Ijtimoiy fanlar


Investisiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo’yilmadir



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə162/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Investisiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo’yilmadir. U pul mablag`lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog`ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi.
Investisiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar - investision faoliyat, investisiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi.
Investisiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizasiya ajratmalari, pul jamg`armalari va h.k.);
- qarz olingan moliyaviy mablag`lar (obligasiya zayomlari, bank kreditlari);
- jalb qilingan moliyaviy mablag`lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag`lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);
- byudjetdan investisiyalarni moliyalashtirish.
17-MAVZU. IQTISODIY O’SISh VA MILLIY BOYLIK
Reja:
1. Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari.
2. Iqtisodiy o’sishning omillari.
3. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi.
1. Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’proq tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o’sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishi o’sish sifatining yahshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy o’sishni YAIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o’lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog`liq bo’ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o’sishini YAIM mutlaq hajmining ortishi orqali o’lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YAIM miqdorining ortishi orqali o’lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqkoslashda qo’llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko’rsatkichlar (real YAIM va aholi jon boshiga real YAIMning o’sishi) miqdoriy ko’rsatkichlar bo’lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to’liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqikiy o’sishini to’liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YAIM va aholi jon boshiga YAIMning o’sishi bo’sh vaqtning sezilarli ko’payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko’rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o’sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmayda.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə