Ijtimoiy fanlar



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə147/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   251
Ijtimoiy fanlar

2. Narx turlari
3. O`zbekistonda narx siyosati.
1.Narxning mazmuni va uning vazifalari
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o`zlarining namoyon bo`lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste'molchilarni rag`batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.
Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan, lekin doimo bir-birini taqozo etadigan, birisiz ikkinchisi bo`lmaydigan ikki xususiyatga, ya'ni ma'lum bir naflilikka (iste'mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o`quvchiga oldingi mavzulardan ma'lumdir.
U yerda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni ifoda etishini aytib o`tgan edik. Baholar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil xususiyatning birligini, bunda iste'mol qiymat (naflilik) qiymatni o`zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to`g`ri hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta'rif berilmoqda.
Buning ustiga narxning darajasiga (uning baland yoki past bo`lishiga), uning o`zgarishiga turli xil omillar ta'sir qiladiki, bu ham masalani to`g`ri tushunishni bir oz chigallashtiradi.
Masalan, klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g`oyalarida hamda siyosiy iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo`lsa, marjinalizm yo`nalishidagi va hozirgi davrdagi P. Samuelson, Makkonell va S. Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida tovar narxining asosini uning nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda keyingi qo`shilgan tovar nafligiga alohida e'tibor beriladi.
2. Narx turlari.
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruriyatini tug`diradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.
Ulgurji narxlar. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo`la ko`tarasiga sotilganda ulgurji narxlardan foydalaniladi. Ulgurji narxlar ishlab chiqaruvchilar va ta'minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma'lum miqdorda foyda ko`rishini ta'minlashi zarur. Ulgurji narxlar tovar birjalari va savdo uylarida ham qo`llaniladi.
Shartnoma narxlar. Bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narxlardir. Shartnoma narxlar odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o`zgarmaydi. Mazkur narxlar ham milliy va ham xalqaro bozorda qo`llaniladi. U xalqaro bozorda qo`llanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi.
Chakana narxlar. Bu narxlarda tovarlar bevosita iste'molchilarga sotiladi. Chakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo`lgan talab va taklifni bog`lovchi rolini o`ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo`lishi mumkin.
Davlatning narxlarni tartibga solishlik faoliyati chegaralangan (limitlangan) va dotatsiyali narxlarni vujudga keltiradi. Chegeralangan narxlarda davlat narxlarning yuqori va quyi chegarasini belgilaydi, ular shu doirada o`zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narxlarni nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx - bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlardir. Bunday narxlardan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne'matlar bilan eng kam darajada ta'minlab turishda foydalaniladi.
Demping narx. Bozorda o`z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demping narx yoki bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə