Ijtimoiy fanlar



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə164/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   251
Ijtimoiy fanlar

4) kapital sig`imi (K/Q) - kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
5) tabiiy resurslar samaradorligi (Q/V) - mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan tabiiy resurslar xarajatlariga nisbati;
6) mahsulotning resurslar sig`imi (V/Q) – tabiiy resurslar sarfining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
7) ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi (K/Nu) -ishlab chiqarish jarayonida qo’llanilayotgan kapital hajmining ishchi kuchi miqdoriga nisbati.
3.Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan ja’mg`arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual, hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
1. Moddiy-buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg`arish oqibatida vujudga keladi va o’sib boradi.


18-MAVZU. MILLIY IQTISODIYOTNING NISBATLARI VA MUVOZANATI
Reja:
1. Iqtisodiy nisbatlar va ularning turlari.
2. Iqtisodiy sikllarning mazmuni va asosiy turlari.
3. Inqirozlarning mazmuni va turlari.
1. Iqtisodiy nisbatlar va ularning turlari
Iqtisodiy mutanosiblik (nisbatlar) - iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo’lishidir. Bunda tenglik shart bo’lmay, ular mos keluvchi nisbatlarda (masalan, 2:3, 5:3, 3:1) bo’lishi mumkin.
Mutanosibliklarni quyidagi guruhlar tarkibiga kiritish mumkin.
1. Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg`arish fondi o’rtasidagi; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o’rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o’rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko’rsatish mumkin.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə