Ijtimoiy fanlar


Ekstensiv iqtisodiy o’sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan xolda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli erishiladi



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə163/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Ekstensiv iqtisodiy o’sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan xolda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli erishiladi.
Iqtisodiy o’sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg`or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yuli bilai erishiladi.

  1. Iqtisodiy o’sishning omillari

Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh taklif omillari, deb ham atalib, iqtisodiyotning o’sish layoqatini belgilab beradi:
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy o’sishni tavsiflash mumkin.
Ma’lumki, yalpi milliy (ichki) mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy resurslar sarflarining funktsiyasi hisoblanadi, ya’ni:
Vq F(L,K,N,)
bu yerda:
V - yalpi milliy (ichki) mahsulot;
L - ishchi kuchi sarflari;
K - kapital sarflari;
N - tabiii resurslar sarflari.
Bu funktsional bog`lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy o’sishni belgilab beruvchi bir qator xususiy ko’rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin:
1) mehnat unumdorligi (V/L) — mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli mehnat sarflariga nisbati;
2) mehnat sig`imi (L/V) - jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
3) kapital samaradorligi (Q/K) - mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga sarflangan kapital xarajatlariga nisbati;

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə