Ijtimoiy fanlar



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə156/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Миллий иқтисодиёт

Иқтисодий жиҳатдан нисбатан мустақил бирликлар

Корхоналар

Уй хўжаликлари

Давлат (кўплаб хўжалик юритувчи бирликлари билан)



1 -chizma. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi.
2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari
Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran ko’payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to’xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turilishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko’rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.
Oddiy takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarining o’zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi. Odatda bunday ishlab chiqarish ko’proq faqat o’z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan an’anaviy iqtisodiyot sharoitidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xos bo’lgan.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir. Bu turdagi ishlab chiqarish barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining asosini tashkil etadi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. U barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlarni o’z ichiga olib, milliy hisobchilikda yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritiladi. Yalpi milliy mahsulot – bu o’z mamlakati yoki xorijda joylashuvidan qat’iy nazar, milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymati.


    1. Yüklə 26,86 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə