Ijtimoiy fanlar


Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə144/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   251
Ijtimoiy fanlar

3.Talab miqdori va taklif miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi. Bozor muvozanati.
Talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma‘lum nisbatda bo’ladi va nisbatlar o’zgarib turadi. Ba‘zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko’tarilsa, ayrim paytda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi.
Talab miqdori bilan taklif miqdori o’rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo’lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi.
Talab va taklif tushunchalari tahlili, sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqish imkonini berdi, ular o’rtasidagi mos kelishlik o’z ifodasini muvozanatli narxda topadi.
Talab narxga qandaydir darajada egiluvchan bo’ladi. Masalan, narxning bir foizga o’zgarishi talabning necha foizga o’zgarishini ifodaluvchi ko’rsatkich talabning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi.
Talabning narx bo’yicha egiluvchanligi (Et) darajasi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi: Et qΔQ / ΔP(1);
Bu yerda: Et - talabning egiluvchanligi; ΔQ – talab miqdorining foizli o’zgarishi; ΔP- narxlarning foizli o’zgarishi.


8-MAVZU. RAQOBAT, MONOPOLIYA, NARXNING ShAKLLANIShI
Reja:
1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari.
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari.
3. Narx siyosati va uning O’zbekistonda amalga oshirilish xususiyatlari.


1. RAQOBATNING MOHIYATI, SHAKLLARI VA USULLARI
Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat - bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi.
Bu munosabatlarni qiymatning mehnat va naflilik nazariyalarini sintez qilish usulini davom ettirgan holda quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə