Ijtimoiy fanlar


O`zbekistonda narx siyosati



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə148/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   251
Ijtimoiy fanlar

3.O`zbekistonda narx siyosati
O`zbekistonda respublika Iqtisodiyotini isloh qilishning o`ziga xos prinsiplari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo`li tanlab olindi. Shu yo`l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bo`lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste'moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o`tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo`yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi.Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to`xtatildi. £at'iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko`rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil, oktyabr, noyabr) xalq iste'mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo`yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi.


10-mavzu. TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA UNING ShAKLLARI.
TADBIRKORLIK KAPITALI VA UNING AYLANIShI
Reja
1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari.
2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari.
3. Hissadorlik jamiyati: tashkil qilinishi va amal qilish tamoyillari


1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari.
Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi bo`lib hisoblanadi. Tadbirkorlikning tarixi juda uzoq o`tmishga borib taqalsa-da, uning hozirgi zamon tushunchasi XVIII asrda paydo bo`lgan va ko`pincha «Mulkdor» iborasi bilan bir xil tushunilgan.
Keyinchalik real xo`jalik hayotida qatnashuvchi kapitalning mulkdor kapitaldan ajralib chiqishi natijasida «tadbirkorlik» tushunchasi «mulkdor» tushunchasiga to`g`ri kelmay qoladi.
Hozirgi zamon Qarb adabiyotida ham tadbirkorlikka foyda olish maqsadini ko`zlab xo`jalik yuritish san'ati, iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik, tashabbusning erkin namoyon bo`lishi, novatorlik, xavf-xatarga nisbatan tayyor bo`lish va shu kabi ko`p qirrali tomonlari bilan qaraladi.
Hozirgi kunda bizning iqtisodiy tafakkurimiz, aniqroQi boshqarish nazariyasi xam tadbirkorlik faoliyatini shunday tushunish tomon bormoqda.
Qisqa qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyati foyda olishga qaratilgan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun albatta mulk egasi bo`lish shart emas, u zarur vositalarni ijaraga olishi, ssuda olishi va ishni yuritishi mumkin.
Tadbirkor bozordagi talabni qondirish imkoniyatlarini oldindan ko`ra oladi va ularni qondirish niyatida zarur bo`lgan sarmoyalarni jalb qiladi, ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish jarayonida birlashtiradi.
Bozor Iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishda foydalaniladigan mulk va boshqa boyliklar tadbirkorlik faoliyatisiz o`zini iqtisodiy jihatdan to`la namoyon qilmaydi va, shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchilarga yetarlicha daromad keltirmaydi.
Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning to`rtta o`zaro bog`liq vazifasini aniqlash bilan to`liq tushuniladi.
1. Tadbirkor foyda olish maqsadida tovar (yoki xizmat) ishlab chiqarishning yagona jarayonida yer, suv, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi.
2. Tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko`paytirish bo`yicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi.
3. Tadbirkor
4. Tadbirkorlik faoliyati -bu tahlikaga boruvchi faoliyatdir.
Tadbirkorlik rivojlanishining shart - sharoitlari. Tadbirkorlikning rivojlanishi, o`z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo`lishini taqozo etadi, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy -iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə