Ijtimoiy fanlar


Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə158/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   251
Ijtimoiy fanlar

1. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar.


Yalpi talab - bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat narxlarning o’rtacha darajasida sotib olishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmini, yoki milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmini bildiradi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo’lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real hajmining shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo’lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, narx darajasining oshishi, boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda ishlab chiqarishning real hajmiga yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo’ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmi yalpi talabning oshishiga olib keladi. Yalpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o’zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga olib keladi.
2. Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga
ta’sir qiluvchi omillar.
Yalpi taklif – mavjud narx darajasida sotish mumkin bo’lgan, sotishga chiqarilgan va tayyorlangan turli-tuman tovarlar va xizmatlarning hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko’rsatadi. Ancha yuqori narxlar qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag`bat yaratadi. Narxlarning past darajasi tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasida to’g`ridan-to’g`ri yoki bevosita bog`liqlik mavjud bo’ladi.
Bu bog`liqlik taklif egri chizig`ida aniq aks etadi. Yalpi taklif egri chizig`i uchta kesmalardan iborat.
N arx
darajasi
III


I II



Q Qt
Ishlab chiqarish real hajmi. Taklif egri chizig`i.
5-chizma.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə