Ijtimoiy fanlar


Iste’molchilik sarflari –



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə161/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Iste’molchilik sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg`arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to’planib borilishi.
11-jadval.
Iste’mol va jamg`arma darajasi, mlrd., so’m
(shartli ma’lumotlar)



Yillar

Daromad darajasi (D)

Iste’mol (I)

Jamg`arma (J)

IO’M

JO’M

IQM

JQM

2005

1500

1300

200

0,87

0,13

-

-

2010

1800

1500

300

0,83

0,17

0,67

0,33

2014

2200

1700

500

0,77

0,23

0,50

0,50




1

2

3 (1-2)

4 (2:1)

5(3:1)

6(2:1)

7 (3:1)

2. Jamg`arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
Jamg`arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investision xarakterdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investisiyalar jamg`arishning amalda namoyon bo’lish shakli bo’lganligi sababli dastlab tahlilni jamg`arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.
Jamg`arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zahiralarini ko’paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg`arish bir-biridan farqlanadi. Jamg`arilgan mablag`larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va aylanma mablag`larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg`arish fondini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg`arish iqtisodiy o’sishning muhim omilidir.
Ijtimoiy madaniy sohadagi jamg`arish (noishlab chiqarish jamg`arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o’quv muassasalari, madaniyat, sog`liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.
3. Investisiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
Investisiyalar sarflarning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Investisiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi; milliy iqtisodiyotdagi ko’plab mutanosibliklar uning o’sish sur’atiga bog`liq bo’ladi. Investisiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ob’ektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog`liq sarflarni bildiradi.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə