Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTINI TARTIBLANIShI. DAVLATNING IQTISODIY ROLI



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə175/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   251
Ijtimoiy fanlar

23-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTINI TARTIBLANIShI. DAVLATNING IQTISODIY ROLI
Reja:
1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli xaqidagi nazariya va qarashlar.
2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari.
3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari.
1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar
Iqtisodiyot nazariyasi tarixida davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda dastlab A.Smit tomonidan ko’rib chiqilgan. Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish xaqida» (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o’zini o’zi tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to’liq ozod bo’lishi zarur. Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni mavjud bo’ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Biroq, uning mazkur nazariyasi 1929-1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi.
2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham mavjud bo’lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga oshirish bilan bog`liq bo’lgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam bo’lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə