Ijtimoiy fanlar



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə169/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Ko’rsatkichlar

Yillar




2008

2008

2009

2010

2011

2013

2014

Tug`ilish

34,5

29,8

27,3

26

23

22,3

21,5

O’lish

6,2

6,4

6,2

5,9

5,8

5,3

5,5

Tabiiy o’sish

28,3

23,4

21,1

20,1

17,2

17,0

16,0

Aholining tabiiy harakatlanishi, uni takror ishlab chiqarish xarakteri ko’pgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizasiya darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar, madaniyat va maishiy turmush an’analari, aniq tarixiy omillar bilan belgilanadi.
Ular jumlasiga demografiya omilini hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bolalarga nafaqalar berish, bolalar muassasalari bilan ta’minlash, homiladorlik va bola tug`ilgandan keyingi ta’tillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash, shuningdek, jamoada ma’naviy muhitni yaxshilash kiradi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish, ularning to’la va samarali ish bilan band bo’lish muammosini ham o’z ichiga oladi. Ish bilan to’la band bo’lishni mutloq ma’noda tushunmaslik kerak. Birinchidan, ishsizlikning ma’lum darajasi iqtisodiyot uchun me’yordagi hol hisoblanadi. Boshqa tomondan ish bilan to’la band bo’lish mehnatga layoqatli barcha kishilar, albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida) ishlab chiqarishga jalb etilishi zarurligini anglatmaydi.
Ularning bir qismi o’zini oilada xizmat ko’rsatishga, bolalar tarbiyasiga shuningdek, xususiy korxonalar va shaxsiy yordamchi xo’jalikda mehnat qilishga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug`ullanishga bag`ishlashi mumkin. Uchinchidan, ish bilan to’la band bo’lish uning samaradorligi bilan, mehnat resurslaridan g`oyat oqilona foydalanish bilan qo’shib olib borilishi kerak.
Ish bilan samarali band bo’lish mehnat resurslaridan foydalanishning intensiv turiga tayanmog`i kerak. Bu vazifani hal qilish ish joylari miqdor va sifat jihatdan mavjud mehnat resurslari bilan muvozanatlashgan bo’lishini ta’minlashni, ishlab chiqarish hajmini o’stirib borishning ta’sirchan choralarini yaratishni, ish bilan band bo’lish sharoitlari va shakllarini xilma-xil qilishni talab etadi.


  1. Yüklə 26,86 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya