Ijtimoiy fanlar


Inqirozlarning mazmuni va turlari



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə166/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   251
Ijtimoiy fanlar

3. Inqirozlarning mazmuni va turlari
Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg`arilishi uning hamma funktsional shakllarida namoyon bo’ladi.
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o’zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi. Shunga ko’ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to’lovga muqobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo’ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to’xtab qoladi, tovar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o’sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi.


19-MAVZU. Iqtisodiyotning siklliligi va
makroiqtisodiy beqarorlik
REJA:
1.Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning
siklligi. Iqtisodiy inqirozlar.
2. Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari.
3. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Siklning iqtisodiyotning alohida sohalariga ta’siri.
3. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Siklning iqtisodiyotning alohida sohalariga ta’siri.
1.Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning
siklligi. Iqtisodiy inqirozlar.

Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy o’sishga, hamda to’liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishidir.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatidan, yoki bir inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to’lqinsimon harakati tushuniladi. Sikl inqiroz, turg`unlik, jonlanish, yuksalish fazalarini o’z ichiga oladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə