Ijtimoiy fanlar


Tarmoqlararo mutanosibliklar



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə165/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   251
Ijtimoiy fanlar

2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o’rin tutadi. Mamlakat xalq xo’jaligi juda ko’p tarmoq va sohalardan iborat bo’lib, ularning rivojlanishi bir-birini taqozo qiladi.
3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoqlararo mutanosiblik va milliy ishlab chiqarish darajasidagi muvozanatlik tarmoqlar ichidagi mutanosiblik orqali ta’minlanadi. Tarmoqlar ichidagi mutanosiblik alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o’rtasidagi bog`liqlikni ifodalaydi.
4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o’rtasidagi bog`liqlikni ham taqozo qiladi. Yuzaki qaraganda hududlar o’rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to’liq namoyon bo’lmaydi.
5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko’pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog`langan, ikkinchidan, shu bog`liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan harid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o’z iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi.
2. Iqtisodiy sikllarning mazmuni va asosiy turlari
Uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’lishi va ularning iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishi holati iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat elementlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg`unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko’rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi.
1-sikl: 1787-1814 yillar - ko’taruvchi to’lqin; 1814-1851 yillar -pasaytiruvchi to’lqin.
P-sikl: 1844-1851 yillar - ko’taruvchi to’lqin; 1870-1896 yillar -pasaytiruvchi to’lqin.
Sh-sikl: 1896-1920 yillar - ko’taruvchi to’lqin.
Kondratev siklining davomiyligi o’rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o’zgarishlarni o’zida aks ettirishi hisoblanadi.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə