Ijtimoiy fanlar



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə171/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Ikkinchidan, xizmat sohasini rivojlantirish, aholiga ko’rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat va qurilish bo’yicha xizmat turlarini ancha kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarda xizmat sohasini rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Respublikada 2000 yilda aholiga pullik xizmat ko’rsatish hajmi 305,4 mlrd. so’mni tashkil qildi. Uning 43,7 foizi davlat va 56,3 foizi nodavlat mulkchiligidagi korxonalar tomonidan amalga oshirildi. Xususiy korxonalar ulushiga ko’rsatilgan xizmatlarning 36,1 foizi to’g`ri keladi.
Qishloq joylarda aholiga ko’rsatilgan pullik xizmatlarning salmog`i 21,0 foizga teng bo’lib, ularning deyarli 85,0 foizi uy-joy va kommunal xo’jaligi, yo’lovchi transporti va maishiy xizmat sohalariga to’g`ri keladi.
Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Respublikada qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bo’yicha ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda. Xususan 2000 yilda qishloq joylarda 6971,7 ming kv.m. hajmda uy-joylar, 17,0 ming o’quvchi o’rniga esa umumta’lim maktablari, 74,8 ming kv.m. savdo ob’ektlari qurilib ishga tushirildi.
To’rtinchidan, ishdan bo’shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o’qitishni tashkil etishni tubdan o’zgartirish. Bunda ishdan bo’shayotgan va ixtisosi bo’lmagan shaxslarga qisqa davrda, bozor iqtisodiyotiga hamda iqtisodiyotning o’zgarib borayotgan tuzilishiga muvofiq keluvchi kasbkorni o’rgatishga e’tibor qaratish. Shu maqsadda maxsus maslahat va o’quv markazlari, biznes maktablarning keng tarmog`ini yanada rivojlantirish ko’zda tutiladi.
Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo’lmagan mehnatga yaroqli aholini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o’ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo’lishga qaratiladi.
21-MAVZU. MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə