Ijtimoiy fanlar


Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə170/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash.

Mehnatga layoqatli bo’lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo’lish xarakteri va vujudga kelish sabablariga ko’ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, ixtiyoriy, institutsional, texnologik, regional, yashirin va turg`un turlarga bo’linadi.
Aholining ish bilan bandligi muammosi ko’p qirrali bo’lib, u barcha odamlarga o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizimini vujudga keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o’z ichiga oladi.
3. O’zbekistonda bandlik muammosi va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash.
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat odamlarning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligini ta’minlashni ham o’z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o’ziga xos aholi tarkibiga ega bo’lgan bizning Respublikada ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar davrida ushbu masalani hal etish uchun respublikada bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlash, xalq iste’mol mollarini, mahalliy xom ashyodan qurilish materialllari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag`batlantirish.
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek «...kichik, o’rta va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, ayni vaqtda uning aholi farovonligi va daromadlari ortishida, ishsizlik muammosini yechishda ham muhim omilga aylanishiga erishmog`imiz lozim»1.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə