Ijtimoiy fanlar


Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə174/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   251
Ijtimoiy fanlar

2. Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari
Kredit bo’sh turgan pul mablag`larini ssuda fondi shaklida to’plash va ularni pulga muhtoj bo’lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to’lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi.
Kredit munosabatlari ikki sub’ekt o’rtasida, ya’ni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi o’rtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxonalar (firmalar), tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining sub’ektlari hisoblanadi. Sanab o’tilgan sub’ektlarning aynan har biri bir vaqtning o’zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o’rnida chiqishi mumkin.
3. Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklari hamda ularning vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta’minlashda banklar muhim rol o’ynaydi. Banklar pul mablag`larini to’plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug`ullanuvchi iqtisodiy muassasadir.
Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo’lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi.
Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib, o’z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.
Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko’pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo’lib, u o’tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o’rnatiladi.
Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg`arma muassasalaridan mablag`larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko’ra markaziy bank "banklar banki" deyiladi.
Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi, davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko’maklashadi.



Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə