Ijtimoiy fanlar


Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə160/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. Yalpi taklifga narxdan tashqari bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining o’zgarishi yalpi taklifning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Yalpi taklifning narxdan tashqari bu omillari bitta umumiy hususiyatga ega: agar ular o’zgarsa, mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlari ham o’zgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizig`i joyini o’zgartiradi.
3. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanatlik
xamda uning uzgarishi.
Yalpi talab egri chizigi va yalpi taklif egri chizigi kesishgan nukta narxning muvozanatli darajasi va milliy ishlab chikarishning muvozanatli real xajmini kursatadi.
Ishlab chiqarilgan va sotib olingan mahsulot real hajmi teng bo’lganda, iqtisodiyotda muvozanatlikka erishiladi.
2014 yil iqtisodiyotdagi barcha pul daromadlarining 529,5 mlrd. so’mi (16,6%) yalpi talabga aylanmagan, ya’ni jamg`arilgan.
Yalpi talab egri chizig`i yalpi taklif egri chizig`ini yotiq kesmada kesib o’tsa, narx darajasi milliy ishlab chiqaish muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.
Tik kesmada ishchi kuchi va ishlab chikarish kuvvatlari tulik foydalaniladi, shu sababli yalpi talabning kengayishi fakat narx darajasiga ta’sir kursatadi ya’ni uni oshiradi. Milliy ishlab chikarishning real xajmi esa o’zgarishsiz qoladi. Oraliq kesmada yalpi talabning kengayishi milliy ishlab chikarish real xajmining ko’payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi.
16-mavzu. ISTE’MOL, JAMG`ARMA VA INVESTISIYaLAR
REJA:
1. Iste’mol va jamg`armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o’zaro bog`liqligi
2. Jamg`arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
3. Investisiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
1. Iste’mol va jamg`armaning iqtisodiy mazmuni
hamda ularning o’zaro bog`liqligi
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va iqtisodiy jamg`arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste’mol keng ma’noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni iste’mol qilishini bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi. Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro’y berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi yoki ular to’liq iste’mol qilinadi.
Iste’mol jarayonida turli xil moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalaniladi. Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog`liq ravishda moddiy ne’matlarni va xizmatlarni iste’mol qilish ajratiladi.
Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida xodimlar qo’liga kelib tushadigan qismi iste’molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə