Ijtimoiy fanlar



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə172/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Reja:
1. Moliya tizimi.
2. Moliyaning mohiyati va vazifalari.
3. Soliq tizimi va uning vazifalari.

  1. Moliya tizimi

Moliya - pul mablag`laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog`liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasida turli darajada pul mablag`lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya - pul mablag`larining harakati, ya’ni ularning shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog`liq ravishda vujudga keladigan munosabatlar.
Moliya tizimi - Moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat qiluvchi Moliyaviy muassasalardir.
Davlat byudjeti - davlat xarajatlari va ularni Moliyaviy ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi.
2. Moliyaning mohiyati va vazifalari.
Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog`liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi.
1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni Moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi.
2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi.
3. Moliyaning rag`batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning Moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo’lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag` bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə