Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. KORXONA XARAJATLARI VA FOYDASI



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə150/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   251
Ijtimoiy fanlar

11-MAVZU. KORXONA XARAJATLARI VA FOYDASI
Reja:
1. Xarajatlar to`g`risida tushuncha va ularning tasnifi.
2. Foyda va uni shakllantirish manbalari.
3. Foydani taqsimlash tartibi va uni ko`paytirish yo`llari.
1. Xarajatlar to`g`risida tushuncha va ularning tasnifi
Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati moddiy va mehnat xarajatlari bilan bog`liq. Xarajatlarning asosiy hissasi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`ladi. Ishlab chiqarishning jami xarajatlari mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi va unga qarab ishlab chiqarilayotgan mahsulot korxonaga qanchaga tushayotganini aniqlash mumkin.
Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarni sotish bilan bog`liq xarajatlarni ham amlga oshirishadi. Bunday xarajatlar ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat xarajatlari ham deyiladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risidagi Nizom”ga muvofiq korxonalarning xarajatlari quyidagi guruhlarga bo`linadi:
- mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
- ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar;
- korxona umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan korxonaning moliyaviy faoliyati bo`yicha xarajatlari;
- favqulodda zararlar.
2.Foyda va uni shakllantirish manbalari.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida korxonalar xo`jalik faoliyatini baholovchi asosiy mezon - foyda.
Foyda - bu murakkab iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. U asosan qo`shimcha qiymatni yaratish va ishlatish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Korxona foydasining shakllanish manblari ular xo`jalik faoliyati natijasida olinadigan daromadlardir:
- sotishdan olingan sof tushum;
- asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsiya daromadlari);
- moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
- favqulodda foyda.
Sotishdan olingan sof tushum mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan pul tushumidan qo`shilgan qiymat va aksiz solig`i hamda eksport boj poshlinasini chiqarish yo`li bilan aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi.
Korxonalarning asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
- undirilgan yoki qarzdor tomonidan e'tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to`lanmagan qarzlar va xo`jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zaralarni undirish bo`yicha daromadlar;
- hisobot yilida aniqlangan o`tgan yillardagi foyda;
- ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bevosita bog`liq bo`lmagan operatsiyalardan renta daromadi, korxona huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi boshqa daromadlar;
- korxonaning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar;
- da'vo bildirish muddati o`tgan kreditorlik va deponet qarzlarni hisobdn chiqarishdan olingan daromadlar;
- tovar - moddiy boyliklarni qayta baholash;
- davlat subsidiyalaridan daromadlar;
- xolisona moliyaviy yordam;
- boshqa operatsion daromadlar.
Korxonalar moliyaviy faoliyatidan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
- olingan royaltilar va sarmoya transferti;
- Respublika hududida va uning tashqarisida boshqa xo`jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatiga ulush qo`shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo`yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda korxonaga tegishli qimmatli qog`ozlar bo`yicha daromadlar;
- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to`lovini olish);
- valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutlaridagi operatsiyalar bo`yicha ijobiy kurs tafovutlari;
- sarflangan (qimmatli qog`ozlarga, shu'ba korxonalarga va hokazolarga) mablag`larni qayta baholashdan olingan daromadlar;
- moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
Korxonalarning favqulodda foyda - bu ko`zda tutilmagan tasodifiy tusga ega bo`lgan hodisa yoki korxonaning odatdagi faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo`ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning kamdan-kam bo`ladigan moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo`limida aks ettirilishi kerak bo`lgan o`tgan davrlardagi foyda kirmaydi.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə