Ijtimoiy fanlar


Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishiniig hajmiga qarab beriladigan ish haqidir



Yüklə 26,86 Mb.
səhifə153/251
tarix03.04.2023
ölçüsü26,86 Mb.
#104126
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   251
Ijtimoiy fanlar

Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishiniig hajmiga qarab beriladigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun to’lanadigan ish haqi miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish me’yoriga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Hak to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. Chunonchi, ishchilarning bir qismiga to’g`ri ishbay tizimi bo’yicha haq to’lanadi. Bunda ishlab chiqarish norma qay darajada bajarilishidan qat’iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha to’lanadi.
3. Foydaning mazmuni. Foyda me’yori va massasi
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag`lar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi. Korxona, pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin kolgan qismi foyda, deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda , deb ham yuritiladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o’tadi: birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chog`ida vujudga keladi. yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qo’shimcha qiymat foydaning asosiy manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo’lmaydi;
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan so’ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi ko’rinishida to’liq namoyon bo’ladi.
13-MAVZU. AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES
Reja:
1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari.
2. Renta munosabatlari.
3. Agrosanoat integratsiyasi va uning asosiy ko’rinishlari
1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari.

Agrar sohada ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog`liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog`liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar - yer, o’simlik, chorva mollari bilan bog`liq bo’ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog`lanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to’g`ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.

Yüklə 26,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə