘lsa, bunday shaxs ning xatti-harakatlari diplomatik vositalar bilan hal qilinadi. O‘zbekistonning ayrim qonunchilik normalari xorijiy davlat fuqarolariga qo‘llanilmaydi. Masalan, ularning mamlakatimizda saylov huquqiga ega emaslar; Qurolli kuchlar safida xizmat qilishi va huquqni muhofaza etuvchi davlat organlarida ishlashi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari mamlakatimizning chet davlatlarda turgan (doimiy ishlovchi, sayyoh, xizmat safarida bo‘lgan) fuqarolariga nisbatan ham qo‘llaniladi. Masalan, chet elda jinoyat sodir etgan O‘zbekiston fuqarosi xorijiy qonunchilikka ko‘ra javobgar bo‘lishidan tashqari, O‘zbekiston Jinoyat kodeksi bilan ham javobgarlikka tortiladi.
Ayni vaqtda ta’kidlash lozimki, diplomatik immunitet (daxlsizlik) huquqiga ega bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari ta’siriga tushmaydilar. Bular elchilar, diplomatik vakolatxonalarning rahbarlari va xodimlari, ularning oila a’zolari, xalqaro delegatsiyalarning ishtirokchilaridir. Ularning holati xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadi.


Xulosa
Mamlakatimizda davlat va huquq nazariyasi bo‘yicha oxirgi fundamental ilmiy loyihalar, darsliklar chop etilmaganligiga ko‘p vaqt bo‘ldi. Shu davr mobaynida jamiyatimiz hayotida qator tub islohiy o‘zgarishlar, demokratik yangilanishlar yuz berdi. Yangi darslikni, yangi ilmiy loyihalarni tayyorlash va nashr etishni taqozo qilayotgan bir qancha obyektiv sabab va omillar mavjud.
Birinchidan, hozir yuridik oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan Davlat va huquq nazariyasi darsliklarida parlamentimiz palatalarining qo‘shma majlisida ma’qullangan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlanti rish konsepsiyasi»da ifoda etilgan g‘oya va tamoyillar o‘z aksini topmagan.
Ikkinchidan, Konstitutsiyamizga davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishga oid o‘ndan ziyod o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Uchinchidan, qonunchilik tizimi va qonun ijodkorlik faoliyati jo‘shqin rivojlanmoqda. So‘nggi yillarda yuzdan ortiq yangi qonunlar qabul qilindi, amaldagi qonunlar davr ruhiga mos tarzda takomillashtirildi. Ularning aksariyati hali davlat va huquq nazariyasi nuqtayi nazaridan talqin etilgani yo‘q.
To‘rtinchidan, mamlakatda parlamentga va prezidentlikka bir necha saylovlar o‘tkazildi, saylov jarayoni, amaliyoti va saylov qonunchiligi takomillashtirildi.
Beshinchidan, huquqni qo‘llash amaliyoti, qonunlarni hayotga joriy etish mexanizmlari mukammallashib hamda rivojlanib bormoqda.
Oltinchidan, inson huquqlarini muhofazalash sohasida yangi milliy institutlar, qonunchilik mexanizmlari va xalqaro tajriba rivoj topdi.
Yettinchidan, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish borasida muayyan tajriba to‘plandi. Fuqarolik jamiyati institutlari ko‘lami kengayib, ularning faolligi oshib, ahamiyati ortib bormoqda. Bu vaziyatda davlat va huquqning faoliyat yuritish prinsiplari hamda funksiyalari, hatto tabiati o‘zgarmoqda.
Sakkizinchidan, davlat va huquqqa aksiologik yondashuv tendensiyasi kuchaymoqda, ularga ijtimoiy qadriyat sifatida qaralib, ushbu institutlarning boshqa xususiyatlari qatorida bunyodkorlik jihatlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
To‘qqizinchidan, huquqiy tafakkurda davlat va huquq borasidagi azaliy, an’anaviy qadriyatlarni, nazariy konstruksiyalarni zamonaviy huquqiy qadriyatlar va yangi konseptual xulosalar bilan uyg‘unlashtirish, qiyosiy tahlil etish vazifasi kun tartibiga chiqdi.
O‘ninchidan, «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» qabul qilinishi bilan o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. Davlat qurilishida va jamiyatni boshqarishda yangi yo‘nalishlar belgilandi. Sud tizimi tubdan isloh etilib, yangi mazmundagi sud tuzilmalari (iqtisodiy va ma’muriy sudlar) joriy etildi.
Yuqorida sanab o‘tilgan masalalar davlat va huquq nazariyasining tahlil mavzusini jiddiy tarzda kengaytiradi, uning o‘rganish doirasiga ko‘plab yangi ilmiy kategoriyalar kiritilishini taqozo qiladi. Masalan, sotsial davlat, huquqiy makon, huquqiy siyosat, huquqiy tafakkur, yuridik jarayon, huquqiy prezumpsiyalar, huquqiy nigilizm, ijobiy-huquqiy sanksiya, yuridik mas’uliyat, huquqiy rag‘bat va boshqalar.
Mazkur kurs ishida mavzudan kelib chiqib 3 bob va 10ta paragrf ilmiy adabiyotlardan foydalangan holda, mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirilgan bo‘lib, unda o‘rganiladigan masalalar ixtisoslikni hisobga olgan holda yoritilgan. Ushbu kurs ishi mavzusi bo‘yicha bayon etilgan ma’lumotlardan barcha yuridik yo‘nalishdagi oliy o‘quv muassasalarida tahsil oluvchilar foydalanishlari mumkin.

Yüklə 93,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə