Ijtimoiy fanlar


Natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi, hamda



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə155/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi, hamda u differentsial renta deb ataladi.
3. Agrosanoat integratsiyasi va uning asosiy ko’rinishlari
Iqtisodiy rivojlanish jarayonida qishloq xo’jaligi hamma vaqt sanoat, savdo va boshqa tarmoqlar bilan mustahkam bog`liq bo’lib kelganligini hisobga olish kerak. Chunki mamlakatning ozik-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo’jalik xom-ashyosidan tayyorlangan tovarlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish faqat qishloq xo’jaligining holatiga emas, balki sanoat tarmoqlari bilan uyg`un rivojlanishiga ham bog`liq bo’ladi. Xuddi ana shu holat iqtisodiyot tarkibida agrosanoat majmuasini bitta pirovard natijani ro’yobga chiqarishga bo’ysundirilgan tarmoqlarning yagona, yaxlit tizimini keltirib chiqarish uchun asos bo’ladi.
Agrosanoat integratsiyasi - qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.


14-MАVZU MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY O’LChAMLARI. YaLPI MILLIY MAHSULOT VA UNING HARAKAT ShAKLLARI
Reja
1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari
3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
Mazkur bobdan boshlab iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil qilinadi. Dastlab milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga tavsif beriladi. Milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan ijtimoiy mahsulot, yalpi milliy mahsulot, ularning harakat shakllari va tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni yoritiladi. Milliy hisoblar tizimi hamda uning asosiy ko’rsatkichlarini hisoblash usullari bayon etiladi.
Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari
Milliy iqtisodiyot ko’plab o’zaro bog`liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo’lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o’rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.
Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko’plab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo’jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda mavjud bo’lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’ektlar o’rtasidagi taqsimot hajmi; mazkur sub’ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko’rinishda quyidagi 1-chizma orqali tasvirlash mumkin.


Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə